O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


KIRISH  Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 372,08 Kb.
səhifə2/9
tarix23.12.2023
ölçüsü372,08 Kb.
#156188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Romanlarida ijtimoiy-madaniy hayotning aks ettirilishi bitiruv m-fayllar.org

KIRISH 


Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy
qadriyatlarimizga, adabiyotimizga bo‘lgan e'tibor kuchaydi. O‘zbek xalq badiiy 
ijodi ham ma'naviy boyligimiz hisoblanadi. Mustаqillik хаlqimiz, millаtimiz
tаrаqqiyoti uchun kеng ufqlаr оchib bеrdi. Har bir sohada bo’lgani kabi ijod 
sohasida ham yangilanishlar, islohotlar yuz berdi. Adabiyotga, ijodkorlarga e’tibor
yanada kuchaydi. Birgina “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotining ta’sis etilishi 
buning yorqin dalilidir.
Barchamizga ma’lumki, sobiq sho’rolar davrida boshqa soha vakillari 
qatorida ijod ahliga ham oson bo’lmagan. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A. Karimovning “Tabiiyki, davr taqozosiga ko`ra, yozuvchilar yashash 
uchun, o`z iste'dodini ro`yobga chiharish uchun kommunistik tuzum bilan murosa
qilishga majbur bo`lgan. Shu ma'noda, mustabid tuzum davrida vijdon azobini kim 
ko`proq tortgan, desa, men, doimo bu hayotning ma'no-mazmuni, insonning qadr-
qimmati, el-yurt taqdiri haqida qayg`urib yashaydigan odamlar va ularning oldingi 
qatorida bo`lgan ijod ahli, deb aytgan bo`lardim”, deb aytgan gaplari
yozuvchilikning 
zahmatkash
kasbligini 
isbotlab
turibdi. 
“Mamlakatimiz
mustaqillikka erishganidan so’ng xalqimizning sobiq mustabid tuzum davrida 
toptalgan haq-huquqlari, milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarimiz, o’zlikni
anglash, adolat ustivorligi asosida yashah hayotimiz mezoniga aylandi”
1
.

“Mening fikrimcha, - deydi yozuvchilar bilan bo’lgan bir suhbatda


Prezidentimiz, - yozuvchilik - bu oddiy kasb emas, xudo bergan iste'doddir. Bu - 
qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hech qaerda o`qitib, o`rgatib
bo`lmaydi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorilfununi ham bitta. U ham bo`lsa, bir 
umr hayotning ichida bo`lish, o`z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo`lib yashash,
haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir”. Mustaqillik tufayli o`zbek 
xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va ma`naviy merosini o`rganish,
undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. Ma`naviy 
1
Амалга ошираётган ислоҳотларимизни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти қуриш – ёруғ 

келажагимизнинг асосий омилидир // Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси


Конституцияси қабул қилинганининг 21 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузасини 
ўрганиш бўйича ўқув-услубий қўлланма.. – Т.: Ўқитувчи, 2014. – Б. 7.



4
boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaqo xazinasi va taraqqiyot 


manbai hisoblanadi. Har bir davr o‘z muammosi, konsepsiyasi, poeziyasi va


qiyofasiga ega bo‘ladi. Bu hol nafaqat odam, balki jamiyat faoliyatiga ham ta'sir 
qilib, uning yo‘nalishini ham belgilaydi. Ma'lumki, hayotdagi har bir o‘zgarish
inson faoliyatisiz kechmaydi. Bu o‘zgarishlar, yaratishlar inson sa'y-harakati, 
uning dunyoqarashi, konsepsiyasiga bog‘liq. Akademik D. S. Lixachev qayd
etgandek, "davr insonni chetlab, hech narsa yarata olmaydi. Davr inson va uning 
maqsadi orqali tasvir omiliga aylanadi. Bunda u har kimga har xil ta'sir etadi.
Chunki turli davrda insonlarning jamiyatda tutgan o‘rn
2
. Bu jarayondagi yutuq va 

kamchiliklarni, siyosiy ma'rifiy va ma'naviy qarashlarni inson qalb tug‘yonisiz,


iztirobsiz, ma'naviy dunyosiz tasavvur qilish mumkin emas. Inson — bu umumiy 
tushuncha. Inson deganda biz ko‘proq unda mujassamlashgan umuminsoniy,
abadiyatga daxldor tomonlarni nazarda tutamiz. Bunday tomonlardan biri va eng 
muhimi - tafakkur. Inson tafakkurida o‘zgarish bo‘lmas ekan, hech bir ijtimoiy
narsada o‘zgarish bo‘lishi dushvordir. Inson tafakkuridagi o‘zgarish davr va 
jamiyatdagi o‘zgarish ta'sirida bo‘lishi tabiiy hol, o‘z navbatida, jamiyatning
to‘g‘ri yo‘nalishini belgilash bilan birga


, o‘zining hayotdagi o‘rni va mavqyeini
ham namoyon hamda insoniyat diqqatini jalb qiladi. Bu narsa o‘zbek romanlarida 
o‘z ifodasini topmoqda. Demak, ularda voqea-hodisalar emas, insonning o‘zi,
uning o‘y-fikrlari, alamlari, iztiroblari, ruhiyati, ruhiy olami yetakchilik qilyapti
tasvirlanyapti, ochib berilyapti.
Hayotdagi, insoniyat ruhiyatidagi o‘zgarishlarii bugungi o‘zbek romanlari 
qahramonlari faoliyatida badiiy aks ettirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan va
yorityapti. Shuningdek, u imon va e'tiqod, axloq, ma'naviyatga, milliylikka katta 
e'tibor beryapti.
Bugungi kun romanchiligi kechagi romanchilikdan bir qancha xususiyati bilan 
farq qiladi. Ya'ni odamning qalb iztiroblari, quvonchlarining betakror tahlili va
ruhiyatining turfa ko‘rinishlari inkishofi hamda voqea-hodisalar tasvirining 
batafsilligi, ularning har biri maqsad sari yo‘naltirilganligi, qahramonlarning o‘ta
2
Лихачев Д. С. Текстология: На материалах русской литературы X - XV веков. –Л., 1983. с.37. 


5
milliy va individuallashganligi, bozor iqtisodining mohiyatini ochib berishi ila 


o‘ziga xoslikka ega. Agar umumlashtirib aytsak, voqea-hodisadan ko‘ra,


insonning, uning qalbi tahlili birinchi o‘ringa chiqqanligi bilan ajralib turadi. 
Ushbu masalalarni bugungi kun nuqtai nazaridan va istiqlol davrida yaratilgan
romanlar vositasida tahlil qilish mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.



Yüklə 372,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə