O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish 
vositalari deb yuritiladi. 
Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; 
shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, 
insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. 
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun 
umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, 
«Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy 
omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan 
iborat ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi
ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir 
ko’pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mehnat, kapital, yer, 
tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi. 
Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o’rtasidagi farqni anglab olish juda 
muhimdir. Chunki, 
mehnat insonning, to’g’rirog’i ishchi kuchining ma’lum 
maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo’lib, ishchi kuchi tushunchasidan 
tamomila farqlanadi.
Ko’pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha) 
sifatida qaralib, bunday holat ko’plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bizga 
ma’lumki, 
ishchi kuchi insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, 
uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga 
tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mehnat esa barcha omillarning, shu 
jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi 
natijasida sodir bo’ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan 
tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi 
kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (2.1-chizma).

Ishchi kuchi insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining 


yig’indisi bo’lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni 
ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining 
boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham 
mavjud bo’ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan mehnat bozori 
tushunchasi o’rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o’rniga ishchi kuchi 
resurslari deyilsa to’g’ri va tushunarli bo’lar edi.

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə