O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

Harakat texnikasining zvenosi
- deganda harakatning asosiy mexanizmini bajarishni 
osonlashtiradigan, unga yordam beradigan, mashq harakat tarkibidagi harakat bo‘laklari 
tushuniladi. Masalan, sakrashlarda depsinish, uloqtirishlarda final kuch sarflashni bajarish uchun 
yordam beradigan harakat faoliyati tarkibidagi bo‘laklar tushuniladi. 
Tananing holati (pozasi)
– bo‘g‘inlar, tananing qismlari (bo‘laklari)ning harakati uni 
fazoda harakatlanishning ma‘lum elementlarini yuzaga keltiradi. Gavda qismlarini fazoda bir 
tomonga og‘gan, enkaygan, bukraygan, ayrim a‘zolarimizni esa yig‘ishtirilganligi yoki 
cho‘zilganligi va boshqalar holatida kuzatamiz. 
Tananing vertikal (tik) holati
- osilish va tayanishlar, gorizontal (yotiq) holatlari, yotiq 
holatdagi muvozanat saqlashlar, aralash osilishlar, tayanishlar va boshqalar. 
Harakat koordinatlari
- to‘g‘ri chiziq va burchak o‘lchovlarida aniqlanadigan, tananing 
boshqa qismiga nisbatan fazoviy chegarasi, xisoblash boshlangungacha gavdaning bo‘laklarini 
nisbatan turishi holati, shakli (start chizig‘i, gimnastika jihozi, uni o‘qi va boshqalar)ga nisbat 
berib baholanadi yoki aniqdanadi. 
Dastlabki holat - 
tananing holatlari ichida mashq bajarishni boshlashdan oldingi holat 
Harakatning yo‘li (traektoriyasi) - 
amaliyotda tananing fazodagi holatini, harakatning 
traektoriyasi (yo‘li)ga qarab tavsiflaymiz. Harakatni bajarishda uning ijrosi uchun lozim bo‘lgan 
traektoriyaga erishilmasa, qo‘yilgan maqsadga erishish qiyinlashadi. 
Harakatning amplitudasi - 
tanani, harakatning ―og‘ishi‖ bilan harakatlar. Fizikada 
amplituda deb mayatnikning tinch holatiga nisbatan o‘ng va chapga og‘ishi (graduslari) 
tushuniladi. Bizda esa tananing ayrim qismlarining og‘ish harakatlari tushuniladi. 
Harakatning tezligi
deb inson jismining yoki uning ayrim a‘zosining ma‘lum vaqt birligi 


185 
ichida fazoda o‘rin almashishi tushuniladi. Boshqachasiga - tezlik yo‘l uzunpigini tananing yoki 
uning ma‘lum qismini shu yo‘lni bosib o‘tish uchun sarflangan vaqtga nisbati bilan o‘lchanadi. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə