O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishining nazariy – uslubiy asosi



Yüklə 372,08 Kb.
səhifə4/9
tarix23.12.2023
ölçüsü372,08 Kb.
#156188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Romanlarida ijtimoiy-madaniy hayotning aks ettirilishi bitiruv m-fayllar.org

Bitiruv malakaviy ishining nazariy – uslubiy asosi. Mavzuni yoritish
davomida ilmiylik, xolislik, tarixiylik, davriylik kabi tamoyillarga tayanildi. 
Tadqiqot jarayonida tanlangan mavzuga milliy va ma'naviy qadriyatlar, ilmiy
g‘oyadan kelib chiqqan holda yondashildi. 
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-nazariy hamda metodologik asoslarini
belgilashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ma`naviy 
qadriyatlar, milliy an`analar va tarixiy xotiraning mohiyati, milliy madaniyatni
takomillashtirish va ma`naviy komillikka erishish haqidagi asarlaridagi nazariy 
qarashlariga suyanildi.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish,
ikki bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy 
hajmi 71 betni tashkil qiladi.



7

I bob. BUGUNGI O‘ZBEK ROMANLARIDA DAVR, TARIX, ZAMON 




MASALASI VA YANGI TAMOYILLAR 

1.1. Istiqlol davri romanlarida davr, muxit va inson fojeasining badiiy 

ifodasi 
Hayot va jamiyatdagi barcha o‘zgarishlarning asosi inson tafakkuridir. 
Tafakkurda o‘zgarish bo‘lmas ekan, ijtimoiy hayotda ham o‘zgarish bo‘lishi
dushvor. Istiqlol davrining yuzaga kelishi ham shuning mahsulidir. Ma'lumki, o‘z 
navbatida har bir jamiyat o‘z muammosini yuzaga keltiradi, shunga muvofiq
insoniyatning hayotga qarash tarzini ham o‘zgartiradi. Bu ruhiyat bilan bog‘liq 
masaladir. 70 yil davomida ma'naviyat, milliy ahloq asosi bo‘lgan dinidan,
o‘tmishda o‘zini kim bo‘lganligini namoyon qilish qudratiga ega bo‘lgan tarixi, 
milliy qadriyatlaridan mahrum bo‘lgan xalq istiqloldan keyin bunga muyassar
bo‘lgach, unda o‘zidan, o‘z millatidan g‘ururlanish tuyg‘usi yuzaga keldi. Chunki 
u ruhsizlikdan qutuldi, ruhi ozod, hur bo‘ldi. Ruhi hur odamning yuragi botir
bo‘ladi. U hamma narsani yorqin ko‘radi, mohiyatini to‘g‘ri anglaydi. Bu borada 
Prezidentimiz I. A. Karimov shunday deydi: "Odamlarda o‘zligini anglash, milliy
g‘urur, oriyat, o‘tmishdan faxrlanish, porloq kelajakni o‘z qo‘limizga 
olganimizdan g‘ururlanish kabi tug‘ular kamol topyapti, ularning bugungi va
ertangi kuniga ishonchi ortib boryapti"
8
. Bu fikr bugungi kun adabiyotiga ham 

tegishlidir.


Roman "zamondan oziqlanadi, zamon esa undan o‘z qiyofasini qidiradi, uning 
vositasida o‘zini yanada yaxshiroq anglashga harakat qiladi"
9
. Bu ayni haqiqatdir. 

Chunki romanda zamon va davr qiyofasi o‘z ifodasini topadi. Bu yerda zamonning


zamirida insonlar yotgani, tadqiqotchi shuni nazarda tutgani aniq. Tog‘ay 
Murodning romanlarini o‘qigan kishi bunga ishonch hosil qiladi. Uning "Otamdan
qolgan dalalar" romanida muhim bir hayotiy va falsafiy haqiqat yorqin badiiy aks 
ettirilgan.
8
Karimov I. A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. —T.: O‘zbekiston, 1996. –B. 226. 

9
Зондиев Л. Тропы времени. - М., 1984. Стр. 3-4. 




8
Asarning bosh qahramoni Dehqonqul o'zbek xalqining timsolidir. Adib ana 


shu adabiy timsol vositasida xalqimiz mustamlakachilik davrida qul kabi ishlab,


qul kabi xor-zor kun kechirib kelganini ochib tashlagan. Roman voqealari o'n 
bobda hikoya qilinadi. Shundan sakkiz bobida bevosita Dehqonqulning hayoti va u
bilan bog'liq bo'lgan fojiali voqealar aks ettiriladi. 
Dehqonqulning bobosi farg'onalik Jamoliddin Ketmon (birinchi avlod vakili)
— erkin inson. Uning o'z yeri, o'z suvi bor. Bundan u ichki bir erk tuyg'usi bilan 
g'ururlanadi. Jamoliddin dehqonchilikni jon-dilidan sevadi. U o'z dalasida ter
to'kib, zavq-shavq bilan ishlaydi. Halol mehnat evaziga mo'l hosil olib, beminnat 
yashaydi. Biroq Turkistonning chorizm tomonidan zabt etilishi natijasida
Jamoliddinning tinchligi buziladi. Bosqinchilar yerni ham, suvni ham bulg'ab, 
harom qiladilar. Oqibatda, yerdan va suvdan baraka ketadi. Jamoliddin toza yer-
suv izlab, o'lka bo'ylab ko'p joylarni sarson-sargardon kezadi. Lekin u qayerga 
bormasin, hamma joyda bosqinchilar zulmidan ozor chekadi. Oxiri Buxoro
amirligiga qarashli Denov hududiga ko'chib borib, birmuncha vaqt ancha tinch 
tirikchilik o'tkazadi.
Farg‘onaga ruslar kirib kelmasdan avval romanning bosh qahramoni 
Dehqonqulning bobosi Jamoliddin birovga qulluq, xizmat qilishga or qiladigan
imonli, chapdast, jo‘mard kishi bo‘lgan. Bitta u emas, boshqalar ham shunday 
tabiatga ega bo‘lishgan. G‘ayridinlarni hech qachon el bo‘lmasligini qadimdan
bilishgan, shundan ulardan o‘zlarini olib qochishgan. Imoni but bo‘lgani sababli 
harom-harishdan o‘zlarini olib qochishgan. Jamoliddin ketmon dalasida g‘ayriddin
juda sharmandali alfozda yotganligi uchun u yerni harom sanab, shuncha mehnati 
zoe ketishiga qaramay, uni tark etadi.
Jamoliddin ketmonning bu tutgan ishida katta ramziylik va umumlashma fikr 
bor, yer va suvni pok tutishlik, inson jismini pok tutishlik demakdir. Pok tandagi
ruh ham pok bo‘ladi. Shundan qadimda yer va suvni qadrlashgan, u katta qadriyat 
hisoblangan. Jamoliddin ketmonnin tutgan ishi, ya'ni makrux qilingan yerni tark
etishi, suvni bulg‘anishiga e'tirozi sof musulmon kishining tutgan ishidir. Chunki 
"Qur'on"ning "Ol-i Imron" surasida: "Ey, mo‘minlar, o‘zlaringni qo‘yib,



9
munofiqlarni sirdosh do‘st tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini 


ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon


ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ladi. Dillaridagi adovatlari esa yanada 
kattaroqdir" (118-oyat). "Kufrga qarshi kurashda sustlashmangiz! Agar iymon
egalari bo‘lsangizlar, sizlar ustun bo‘lguvchidirsizlar" (135-oyat). 
Bu falsafiy va hayotiy haqiqatga ajdodlarimiz hamda ota-bobolarimiz amal
qilishgan. Shundan turkiy qavmdagilar do‘st-birodar bo‘lishgan, bir-birini qo‘llab 
quvvatlashgan. Bu hol, ayniqsa, oddiy mehnatkash xalq orasida kuchli bo‘lgan.
Chunki ular Qur'on, hadislar rukniga amal qilishgan. Jamoliddin ketmon o‘z 
dalasini tashlab, boshqa ekin bitadigan yer qidirganda, topolmaydi. Bari yer
ketmon ko‘rmagan bo‘ladi. "Shunda, Qurbon qoraqirg‘iz o‘z dalasini beradi. - 
Ana, ol, o‘zbek", -deydi. Qoraqirgiz qirlarda mol boqadi. O‘zbek dasht-dalada ekin
ekadi.

Bobomiz Qurbon qoraqirg‘izni quruq qo‘ymayin deya, qo‘yin kavlaydi.


Qurbon qoraqirg‘iz bobomiz bilagidan ushlaydi. 
- Tek o‘tir, o‘zbek, tek o‘tir, - deydi. O‘zbek qo‘ynida bo‘ldi nima, qirg‘iz
qo‘ynida bo‘ldi nima"
10
. Bu hol bugungi kunda, vaziyatda kishini o‘ylashga, undan 

ma'lum bir xulosa chiqarishga da'vat etadi. Insonning jo‘mardligi, Vatanga


sadoqati gap-so‘zi bilan emas, bajargan a'moli va faoliyati bilan belgilanadi. 
Romanda hayotiy haqiqat o‘zining badiiy in'ikosini topgan. Birinchi bobda biz
oqpodsholarning‘ yurtimiz, xalqimiz boshiga solgan kirdikorlarini ko‘rib 
xalqimizning fojiaviy tarixining bir sahifasini varaqlasak, ikkinchi bobda esa
qizillarning xalq ustidan mutlaq hukmronligi va siyosatning tub mohiyatini 
anglaymiz. Bu holni biz Aqrab a'moli va faoliyatidan ogoh bo‘lamiz.
Jamoliddin Ketmonning o'g'li Aqrab (ikkinchi avlod vakili) ning qismati ham 
fojiali. Surxon yurtida voyaga yetgan Aqrab - vijdonli, mard yigit. U otasi singari
o'z mehnati bilan o'z kunini ko'rishni, erkin yashashni istaydi. Shu maqsadda 
bosqinchilarga, qizillarga qarshi jang qiladi. Aqrab sho‘rolarning kimligini
10

Тоғай Мурод. Отамдан қолган далалар. - Т.: Шарқ, 1999. 20-бет (бундан кейинги мисоллар ҳам шу


нашрдан олинади ва фақат бети кўрсатилади). 


10


anglagach, birinchi kundan boshlab qo‘liga qurol olib, Vatanining mustaqilligi
uchun kurashadi. Lekin u ezgu maqsadiga erisha olmaydi. Uni o'z hamqishlog'i 
Normurod faol qizillar qo'liga tutib beradi. Shu tariqa Aqrab bosqinchilarga qarshi
ozodlik yo'lida halok bo'ladi. 
Yo‘lda qizillarning boshlig‘i Chanishev bilan shunday suhbat bo‘ladi:
"Chanishev! -deydi. - O‘zi meni qayoqqa olib ketyapsan? - Yurchiga. - Undan 
keyinchi? - Toshkentga. - Toshkentdan keyin-chi? - O‘rusiyaga".
Bu savol-javobdan keyin Aqrab Chanishevdan o‘zini shu yerda otishini 
iltimos qiladi va unga qarata shunday deydi: "... Chanishev! Sen meni O‘rusiyaga
olib borasan-da, paqillatib otib tashlaysan. Qaysi bir o‘raga kafansiz ko‘mib 
tashlaysan. Vatan gadosi - kafan gadosi bo‘lib o‘laman. Kafansiz kim el-yurtimga
olib kelib ko‘madi? Kafansiz o‘ligim it o‘liqdayin O‘rusiyada qolib ketadi! Ana 
unday keyin, bola-baqram qaerlarga borib otamlab yig‘laydi? Bola-baqram qaysi
mozorim boshig‘a borib yig‘laydi? Bola-baqram ulug‘ ayyom kunlarda qaysi 
mozorimga chiroq qo‘yadi? Shunday ekan, otarman bo‘lsang, mana ko‘krak - ot!
Lekin o‘z el-yurtimda ot! Shahid bo‘lsam, o‘z yurtimda shahid bo‘layin! 
Shahidimni o‘z el-yurtim ko‘msin!" (45 bet). Aqrabning‘ bu jo‘mardligi va Vatan
tuprog‘ini muqaddas bi-lishiga polkovnik Chanishev ham tan beradi. U shunday 
deydi: "... Men seni bir yo‘lto‘sar deb eshitib edim. Bir kallakesar deb eshitib edim.
Bir vahshiy deb eshitib edim. Seni endi bildim. Aqrab qo‘rboshi, sen asl jigit 
ekansan, asl jigit!"(48 bet).
Insoniy fojia turli asoslarda vujudga keladi. Bularning ichida eng dahshatlisi, 
imonsizlik, o‘z manfaati yo‘lida qilingan sa'y-harakat, insonga bepisandlik bilan
qarash oqibatida qalbning, o‘zgalarning ozor topishidir. Maktab direktori obrazida 
mazkur haqiqat o‘z ifodasini topgan. Unga ism ham berilmagan. Yozuvchi buni
ataylib qilgan. Bu bilan aksar direktorlar shu toifadagi shaxslar degan g‘oyani 
ilgari surgan. Bu g‘oya haqiqatdir.
Totalitar tuzumda, odatda, beshinchi sinfdan boshlab paxta frontiga safarbar 
etilardi. O‘ninchi sinf bolalarining o‘qish nima bo‘ladi, deb bergan savoliga
"Paxtazor daftaring bo‘ladi, g‘o‘zalar husnixating bo‘ladi", - degan javob oladi. 


11


Davr mafkurasi va siyosati hayotga qanchalik singib ketganligi shu odamning gap-
so‘zi, xatti-harakati orqali anglatiladi. 
Bolalarni paxtaga mashinada olib ketayotganda, kabinadan mashina
pillapoyasiga chiqib: "O‘rtoqlar, o‘lan-laparlar aytmanglar! Partiya-sovet 
qo‘shiqlaridan aytinglar", deydi. U qanday gap gapirsa, o‘z tilidan emas, albatta,
markaz-byurodan, rayon, partiya komiteti birinchi sekretari Mavlonov tilidan 
gapiradi
11

Direktor hech bir o‘quvchining qismatini o‘ylamaydi, ular uchun


qayg‘urmaydi. Buni sezgan paxtakorlar yordamchilarga o‘ligini tashlab olishadi. 
Dalada nima yumush bo‘lsa, brigadir direktor oldiga keladi. "Paxta ortishga uchta
bola bering. Paxta tushirishga ikkita bola bering. Dori sepishga bitta bola bering", - 
deydi. Direktor bunday ishlarga oz te-ruvchilarii jo‘natadi. Samodyotga yo‘l
ko‘rsatuvchilikka odam so‘raganda, unga beshinchi sinf o‘quvchisi Dehqonboy 
Jamoliddinovni beradi. Direktor bilan o‘qituvchilar o‘rtasida shunday gap ketadi:
"O‘rtoq direktor, endi bolani dori sepiluvchi dalaga yuborib bo‘lmaydi. Onasini 
bilasiz - kimsan Bolxin terimchi. - Bolxin bo‘lsa nima bo‘pti? - deydi direktorimiz.
- Bolxin terimchi obro‘-e'tiborli ayol. Bolaga bir nima bo‘lib qolsa, onasidan 
baloga qolasiz".
Ular bolalarga bir nima bo‘lishini, ya'ni oqibati fojia ekanligini bilishadi. 
Bilishgan holda norasidalarni shu yumushga ravo ko‘rishadi. Ayniqsa,
Dehqonqulning o‘rniga qaysi bolani yuborishni maslahat qilishgan o‘rnini o‘qib, 
kishi titrab ketadi. "- Cho‘liboev Ziyod? - Bir qari onasi bor. Direktorimiz shahodat
barmog‘ini nishladi. - Ana shu bo‘ladi! - dedi". Bu hol qabohatlikdan boshqa narsa 
emas.
Ziyod dori sepilgan paxtazorda hushidan ketib, yotib qoladi va bir kun yotib, 

olamdan o‘tadi. Bunga uning o‘zini aybdorga, ya'ni dori sepilgan maydonda uxlab


qolganga chiqarishadi. 
11
Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti. Darslik. -T.: Yangi nashr, 2010. –B. 101. 


12


Ziyodning onasini u yotib qolgan paxtazordan biron-bir nima topamanmi
degan ilinjda maydonga termulishi, tikilishi va "Ziyod-u-u-u, Ziyod-u-u-u" deb 
chaqirishida ham katta ma'no bor. Bu chaqirish adolatsizlikdan zardobga to‘lgan
qalbning nidosidir. 
Inson o‘zi bilgan, tajribadan o‘tkazgan, haqligiga yuz foiz ishongan narsasini
asoslash o‘rniga uning tamom teskarisi aytilsa, o‘shani bajarish, katta iqtisodiy 
zarar keltirishni bilgan holda ijro etishga kirishish katta fojiadir. Chunki bunda
inson jismi emas, ruhi, qalbi ham lat yeydi. Ma'lumki, odam jismini davolasa 
bo‘ladi, ruh, qalbning ishi qiyindir. Bu hol totalitar jamiyatning yorqin
ko‘rinishidir. 
Insonning hayotdagi o‘rni, uni inson deb tan olishiga imkon beradigan
tuyg‘ulardan biri va asosiysi g‘ururdir. Bu fazilatning yo‘qligi esa insoniy 
illatlarning urchishiga sharoit va muhit yo‘lini o‘taydi. G‘ururi yo‘q misoli temir
odamga o‘xshaydi. O‘zi qilishi lozim bo‘lgan ishni, buyuril-gan yumushni 
qoyilmaqom qilib bajaradi. Evaziga hech narsa so‘ramaydi. Temir odam uchun
zaryad kifoya qilgandek, g‘ururi yo‘q odam uchun esa tirikchiligi o‘tsa bo‘ldi. 
Uchinchi avlod -Dehqonqul - shunday odam. G‘ururi yo‘q odamda insoniy sha'n
ham bo‘lmaydi. Kolxoz raisi to‘y kelgan kun Dehqonqulni o‘g‘lidan so‘ratadi. U 
daladan kelgach, rais uyiga chiqadi. O‘zaro shunday gap-so‘z kechadi: "Ha-a-a,
chaqirgan ekansiz, Rais bova? 
- Chaqiribman? Qachon? E, ha-a, bugun Dehqonobdagi quda bo‘lmishlar
ikkita fotiha qo‘y tashlab ketib edi. Shu qo‘yning birovini so‘yib, rayon kattalarini 
chaqirayin dedim.
- O‘zimga ayting edi, daladan vaqtliroq kelib, so‘yib berar edim. 
- Bo‘ldi-bo‘ldi, Klara Xodjaevaning shopiriga so‘ydirdim. O‘zimiz so‘yib,
o‘zimiz yeb yotibmiz... Bo‘pti, Dehqonqul aka, -dedi raisimiz" (118-bet). 
Rais uni na ichkariga, na choyga taklif qiladi. Xonadondagilarga osh-non
qo‘yishni buyurmaydi. Dehqonqul bo‘lsa buni ko‘ngliga olmaydi. 
Bir kuni rais yana Dehqonqulning qo‘liga go‘sht tutqazadi va uyidagilar
mehmonbop ovqat qilishini, o‘zi ketib qolmasdan qarashini aytadi. Dehqonqul 


13


yarim kechada tuz totmasdan kech holda uyiga keladi. Shunda ham o‘zini qadr-
qimmatini o‘ylamaydi, insoniy sha'ni toptalganidan vijdoni qiynalmaydi. 
O‘rinsiz joyda esa o‘zining "g‘ururini" ko‘rsatadi. Ayolining gapi bilan
Dehqonqul shlyapa olgani rayon markazidagi univermagga keladi. Sotuvchi qizlar 
unga hayron bo‘lib qarashadi. Qizlardan shlyapani ko‘rsatishni so‘raganda, ular
qaysi razmerdan deyishadi. Bilmagach, bir nechtasini oldiga qo‘yadi. Narxining 
besh so‘mligini eshitib, Dehqonqul bir cho‘chib tushadi. Olmay qaytmoqchi
bo‘ladi. Yana bir so‘mlik pullarini qayta-qayta sanab sotuvchi qizga tutadi. 
Baxmalga ko‘zi tushgach, uning narxini so‘raydi. "Olmasangiz nima qilasiz... Besh
so‘mlik shlyapani ko‘rib yuragingiz yorilib ketay dedi-yu... So‘zana qimmat, ellik 
so‘m", deganiga xotini un olib kelishi-ga bergan puliga so‘zanani oladi va
magazinning bir burchagiga o‘tirib, o‘rtasidan ikkiga bo‘ladida, oyog‘iga paytava 
qilib o‘rab, etigini kiyadi. Qilgan ishidan g‘ururlanadi. Mazkur roman haqida
taqriz yozgan adabiyotshunoslar Dehqonqulda insoniy g‘urur so‘nmagan. Bu mana 
shu o‘rinda yaqqol o‘z isbotini topgan, deb uning mazkur ishini oqlashadi. Lekin
bu to‘g‘ri emas. Chunki oila iqtisodiga, byudjetiga, bolalari rizqiga zarar 
keltiradigan har qanday faoliyat ijobiy sanalmaydi. Oilani qaqshatish evaziga,
uning rixsi hisobiga boyvachchalik qilish, o‘zining iqtisodiy qudratini ko‘rsatib 
qo‘yishlik orqali g‘ururlanish bu g‘ururlanish emas, yumshoq qilib aytganda,
axmoqlik, to‘g‘rirog‘i, tentaklikdir. 
Kishining kasb-kori, lavozimi, bajargan yumushi, u istaydimi, yo‘qmi,
tabiatida o‘z tamg‘asini qoldiradi. Ma'lumki, kechagi tuzumda paxta insondan ham 
ustun qo‘yilgan. Dehqonqulning vazifasi esa paxtakor. Vazifasi tabiatiga shu qadar
singanki, u o‘z oilasi, farzandlaridan ham paxtani ustun qo‘yadi. Bolalariga 
ko‘rsatmagan mehrni paxtaga ko‘rsatadi, bolalariga qilmagan parvarishni paxtaga
qiladi. U hatto xotini o‘ziga o‘t qo‘yib, o‘lim bilan olishib yotganda ham, paxtasini 
o‘ylaydi. Bosh shifokorning "Kuyganlar uchun alohida kasalxonalar bor,
Moskvada bor, yaqin desang, Dushanbedayam bor. Kasalingni olib ket, biz boshqa 
saqlab turolmaymiz", - deganiga. "Eb-ye, u nima deganingiz? Qayoqqa olib



14


ketaman? Qanday olib ketaman?.. Buyog‘i ura-ura paxta bo‘lsa. Paxta nima
bo‘ladi?" - deb javob beradi. 
Tog‘ay Murodning mahorati shundaki, insonning insoncha yashamagan
holatlarini, ya'ni katta insoniy fojiani shunchaki bayon-hikoya qilmaydi, tasvirda 
ko‘rsatadi, detallarda asoslaydi va mohiyat kasb etadi. Bir kuni Dehqonqulning
ko‘zi xotinining o‘ng qo‘ltig‘i ostiga tushadi. Ko‘ylagi qizil bo‘lsa-da, 
qo‘ltig‘ining tagi olachaliq oq edi. U qo‘ltig‘ining ostiga oq yamoq solganmikan
deb o‘ylaydi. Tikilib qarasa, chang aralash, kir aralash ter ekan. Chunki boshqa 
kiyimi yo‘g‘idan dalada ham bir ko‘ylakda, uyida ham shu ko‘ylakda yuradi, tunda
ham shu ko‘ylakda yotadi. Yana bir kuni boshini bilagiga olganda, ayolining 
sochidan butifos hidi keladi. U hayron. Hali dalaga butifos sepilmagan bo‘lsa, hid
qaerdan? O‘ylay o‘ylay topadi: "Ayolim Jararikdan molga o‘t olib keladi. O‘tni 
boshida ko‘tarib keladi. Bu hid o‘tgan yili sepilib, haliyam o‘tlarda yotmish butifos
hidi bo‘ldi". Ko‘ylak, ter, butifos detallari holat, vaziyatni kuchaytiradi, 
fojialikning asl sababiga aniqlik kiritadi. Yozuvchi bu bilan cheklanib qolmaydi.
Be-shikdagi bitiklar orqali yanada oydinlashtiradi. Adib bejizga "Beshikdagi 
bitiklar" demaydi. Beshik ramziy ma'noga ega. U - hayot ramzi, inson umri ramzi,
u yashagan, istiqomat qilgan muhitning ramzi. Maya bitiklarda nima deyilgan. 
"Dunyoga kelib nima ko‘rdim? - Beshik ko‘rdim... - Dunyo ko‘rib neni ko‘rdim? -
G‘o‘za ko‘rdim, paxta ko‘rdim. Kun ko‘rdim - g‘o‘za ko‘rdim. Tun ko‘rdim - 
beshik ko‘rdim. Beshik mozorim bo‘ldi, dala mozoristonim bo‘ldi". Bu iztirob
tufayli zardobga to‘lgan qalb nidosi - butun hayotining kundaligidir. 
Yolg‘onchilik asosiga qurilgan jamiyatning butun faoliyatida - yaxshilik
yo‘lidagiga ham, yomonlik yo‘lidagiga ham yolg‘on aralashadi. Adib bu haqiqatni 
juda ustalik bilan aks etgiradi. Dehqonqulga mash'al brigadir sifatida kinoga olish
uchun kinochilar kelishi xabarini berishadi. Dehqonqul mehmonlarning izzatini 
joyiga qo‘yish uchun bozorga tushadi. Meva-cheva oladi. Uyga kelganda, bolalari
anor bering, pomidor bering (xurmoni pomidor deyishadi), deb atrofini o‘rab 
olishadi. Dehqonqul barchasini urushib, turtib, olib kelgan mayda pistasidan berib
daf qiladi-yu, olib kelgan narsalarini oshxonaga qo‘yib, qulflab qo‘yadi. Lekin 


15


o‘g‘li Nodir oynadan tushib, ikkita xurmoni olib qochadi. Dehqonqul quvib yetib
olib, xurmoni tortib oladi va urib og‘zi-burnini qon qiladi. Bu voqeani o‘qigan 
kishining badani titrab ketadi va Dehqonqulning odamiylik sha'niga la'nat o‘qiydi,
bu bilan to‘g‘ri qiladi. Lekin yozuvchining niyati faqat bu bilan cheklanmaydi. 
Chunki badiiy asar voqyeligi hayotdagi shunchaki jo‘n voqyelik emas. Ma'lum
maqsadga bo‘ysundirilgan, zamirida ma'lum g‘oya yotgan voqeadir. Buni turmush 
og‘irligidan deb bilish noto‘g‘ridir.
Asarlarda faqat odamlarning turmushining og‘irligini tasvirlash orqali 
jamiyatni qoralash yo‘lidan bormasdan, shunday ekanligining asl mohiyatini ochib
berish borasida tuzumning asl qiyofasi inkishof qilinsa, ijtimoiy salmog‘i oshib, 
bugungi kun uchun ham ahamiyatga ega bo‘lardi. Shulardan bittasi yolg‘onga orqa
qilish orqali jamiyatning afzalligini ko‘rsatishdir. Yuqorida aytganimizdek, 
yolg‘on soxta farovonlikni ko‘rsatishda qanchalik unumli xizmat qilsa, yo‘q
jinoyatni yuzaga keltirishda shunchalik xizmat qiladi. 
Dehqonqulni kino qilishganda, "uning hovlisiga Norboy chavandoz otini olib
kelib bog‘lab ketib, Chori magazin mudiri "Volga" mashinasini qo‘yib ketib, 
badavlat xonadonga aylantirishgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay xuddi shunday
yolg‘on tufayli, brigadirlikni nora evaziga sotib olgan va paxta so-tib boyigan 
jinoyatchi sifatida sakkiz yilga kesiladi". Bu boradagi ko‘p voqealar, so‘roq qilish
munosabati bilan aytilgan hodisalar, inson jismiga azob berish, xo‘rlash, sha'nini 
bulg‘ash o‘rinlari haqiqiy insoniy fojiadir.
Romanda hamma e'tibor bermaydigan, hamma anglab ololmaydigan juda 
katta falsafiy haqiqat ifodalangan. Bu ham bo‘lsa, zamon, muhit o‘zgargan sayin,
odamlardagi g‘urur, jo‘mardlik xususiyatlarini pasayib, hamiyatsizlikni 
kuchayishi, bo‘ysinuvchanlikning ortishi. Dehqonqulning bobosi Jamoliddin, otasi
Ahrablar - tamom boshqa odamlar. Ular yot odamlarga bo‘yin egmay, bo‘ysunmay 
foniy duyoni tark etishdi. Dehqonqul hamma narsaga bo‘ysundi, ya'ni
ijtimoylashdi. Bu katta insoniy fojiadir. Undan ko‘ra, onasi Bolxin terimchi o‘z 
qiyofasini yo‘qotmagan. Chunki u - ikkinchi davr odami. Dehqonqul selni ko‘kragi
bilan to‘sib qolmoqchi bo‘lib, o‘zi bir o‘limdan qolganda, o‘g‘li ikki dunyoda ham 


16


ayta olmaydigan gapni aytadi: "Ha, paxtalaringga qiyomat kelsin-a, paxtalaringga
qiyomatgina kelsin-a! Men paxta deb nima bo‘ldim? Bir belangi bo‘ldim! Ularam 
o‘ttiz so‘m pensiya!"(92-bet). Bu kechagi paxtakorning botiniy nidosidir.
Shunday qilib, romanda xalqning mustaqillikka erishganga qadar boshidan 
kechirgan bir asrdan ziyod davrdagi mashaqqatli hayoti yaqqol tasvirlab berilgan.
Asarda xalqimizga xos, xususan, vatanparvarlik, halollik, yerga muhabbat, 
adolatga tashnalik, bosqinchilarga nafrat va kelajakka ishonch fazilatlari ustalik
bilan haqqoniy ifodalangan. 
"Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi" romanida mustaqillik arafasidagi parokandalik,
e'tiqodsizlik, surbetlik o‘z ifodasipi topadi. Yozuvchi mazkur romanida ham o‘z 
uslubiga sodiq qolib, voqealarni xikoya qilmaydi, uni bor ko‘rinishi bilan
tasvirlaydi. O‘zidan hech narsa qo‘shmaydi, unga munosabat bildirmaydi. Barcha 
qahramonlari zimmasiga yuklaydi. Ularning xatti-harakati, o‘ylash tarzi, atrof-
muhit va odamlarga munosabati — hamma-hammasi sof o‘zbekona. Vaziyatni 
kuchaytirish, uni dramatik holga olib kelish, qahramonlarining o‘ziga xosligini
ko‘rsatish, shuningdek, qalb dialektikasini ochish, iroda kuchini ko‘rsatish uchun 
qo‘llanilgan detallar ham sof, milliy. Shundan qahramonlari kishi ko‘z o‘ngida
naqshlanib qoladi va hayotning fojiaviy mohiyati oydinlashadi. 
Romanning bosh qahramoni - Botir firqa. Asar shu odamning faoliyatidan
boshlanadi. U tumandan kelib, kolxoz idorasi tomiga chiqib, qoravulga odamlarni 
yig‘ishini aytadi
12
. Odamlar narvon poyig‘a yig‘ilishgach, tomdan tushib, viqor 

bilan ularga: "Bir so‘z bilan aytsak, men shu kundan boshlab Botir firqa bo‘ldim!


Ayni vaqtda, qishloq sho‘rosini raisida bo‘ldim! - Kimda-kim meni Botir firqa 
demas ekan, o‘zidan ko‘rsin!"(6-7-betlar) - deydi. Keyinchalik u hatto firqa
demaganlarni moddiy jazolaydi. Botirning tutgan ishi bitta o‘ziga xos 
bo‘lmaganligi uchun o‘sha davr manzarasi yaqqol nomayon qiladi. To‘g‘rirog‘i,
adib Botir firqa faoliyatida, uning nigohi orqali sotsializm deb atalmish butun 
jamiyatning tadrijini chizib beradi.
12
Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti. Darslik. -T.: Yangi nashr, 2010. –B. 109. 


17


30-yillardagi ocharchilik haqida ko‘p eshitganmiz va o‘qiganmiz. Lekin
romandagi och bolasining nobud bo‘lmasligi uchun kimningdir qo‘lga topshirish 
niyatida yo‘lga chiqqan onaning ko‘ringan kimsaga "Mana shu qizaloqni olib
keting", - deb qilgan iltijosiga hech kim quloq osmasligi, bolaning "non" deb 
qilgan xarxashasiga ilojini qilolmagan opaning nima qilishini bilmay, beixtiyor:
"Uchir, bozori kasod! Sidirga o‘tir, bozori kasod, sidirga o‘tir", — deb koyishlarini 
o‘qib, kishi "dod" deb yuborgisi keladi. Chunki bu holatda nafaqat ocharchilik,
balki jamiyatdagi adolatsizlik ham o‘z ifodasini topgan. Bu zor qaqshagan ayol 
Mirzaxo‘jaboyning bevasi Zaynab edi. Bu manzara sovet hukumati paytida o‘z aql
idroki, tadbirkorligi, ishchanligi tufayli boyigan, o‘ziga to‘q bo‘lgan odamlar 
boshiga tushgan savdoning hosilasidir.
Ocharchilik tufayli ommaviy o‘lim boshlandi. Botir firqa bu holning chorasini 
topish uchun yuqoriga murojaat qildi. Ular yordam berishga va'da berishdi.
“Haqiqatan ham, uchta NKVD xodimi polutorki minib yordamga keldi. Ular 
faollarga qarata: "Sizlar qanchalik ko‘p yordam bersangiz, biz ocharchilikni
shunchalik tez tugatamiz. Biz bu borada yetarli tajribaga egamiz, biz juda qisqa 
muddat ichida Ukrainada ocharchilikka nuqta qo‘yib keldik!" — deydi”
13

. Bu
gapdan so‘ng kishining ko‘ngli sal yorishganday bo‘ladi. Lekin saldan keyin 


ularning tutgan ishlarini ko‘rib, yo, alhazar, deb yoqa ushlaysiz. Bu xodimlar
o‘rjar, soy-qirlarni kezib, qishloq chekkasidagi hovuzni tanlashdi va o‘z 
polutorkasida ko‘chadagi, uylardagi o‘liklarni, hatto ochlikdan sulayib qolganlarni
olib kelib hovuzga tashlay boshlashdi. Ularning shunday qilayotganini Botir firqa 
navbatdagi "o‘likni" tanib qolganligidan keyin bildi. U Mirzaxo‘jaboyning bevasi
Zaynab edi. Hovuzga tushib qarasa, u tirik, bolasi ham o‘lmagan edi. NKVD 
xodimlari bilan shunday gap kechadi: "Ammo-lekin... tirik-da, tirik! Ana
bag‘ridagi bolasi-da tirik!... Sho‘ro hukumatiga ishchi kuchi kerak, o‘rtoq 
komandir, ular hali ish beradi.
13
Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti. Darslik. -T.: Yangi nashr, 2010. –B. 118. 


18


- Tushunaman, o‘rtoq rais, tushunaman. Ammo ular bari-bir... o‘ladi-da,
o‘ladi!"

14
.


Ularning Ukrainada tutgan ishlari bundan-da battar. Mazkur xodimlari- ning 

nazarida, bu o‘lganlar - gunoxkorlar. Chuyki "Ular... sovet hukumatiga qarshi


ochdan o‘lganlar!" Bu gapni o‘qib kulishingni ham, yig‘lashingni ham bilmaysiz. 
Lekin haqiqatdan ko‘z yumolmaymiz. Chunki axloqsizlar ilgari surgan siyosat
shunday edi. Romanda bu narsa oydinlashadi. Botir firqa "o‘liklar"ni hovuzga 
sarjindek taxlashiga qarshi. "Axir, ular - odam", — deb sal norozilik bildirgan edi,
komandirning: "O‘rtoq rais, bu haqida buyruq bor, buyruq!.. Sovet hukumatining 
buyrug‘i! Sovet hukumatining hohish-irodasi! Yoki sovet hukumatidan
norozimisiz", - deb ovozini ko‘targan edi, rais seskanib ketadi. Shosha-pisha 
"Unday demang, unday demang... — deya kalovlandi. - Axir, men... firqaman,
firqa!

—Firqa bo‘lsangiz, nega ikkilanasiz? Botir firqa qaddini rostlab, boshini tik


tutib... "Yashasin sho‘ro hukumati! Sho‘ro hukumatiga shon-sharaflar bo‘lsin!"—
dedi tantanalik bilan". Bu hol rahbar odamlarimizning haqiqiy qiyofasi ko‘zguda
aks etganidir. Ha, u davrda shunday qilinmasa kun ko‘rish qiyin edi. Romanning 
shu o‘rinlari o‘qilar ekan, mustaqillikning qadri namoyon bo‘ladi.
Insonni o‘zini tutolmaydigan holatga olib keladigan narsa uning 
tuyg‘ularining toptalishi va adolatsizlik qilinishidir. Sotsializm dunyosida bu
odatdagi hol edi. Romanda bu haqiqat nihoyatda hayotiy yoritilgan. Oblast gazetasi 
xodimi, iste'dodli jurnalist, shoir Mardiev redaksiya topshirig‘i bilan
komandirovkaga borib, ob-havo yomonlashgani tufayli samolyot uchmay, vaqtida 
kelolmaydi. Redaksiyadagilarning barchasi paxtada ekanligidan, o‘zining ushlanib
qolganligi xususida obkom sekretarini eng katta boshliq sanab, unga telegramma 
jo‘natadi. Shu narsani katta gunoh deb hisoblashib, jamoat sudida bu masala
ko‘riladi-yu, u har qancha kechirim so‘rasa ham, quloq solishmay "Ishdan 
haydalsin!" — deb qaror qilishadi. Bu borada yozuvchi yozadi: "Endi, Mardiev sud
ahliga qaradi. Bejo-bejo qaradi. Endi, chaparastalab, chaparastalab so‘kdi: —Unda, 
14
Тоғай Мурод. Бу дунёда ўлиб бўлмайди. –Т.: Шарқ, 2001. –Б.19. 


19


sen chinovniklarni!.. Chinovniklar to‘nka! Chinovniklar baran! Chipovniklar
cho‘chqa! Tfu, chinovniklar, tfu"
15
. Bu gapni jamoat sudi obkom sekretari 

Rajabovga yetkazgani uchun shaxsan uning buyrug‘i bilan ruhiy-asab


kasalxonasiga yotqaziladi. 
Ma'lumki, hayotda har bir narsaning hisob-kitobi bor. "Qilmish-qidirmish",—
deb bekorga aytilmaydi. Rajabov arzimas narsa bilan, ya'ni bir oddiy muxbir 
o‘ziga teng ko‘rib murojaat qilgani hamiyatiga tegib, uni jinniga chiqargan bo‘lsa,
keyinchalik uning o‘zi rosmana jinni bo‘ldi va Mardiev yotgan joyga bordi. 
Yozuvchi bu voqea munosabati bilan ko‘plab tuyg‘ulari aldangan insonlar
qismatini yoritib beradi. 
E'tiqodli odamlar o‘z qiyofasiga ega bo‘ladi. Botir firqa bilan Rajabov ana
shunday o‘z qiyofasiga ega odamlar. Ular kommunistik partiyaga juda katta e'tiqod 
qo‘yishgan. Chunki istaymizmi, yo‘qmi, partiya ular xayotida, shuningdek,
odamlar turmushida o‘zgarishlar yasagan. Taraqqiyotning har jihatdan tub asosi 
sanalgan. Shundan e'tiqodiga sadoqatini, insoniy-ligini belgilovchi omil sifatida
qo‘llab-quvvatlash lozim. Biroq kommunistik partiyaning yurgizgan asl 
siyosatining tub mohiyatini anglab yetmasliklari ularning fojiasidir. Yozuvchi
mazkur obrazlar orqali xuddi shu narsani inkishof qilishi bilan bugungi avlodning 
e'tiqodsizligiga qarama-qarshi qo‘yadi. Bunday bo‘lishning asoslari bor. Yoshlar
kommunistik partiya siyosati, u qabul qilgan qarorlar haqiqiy hayot bilan 
uyg‘unligi yo‘qligini, a'moli hayotiy mantiqqa zidligini, amalda qo‘llash teskari
natija berishini anglab yetishgan. Shundan ularning mazkur partiya e'tiqodlari sust 
va zaifdir.
Adib romanning nomiga ham o‘zining falsafiy g‘oyasini singdirgan. Asarning 
bir o‘rnida Botir firqa shunday deydi: "...Or-nomussizga el-yurt takdirini topshirib
bo‘ladimi? Yuz-g‘urursiz odamga el-yurt ixtiyorini berib bo‘ladimi?"
16
.

Mustaqillik arafasida hayot o‘z mehvaridan chiqib, barcha narsa aralash-


quralash bo‘lib ketdi. Eng fojiali tomoni insoniy mehr-oqibat, qadr-qimmat 
15
Тоғай Мурод. Бу дунёда ўлиб бўлмайди. –Т.: Шарқ, 2001. –Б.42. 

16
Тоғай Мурод. Бу дунёда ўлиб бўлмайди. –Т.: Шарқ, 2001. –Б.129. 




20


susaydi, inson qadrsizlandi. Sotsializm davrida insonning o‘zi emas, mehnati
qadrlangan bo‘lsa, endi uning daromadiga qarab kimligi belgilandi. Eng 
achinarlisi, halol mehnat qilganlar, kechagi jamiyat taraqqiyotiga muhim hissa
qo‘shganlar, o‘z e'tiqodiga sobit insonlar hech kim bo‘lmay qoldi. Tirikligida 
shunday qadrsiz bo‘lgan insonning o‘ligiga bo‘ladigan munosabatdan cho‘chish
tuyg‘usi ham bu dunyoda o‘lmaslikka da'vatdir. Bu uning ikkinchi ma'nosidir. 
Uning yana uchinchi ma'nosi ham bor. Istiqloldan so‘ng yurtning jamoli o‘zgardi,
ko‘p yillardan beri ma'naviy va ruhiy ezilgan xalqning qaddi tiklandi. Uning 
kelajagi porloq. Demak, shunday dunyoga muyassar bo‘lganda o‘lib bo‘ladimi?
Roman juda katta falsafiy umumlashma va ramziylik bilan nihoya topadi. Bir 
kuni hokimiyatdan qo‘ng‘iroq qilishdi. Hokimiyat oldidan Bugok ipak yo‘li
o‘tishini, shundan uning oldidagi chinorlarni olib tashlash uchun oqsoqollarning oq 
fotihasi zarurligini aytishadi. Botir firqa ordenlarini taqib boradi. Bu borada
yozuvchi yozadi: "Botir firqaning joni achidi. Botir firqaning tani kuydi. Botir 
firqaning tani-joni... shodlandi.
- O‘rtoq Rashidov... deya entikdi. - Sharof Rashidovich biz ekkan chinorlar... 
Buyuk ipak yo‘li bo‘ldi. Buyuk ipak yo‘li!... biz yaratgan bog‘lar... Buyuk ipak
yo‘li bo‘ldi. Buyuk ipak yo‘li!" Bu o‘rinda juda katta haqiqat ochib berilyapti. Bu 
ham bo‘lsa, har qanday yangilik, har qanday taraqqiyot o‘z-o‘zidap paydo
bo‘lmay, u eskining zaminida yuzaga keladi. Shundan o‘tmishga hadeb tosh 
otaberish, u qadar mantiqli emas. Shuningdek, bizda yangilik ko‘pincha hayotda
o‘z qadrini yo‘qotmagan, yashashga haqli bo‘lgan narsalarni buzish evaziga 
bo‘ladiki, bu narsani ham oqlab bo‘lmaydi. Chinorlarning yiqitilishi shunga
ishoradir. Shuningdek, halollik, to‘g‘rilik, diyonatli yo‘l ulug‘ yo‘ldir. Barcha ezgu 
ishlarga shu yo‘l olib boradi. Chunki bu yo‘ldan yuruvchilar imonli shaxslardir.
Botir firqa shunday shaxsdir. Lekin asarning so‘nggi boblarida o‘ta 
intellektuallashish o‘zini oqlamagan. Qahramon mantig‘iga mos emas. Ma'lumki,
Botir firqa o‘zi chalasavod. Bor-yo‘g‘i partiya kurslarini bitirgan. Shunday odamni 
"XVI asr boshlarida Moskvada buyuk knyaz Vasiliy III Pekov oqsoqoli Filofeydan
bir qator murojaatnomalar oldi" haqidagi ma'lumotlar, undan keyingi fikrlar, Ivan 


21


Grozniy xususidagi haqiqatlar, ayniqsa, uncha-muncha tibbiyot olimi bilmaydigan
"suitsid" haqidagi mulohazalari kishini ishontirmaydi. Bu o‘rinlarda qahramon 
yozuvchi g‘oyasini, fikrini tashuvchi, ifodalovchi ruporga-jarchiga aylanib qolgan.
Shukur Xolmirzaevning "Dinozavr" romani markazida ham inson va davr 
muammosi yotadi. Asar 1996 yil "Yoshlik" jurnalining 2 — 4-sonlarida bosilgan.
To‘g‘risini e'tirof etganda, bozor iqtisodiga o‘tish davridagi qiyinchilik va 
kamchiliklar, muammoalar ko‘pchilikni gangitib qo‘ydi. Kimlardir uning
mohiyatini to‘g‘ri anglab, Vatan taqdiri, yurt kelajagi haqida kuyib-pishayotgan bir 
vaqtda, boshqalar faqat o‘z manfaati, ya'ni "qorin dardi"ga berildi. Shukur
Xolmirzaev bu masalada befarq bo‘lmadi. U o‘zining ushbu romanida mazkur 
masalaga kishi diqqatini tortadi
17

Hayot haqiqatidan ma'lumki, vijdoni uyg‘oq, qalbi pok, diyonatli shaxslarning


foniy dunyoda yashashi qiyin kechadi. Chunki ular har bir adolatsizlikka
odamlarning insoniylikka zid xatti-harakatlariga befarq qaray olmaydi. Ularga
nisbatan o‘z e'tirozini bildiradi. Bunday shaxslarning aksariyati ijodkor bo‘ladi. 
Shunday haqiqiy ijodkor xalqning vijdoni sanaladi. Mazkur romanning bosh
qahramoni — ijodkor Mahkam. Totalitar tuzumning abadiyligi-yu, mustaqillikning 
bir ro‘yo ekanligiga ishongan minglab odamlar singari Mahkam ham bu haqida
o‘ylab ko‘rmagan edi. Endi u shunday bir holatdaki, aqli-shuuri idrok etadi, 
fahmlaydi, boshi va qo‘li harakatda, ammo oyog‘i go‘yo bir botqoqqa botib
kolgan. U fikran undan chiqib olishga intiladi. Yozuvchi mana shu tariqa 
Mahkamning botiniy o‘y-xayollari, ruhiy iztiroblari orqali zamon ziddiyatlarini
yoritib boradi. 
Mahkam ba'zan og‘ir tushkunlikka tushib ketar, go‘yo bu holatdan chiqishni
bilmagani holda, uning chek-chegarisini ham bilmaydi. Shunday og‘ir vaziyatda 
o‘zini "kuchsizlar" qatoriga qo‘shadi. Bu borada yozuvchi yozadi: "...Mustaqillik
davri boshlandi-yu, dunyoqarash ham, fikrlar xam o‘zgardi... Mahkam u hayot 
tarziga moslasha olmay va buning tub sabablarini bilmay, tushunishga aqli yetmay
iztirob chekardi. 
17
Ҳ. Каримов. Шукур Холмирзаев. - Т.: "Қатортол", "Камолот", 1999. –Б.94. 


22


Shu bois o‘zini "kuchsiz odamlar" toifasigada qo‘shar, bu hol unga tasalli
berar edi". 
Lekin hayotga moslashish ham har xil bo‘ladi, bir xillar ko‘r-ko‘rona
yondashadi. Ikkinchi bir shaxslar aql-zakovat, uddaburonlik bilan zamon 
qiyinchiliklarini yengishga intiladi, undan ustun keladi. Bular g‘ayratli, shijoatli
shaxslardir. Jamoliddin shunday insonlar sirasiga kiradi. U ertangi kunga umid 
ko‘zi bilan qaraydi. Bu xaqida u shunday deydi: "...Shunday kunlar keladi. Mening
uch-turt operatsiyam bor. Keyin kelishib bitta ish qilamiz... Bizning buyuk 
bobolarimiz bor. Milliy biznesmenlar yetishvotti. O‘zbekistonni 4 — 5 yildan
keyin ko‘rasiz. O‘rta Sharqda mash'al bo‘lib ketadi. O, bizdagi boylik, 
xalqimizning mexnatkashligi..." Yozuvchi Jamoliddinni yosh biznesmen deb
ataydi. Aslida, u ijodkor-biznesmen. Chunki u - pyuir, she'rlar to‘plami ham 
chiqqan. Jamoliddin — yozuvchi idealidagi obrazlardan biri. Uning qanday
insonligi kelajakka umidi, orzusi Mahkamga aytgan gaplarida o‘z ifodasini topadi: 
"...Hali biznesmenlarning ham ko‘zi to‘yadi. Ha-ha, hozircha ko‘pining ko‘zi
och.... hali to‘yadi, to‘yinadi ular... Keyin bilasizmi... Keyin o‘qishgayam, xo‘sh, 
ma'naviyatga ham qiziqa boshlaydilar. Chunki biznesmen - madaniyatli odamlar.
Axir, ular jamiyatning bulbullari, gullari hisoblanadigan yozuvchilar, ijodkorlar 
bilan aloqa qilmasa, birga turmasa... qanaqasiga madaniyatli odam bo‘ladi...
O‘zimizning Toshkentda qanaqa boylar o‘tmagan! Maktablar ochishgan, o‘zlari 
darsliklar yozishgan. Masalan, Munavvar qori, Ubaydulla xo‘ja... E-hye!" Bu
fikrda bugungi kun manzarasi yaqqol o‘z ifodasini topish bilan birga, ma'naviyatga 
da'vat ham borki, bu, o‘z navbatida, yozuvchining maqsadini ham ifodalaydi.
Jamoliddinning fikri tiniq, ma'naviyati yuksak bo‘lgani uchun kishi kayfiyatini 
ham tez ilg‘aydi. U Mahkamning kayfiyati mohiyatini anglab yetadi. U o‘zining
nekbin fikr va mulohazalari bilan Mahkamni ham ijod qilish kayfiyatiga qaytaradi, 
ruhini tetiklashtiradi.
Yozuvchi davr ziddiyatini yangi avlod ruhiyatiga o‘tkazgan ta'sirini ko‘rsatish 
borasida inson kamolotida muhitning roli kattaligiga kishi diqqatini tortadi
18
. Bu 

18
Ҳ. Каримов. Инсон ва давр. - Т.: Фан, 1992. –Б.43. 




23


hol Mahkamning o‘g‘li Sobit obrazi orqali inkishof qilinadi. Oilada Sobit ko‘proq
onasi ta'sirida bo‘lsa-da, otasining imonli, vijdonli ekanligini yosh bo‘lishiga 
qaramay qalban his qiladi va otasiga ergashadi. Oiladagi kelishmovchilik, soatlab
cho‘ziladigan dahanaki jang, onasining xaqoratomuz so‘zlari, otasining iztirobga 
tushishlarining sababi unga oydinlasha boshlaydi. U shunday xulosaga keladi, ya'ni
buning ildizi ro‘zg‘ordagi yetishmovchilikda. Chunki ilgari hamma narsa yetib 
turganda, uyda ham osoyishtalik hukm surardi. Ota-onasi ham bunchalik asabiy
emas edi. Otasining gaplaridan, uning Abzal aka, Toirov, Jamoliddin, Quyunlar 
bilan qilgan suhbatlaridan haqiqatni anglay boshlaydi. Ya'ni otasining ruhiy
iztiroblari faqat oila tashvishi, moddiy qiyinchiliklarda emas, balki onasining, 
shuningdek, atrofdagi odamlarning ma'naviy qashshoqlashib ketayotganida
ekanini. Sobit obrazining ibratli tomoni ham ana shunda. 
Ma'naviy barkamol insongina turmushning ikir-chikirlaridan ustun kelishi,
turmush qiyinchiliklarini yengishi mumkin. Agar uning aksi bo‘lsa, zamon 
ummoni oqimiga ko‘milib, o‘zini va yaqinlarini ham barbod qilishi muqarardir.
Romanda bu hayotiy haqiqat Shahlo, Abzal aka, Toirovlar obrazi orqali kishi 
ongiga singdiriladi.
Qahramonni jamiyat ma'naviy iqlimida qanday o‘zgarishlar ro‘y berayotgani 
emas, balki bozorda qanday o‘zgarishlar bo‘layotgani, narx-navoning qay darajada
ekanligi ko‘proq qiziqtiradi. Shahloning bunchalik tez o‘zgargani Mahkamni 
hayron qoldiradi. U Shahlodan avvalgi fazilatlarni qidirar, undan nihoyatda oz
qolganidan afsuslanadi. Lekin bir haqiqatni anglab yetadi. Bu ham bo‘lsa, 
Shahlodagi avvalgi insoniy fazilatning ildizi botiniy emas, zohiriy ekanligini.
Abzal aka — asli, shoir. Ko‘proq bolalarga atab she'rlar yozgan. Ammo 
bugunga kelib butun o‘tmishini qoralab, taqvador insonga aylanadi. Mustaqillikka
erishish tufayli yetmish yillik tuzumning yemirilishi Abzal akani gangitib qo‘ydi. 
Chunki uning ma'naviyati, e'tiqodi va dunyoqarashi zaif edi. Shundan Abzal aka
shamol qay tomonga essa, u o‘sha yoqqa og‘adi, o‘zgalar fikri bilan ish yuritadi. U 
na dunyoviy ilmni, na diniy ilmni chuqur o‘zlashtirmagani uchun arosatda qolgan.



24


Davrga qarab o‘z qiyofasini namoyon qiladigan obrazdan yana biri Toirovdir.
U — totalitar tuzumga, uning partiyasiga ancha-muncha xizmat qilgan shaxs. 
Kompartiya gullab-yashnagan yillarda rahbarlik kurslarida o‘tirgan bu shaxs,
Yüklə 372,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə