O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi



Yüklə 413,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/39
tarix24.02.2022
ölçüsü413,02 Kb.
#84100
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
ITI va IPI - 2021-2022

 

15 

 

2.4. Ilmiy faoliyatning III-bosqichi (3- semestr) 

 

Magistrant  ilmiy  faoliyatning  III-bosqichida  dastlab  belgilangan  dastur 



asosida tajribalar, sinovlar, kuzatuv ishlari, tadqiqotning boshqa turlari aniq rejaga 

binoan  standart  yoki  nostandart  usulda  o‘tkazilganligi  bayon  etiladi.  Dastlabki 

natijalarni  qayta  ishlash  standart  yoki  nostandart  usullarda  matematik  statistika 

qoidalariga rioya qilinib, kompyuterda bajarilishi tavsiya etiladi.  

Olingan  natijalarning  ishonchlilik  darajasi  matematik  statistika  mezonlari 

bilan kafolatlanadi. Omillar va natijalar orasidagi bog‘lanish qonuniyatlari klassik 

usullardan  yoki  kompyuter  dasturlaridan  foydalanib  aniqlanadi  va  eksperimental 

(tajriba) natijalari nazariy qonuniyatlar bilan taqqoslanib, tahlil qilinadi. Ular asosida 

o‘rganilayotgan  ob’ekt,  jarayon,  mahsulot  sifati,  uslubiyatlar  bo‘yicha  xulosalar 

chiqariladi. Natijalar grafik va jadvallar ko‘rinishida davlat standartlari talablari va 

qoidalariga rioya etgan holda rasmiylashtiriladi.  

Magistrant  ilmiy  faoliyatning  III-bosqichida  dissertatsiya  ishining  olingan 

natijalar va ularning muhokamasiga bag‘ishlangan bobida: tadqiqot natijalarini tahlil 

qilish;  tadqiqot  jarayonlarini  izohlash;  eksperimental  qurilma,  texnologik 

sxemalarni taklif etish kabi vazifalarni amalga oshiradi.  

Talabaning  ilmiy  faoliyati  III-bosqichida  amalga  oshirilgan  ishlari  semestr 

davomida  har  oyda  kafedra  yig‘ilishida  muhokama  qilinadi.  Kafedra  yig‘ilishi 

qaroriga  binoan  barcha  magistrantlar  semestr  yakunida  ilmiy  faoliyatning                  

III-bosqichi natijalari bo‘yicha magistratura bo‘limi tomonidan talaba, uning ilmiy 

rahbari (maslahatchi), kafedra mudiri ishtirokida ommaviy tarzda hisoboti eshitilib, 

attestatsiyadan o‘tkaziladi. 


Yüklə 413,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə