O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»


Jismoniy madaniyat darslarini yo‘naltirilgan maqsadiga ko‘ra klassifikatsiyalash



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

Jismoniy madaniyat darslarini yo‘naltirilgan maqsadiga ko‘ra klassifikatsiyalash 
Jismoniy madaniyat darslarining qayd qilingan klassifikatsiyasi biz o‘rgangan darslar 
mazmuni (o‘qitiladigan o‘quv materiali) tashkillanishi va tuzilishining texnologiyalari, 
foydalaniladigan vositalari, usul, uslubiyotlari bilan farqlanadi. Darslarning maqsadi bir o‘quv 
yili, o‘quv choragi yoki qator darslar uchun qo‘yilmay, ma‘lum davr, etap, qator yillar davomida 
xal qilish uchun qo‘yiladi. Maqsadli yo‘naltirilgan darslar, jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanish mashg‘ulotlarini quyidagi xillari: 
a) umumiy jismoniy tarbiyalash yoki umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadidagi 
darslari; 
b) amaliy-kasbiy jismoniy tayyorgarlik maqsadiga yo‘naltirilgan darslari; 
v) sport trenirovkasi maqsadidagi darslari; 
g ) maqsadli yo‘nalishiga ko‘ra metodik darslar; 
d) davolash maqsadidagi jismoniy tarbiya darslari orqali amalga oshiriladi 
Umumiy jismoniy madaniyat yoki umumiy jismoniy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan darslar 
(mashg‘ulotlar) - o‘quvchi (shug‘ullanuvchi) organizmining jismoniy sifatlarini har tomonlama 
rivojlantirish orqali jismonan garmonik tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltiriladi. 
O‘quvchining jismoniy tayyorgarligi darajasini kamida «Alpomish» va «Barchinoy» salomatlik 
testi talab normalari darajasida rivojlanganlikka ega qilishdek maqsadni o‘z oldiga qo‘yadi. 
Qayd qilingan klassifikatsiyasidagi darslarning asosiy vositalari, foydalaniladigan 
uslubiyotlari, mazmuni va tashkillash texnologiyasi an‘anaviy jismoniy madaniyat darslaridan 
aytarli darajada farqlanmaydi. Faqat mashg‘ulotning o‘tkazilishi vaqti shug‘ullanuvchilarning 
yoshi, jinsi, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi darajasiga qarab turlicha (60, 90, 120 
daqiqa va undan ortiq bo‘lishi mumkin. 
Belgilangan kasb-hunar uchun zaruriy jismoniy tayorgarlik darslari amaliy jismoniy 
tayyorgarlik darslari deb nomlanuvchi darslar klassifikatsiyasi orqali yo‘lga qo‘yiladi. 
Belgilangan kasb, hunar o‘zining ham umumiy, ham maxsus jismoniy tayyorgarligini taqazo 
etadi. Shunga ko‘ra bunday darslar «harbiy jismoniy tayorgarlik», «o‘t o‘chiruvchilar jismoniy 
tayyorgarligi», «kosmonavt jismoniy tayorgarligi», «nonvoy, sartarosh, tikuvchi, temirchi 
jismoniy tayyorgarligi» deb ma‘lum maqsadga yo‘naltirilib o‘tkaziladi. 
Masalan, temirchining harakat - tayanch apparati, yelka kamar muskullari lozim bo‘lgan 
darajadagi rivojlanganlikga ega bo‘lishi, muskul kuchi, ularning «kuch-chidamliligi»deb 
ataladigan qo‘shma harakat sifatlari amaliy jismoniy tayyorgarlik darslarida kasbiy maqsadiga 
yo‘naltirilib tarbiyalanadi. 


50 
Sport trenirovkasi darslari. Sportning tanlangan turi bo‘yicha yuqori sport mahoratiga 
erishishga yoki salomatligining darajasini maromli ushlash - sog‘lmlashtirish maqsadiga 
yo‘naltirilib tashkillanadi. Odatda qayd qilingan darslarni - o‘quv trenirovka darslari, trenirovka 
tipidagi darslar hamda kombinatsiyalashtirilgan darslar deb guruhlash jismoniy tarbiya 
amaliyotida qabul qilingan. 
-
o‘quv-trenirovka darslarining mazmuni tanlangan sport turining texnik elementlarini 
o‘zlashtirishni, uni shug‘ullanuvchi individ uchun ratsionalini tanlashni maqsad qilib qo‘yadi va 
shu maqsadni xal qilishga yo‘naltiriladi. 
-
trenirovka darslari sport mahoratini oshirish maqsadida egallangan sport texnikasini 
takomillashtirish orqali yuqori sport natijalariga erishishni maqsad qilib qo‘yadi va darsning 
mazmuni uni hal qilishga yo‘naltiriladi. Trenirovka darslari o‘quv muassasalarida o‘quv 
choraklarining, o‘quv semestrlarining oxirida, o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan yangi o‘quv 
materiali o‘qitib bo‘lingandan so‘ng tashkillanadi. 
-
o‘quv-trenirovka darslari va trenirovka darslarining maqsadli yo‘naltirilgan vositalari, 
ta‘lim usuliyotlarining xususiy vazifalarini variatsiyalash orqali kombinatsiyalashtirilgan sport 
trenirovkasi darslari yuzaga keltirilib, sport turining yangi ratsional texnik elementlari va sport 
maxoratini, sport natijasini ortishiga salbiy ta‘sir qilayotgan, qo‘rsatayotgan jihatlar ustida 
ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Bunday darslarni tashkillash soxa mutaxasisidan sport turi uning 
texnikasi va taktiksiga oid maxsus bilimlarni, tayyorlanilayotgan musobaqaning raqib 
qatnashchilari, ularning taxminiy tayyorgarligiga oid bilimlarga ega bo‘lishi musobaqalarga 
tayyorlash, ularda ishtirok etish bo‘yicha boy tajribaga ega bo‘lishi davr talabidir. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə