O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

Tabiiy tajriba (eksperiment)
tadqiq qilinayoggan nazoratdagi masala hayotiy sharoitda 
qanday holatda uchrasa, foydalanilsa, qo‘llanilsa, aynan o‘sha holatda olib boriladi. 
Respondent
- so‘rovda ishtirok etuvchi (so‘roqlanuvchi). 
Suhbat
- o‘rganilayottan masalani ikki tomonlama (yoki ko‘p tomonlama) muxokama 
qilish yo‘li bilan shaxsni o‘rganish va axborot olish usulidir. Suhbat usulidan xatti-harakatlarni 
muxokama qilish va tahlil etish hamda shaxsning ma‘naviy bahosini ishlab chiqishda 
foydalaniladi. 
Intervyu
- maqsadli savollar tizimiga respondentning og‘zaki javoblarini olishga 
asoslangan axborot olish usuli tushuniladi. 
Yalpi, birvarakayiga
hammadan bir vaqtda so‘rash usuli respovdentlarning hammasiga 
yoppasiga so‘rovnomalar tarqatishni nazarda tutadi. Bu usul boshqalariga nisbatan ancha keng 
tarqalgandir.
Individual so‘rov
o‘tkazish usuli tadqiqotchi bilan so‘raluvchining bevosita muomalasiga 
asoslanadi, ya‘ni so‘rovnoma to‘ldirilayotgan paytda tadqiqotchi ham ishtirok etadi. Bu usul 
varaqalarning to‘g‘ri to‘ldirilishi hamda to‘liq qaytarib berilishi uchun imkon yaratadi.
Guruhli usulda
so‘raluvchilarning katta guruhini bir vaqtning o‘zida so‘rovdan o‘tkazish 
mumkin bo‘ladi. Bu qisqa vaqt ichida iloji boricha ko‘proq material to‘plashga imkon yaratadi. 
Ammo bu tur ham muayyan nuqsonlarga ega; jamoaviy suhbat, masalalarni muxokama qilish, 
so‘rovnoma asosida fikr olish samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Alohida so‘rov
o‘tkazish respondentlarning navbatma - navbat javob berishini nazarda 
tutadi. 
Sirtqi so‘rov
usulida respondentlar tadqiqotchining ishtirokisiz savollarga javob beradilar. 
Tarqatma usulda
respondent so‘rovnomani olgach, uni uyida to‘ldiradi va mustaqil 
ravishda tadqiqotchiga qaytarib beradi. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə