O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»


Tezlanish - tezlikni qisqa vaqt davomida oshirilishi.  Keskin harakat



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

Tezlanish
- tezlikni qisqa vaqt davomida oshirilishi. 
Keskin harakat
- harakat yuqori tezlikda boshlanib, maromi tezlashib va sekinlashib 
borishi. 
Harakatning davomiyligi
- bajarilishining uzunligi. 
Harakatning tempi (sur‘ati)
- deganda harakat akti, faoliyati tsikli (davri)ning qaytarilish 
chastotasi yoki ma‘lum vaqt birligi ichida bajarigan harakat tushuniladi. 
Harakat ritmi
- deganda, aktiv muskul zo‘riqishi va uni taranglashishini ma‘lum vaqt 
ichida passiv va kuchsiz harakat fazalari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladigan xarakterli 
tomonlarini tushunamiz. 
Reaktiv kuchlar
- tana muskullari zvenolarining o‘zaro munosabatidan vujudga keladigan 
yuqori tezlanish hosil qiladigan, tezlanish harakatlari bilan namoyon bo‘ladigan kuch. 
Harakat apparatining aktiv kuchi
- muskulni tortisha olish kuchi. 
Harakat tayanch apparatining passiv kuchi
- muskulning elastikligi kuchi, 
muskullarning taranglashish kuchi, cho‘zila olishligi va boshqalar. 
Tashqi kuch - 
inson jismiga tashqaridan ta‘sir qiladigan kuchlar. 
Harakatning kuchi 
deb - amaliyotda tananing harakatdagi qismini biror tashqi ob‘ektga 
jismoniy ta‘siri qabul qilingan. Bu atamadan balandlikka sakrashda depsinish kuchi, sambo va 
kilichbozlikda raqibning qarshi bosimi (jismoniy mashq dinamikasi) tushuniladi. 
To‘g‘ri harakatlar
- yo‘nalishi, amplitudasi tezligi va boshqalari harakat vazifasini hal 
qilishga mos keladi. 
Noto‘g‘ri harakatlar
- qisman bo‘lsa-da, qo‘yilgan harakat vazifasiga muvofiq bo‘lmagan 
harakatlar. 
Tejamli harakatlar
- harakatni bajarishdan ko‘zlangan maqsadga minimal darajada zarur 
bo‘ladigan harakatlar. 
Tejamsiz harakatlar - 
ortiqcha, kerak bo‘lmagan muskul zo‘rikishi orqali bajariladigan 
harakatlar. 
Turizm - 
reja asosida oldindan muljallanib sayohat, ekskursiya, poxod (yurish), qoyaga 
chiqish, sayrlar tarzidagi mashg‘ulotlar bo‘lib, moddiy ne‘mat yaratilmay, jismoniy qobiliyat va 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aktiv dam olish vositasi sifatida jismoniy madaniyat 
amaliyoti, mashg‘ulotlari sifatida foydalaniladi. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə