O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
Iqtisodiy faoliyat – cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib
kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab 
chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda 
amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar majmui. 
Iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo’jaliklardan, 
xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, qo’shma 
korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy 
munosabatlardan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizim. 
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun 
zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni. 
Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli 
qism va sub’ektlari o’rtasida taqsimlash jarayoni. 
Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab 
chiqarish natijalari bo’yicha o’zaro almashish jarayoni. 
Iste’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning 
ishlatilishi jarayoni.
Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning 
rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurat. 
Moddiy ehtiyoj – moddiy ko’rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi 
zarurat. 
Ma’naviy ehtiyoj – insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va 
ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va 
xizmatlarga bo’lgan zarurat. 
Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni – ehtiyojlarning miqdoran o’sib, sifat 
jihatidan takomillashib borishi. 
Iqtisodiy resurslar – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida 
foydalanish mumkin bo’lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan 
sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni 
(va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish 
jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali 
yuritish qonun-qoidalarini o’rganish. 


29 
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalari, 
ularning o’zaro bog’liqligi. 
Iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real 
hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Uslubiyat – ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari va aniq 
hadislari. 
Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo’lgan ikkinchi 
darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o’rganilayotgan jarayonning 
asl mohiyatiga e’tiborni qaratish. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə