O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Yüklə 5,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/362
tarix30.01.2022
ölçüsü5,33 Mb.
#83283
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   362
fayl 781 20210505

Abdulla Avloniydir
. Abdulla 
Avloniyning    fikriga  ko‘ra,  ilm  insonlarning  madori,  hayoti,  rahbari,  ne’matidir. 
Ilm o‘rganmoq, olim bo‘lmoq uchun maktabga kirmoq, muallimdan ta’lim olmoq 
lozimligini u qayta-qayta ta’kidlaydi.  
Ma’rifatparvar alloma Avloniy inson ma’naviy kamolotining yo‘llari ustida 
to‘xtalib  o‘tadi.  Ilm  dunyoning  izzati,  oxiratning  sharofatidir.  Ilm  inson  uchun 


12 
 
g‘oyat  muqaddas  bir  fazilatdir.  Zeroki,  ilm  bizga  o‘z  ahvolimizni,  harakatimizni 
oyna  kabi  ko‘rsatur,  zehnimizni,  fikrimizni  qilich  kabi  o‘tkir  qilur,  ilmsiz  odam 
mevasiz daraxt kabidir, deb ta’kidlab o‘tadi. 
U ilmning nazariy  ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki uning amaliy 
faoliyat uchun hayotiy zaruriyat ekanligini ham ta’kidlab o‘tadi. Ilm bizni jaholat 
qorong‘usidan  qutqarishi,  madaniyat,  ma’rifat  dunyosiga  chiqarishi,  yomon 
fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarishi, yaxshi xulq, odob sohibi qilishini ta’kidlaydi 
Shu  bilan  birga,  u  bugun  hayotimiz,  salomatligimiz,  saodatimiz,  rohatimiz, 
g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqligini qayta-qayta takrorlaydi.  
Ilm  kishi  zehnini,  fikrini  qilich  kabi  o‘tkir  qiladi.  Ilmsiz  inson  mevasiz 
daraxtga  o‘xshaydi.  Ilm  daraxt  mevalaridek  har  shaxsga  ozuqa  berib,  madaniyat, 
ma’naviyat,  ma’rifat  dunyosiga  olib  kiradi.  Yomon  odamlardan,  buzuq  ishlardan 
qaytaradi. Yaxshi xulqli va odobli bo‘lishga xizmat qiladi. Natijada, ilm kishilari 
har  yerda  aziz  va  hurmatli  bo‘ladilar.  Kishi  hayotini  haqiqiy  va  to‘g‘ri  yo‘lga 
soladigan  vosita  -  bu  ilmdir.  Shuning  uchun  ham  ilm  orqali  oliy  fazilatlarga  ega 
bo‘lgan, ulug‘likka va orzu-istaklariga erishgan buyuk kishilar xalq orasida yuksak 
qadrlanadilar.
 

Yüklə 5,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə