|
![](/i/favi32.png) O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»UMK 3-kurs Nazariya 2022Monografiya
- yunoncha so‘z bo‘lib, ―monos‖ yakka, ―grafo‖ yozaman degan ma‘noni
beradi. Bitta mavzu yoki muammo har tomonlama o‘rganilgandan so‘ng bir yoki bir necha
muallif tomonidan yakka yoki hamkorlikda o‘rganilgan mavzuga doir manbalar, tarixiy
materiallar, shaxsiy, hamkorlikdagi kuzatuvlarning natijalari, foydalanilgan adabiyotlarning
bibliografik ko‘rsatkichlari, bajarilgan ish, uning gipotezasining isbotiga oid ilmiy, nazariy
fikrlar bayon qilinadigan ilmiy yoki nazariy asardir. Monografiya muallifiga (mualliflariga)
alohida talablar qo‘yiladi.
Dissertatsiya
- lotincha so‘z, muloxaza, tadqiqot degan ma‘noni ifodalaydi, magistr
akademik darajasi va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun yakunlangan ilmiy tadqiqot ishini
sohaning maxsus ilmiy kengashida himoya qilingandan so‘ng, uning qarori asosida DAK qayd
qilingan ilmiy darajalarni berilganligini e‘lon qiladi.
Taqriz
- lotincha so‘z bo‘lib, ―kuzatish‖, ―tekshirish‖ degan ma‘noni beradi. Yozma
shakldagi maqola tarzida ilmiy maqolalar, monografiya, darslik, dissertatsiya, ilmiy ishlar yoki
ilmiy anjumanlar uchun tayyorlangan maqolalar va boshqalar tahlilining siqiq hajmdagi
ifodasidir. Taqrizchi muallif tadqiqoti bo‘yicha yangiliklari, ahamiyatga molik fikrlari, ishning
g‘oyaviy-nazariy darajasi, ilmiy qimmatini ochish, baholash bilan birga, tadqiqotning qimmatini
oshirish uchun e‘tibordan chetda qolgan tomonlarini ham ochib berishi lozim.
Xronometraj
- ―Xrono‖ - vaqt, ―metr‖ – o‘lchov demakdir. Bunda harakatni bajarish
uchun sarflangan foydali va foydasiz vaqtga qarab natija tahlil qilinadi. Masalan, 800 metrga
yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo‘lgan vaqt yoki dars, trenirovka mashg‘ulotining
boshidan ohirigacha mashg‘ulot zichligini aniqlash maqsadida mashg‘ulotning asosiy vaqti
samarasiga baho berish uchun xronomerlashdan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|