Tezlanish
- tezlikni qisqa vaqt davomida oshirilishi.
Keskin harakat
- harakat yuqori tezlikda boshlanib, maromi tezlashib va sekinlashib
borishi.
Harakatning davomiyligi
- bajarilishining uzunligi.
Harakatning tempi (sur‘ati)
- deganda harakat akti, faoliyati tsikli (davri)ning qaytarilish
chastotasi yoki ma‘lum vaqt birligi ichida bajarigan harakat tushuniladi.
Harakat ritmi
- deganda, aktiv muskul zo‘riqishi va uni taranglashishini ma‘lum vaqt
ichida passiv va kuchsiz harakat fazalari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladigan xarakterli
tomonlarini tushunamiz.
Reaktiv kuchlar
- tana muskullari zvenolarining o‘zaro munosabatidan vujudga keladigan
yuqori tezlanish hosil qiladigan, tezlanish harakatlari bilan namoyon bo‘ladigan kuch.
Harakat apparatining aktiv kuchi
- muskulni tortisha olish kuchi.
Harakat tayanch apparatining passiv kuchi
- muskulning elastikligi kuchi,
muskullarning taranglashish kuchi, cho‘zila olishligi va boshqalar.
Tashqi kuch -
inson jismiga tashqaridan ta‘sir qiladigan kuchlar.
Harakatning kuchi
deb - amaliyotda tananing harakatdagi qismini biror tashqi ob‘ektga
jismoniy ta‘siri qabul qilingan. Bu atamadan balandlikka sakrashda depsinish kuchi, sambo va
kilichbozlikda raqibning qarshi bosimi (jismoniy mashq dinamikasi) tushuniladi.
To‘g‘ri harakatlar
- yo‘nalishi, amplitudasi tezligi va boshqalari harakat vazifasini hal
qilishga mos keladi.
Noto‘g‘ri harakatlar
- qisman bo‘lsa-da, qo‘yilgan harakat vazifasiga muvofiq bo‘lmagan
harakatlar.
Tejamli harakatlar
- harakatni bajarishdan ko‘zlangan maqsadga minimal darajada zarur
bo‘ladigan harakatlar.
Tejamsiz harakatlar -
ortiqcha, kerak bo‘lmagan muskul zo‘rikishi orqali bajariladigan
harakatlar.
Turizm -
reja asosida oldindan muljallanib sayohat, ekskursiya, poxod (yurish), qoyaga
chiqish, sayrlar tarzidagi mashg‘ulotlar bo‘lib, moddiy ne‘mat yaratilmay, jismoniy qobiliyat va
jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aktiv dam olish vositasi sifatida jismoniy madaniyat
amaliyoti, mashg‘ulotlari sifatida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |