O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi



Yüklə 413,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/39
tarix24.02.2022
ölçüsü413,02 Kb.
#84100
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
ITI va IPI - 2021-2022

asosiy 

qismi 

kamida  uch  bobdan  iborat  bo‘lib,  boblar  hajm  jihatidan  o‘zaro  mutanosib 

bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa 

manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy 

tahlili; tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni; tadqiqot olib borilgan 

masalani  hal  etishda  magistratura  talabasining  shaxsiy  hissasi  ko‘rsatilgan  holda 

tadqiqotning asosiy natijalari bayoni. 

Magistrlik  dissertatsiyasining 



xulosa 

qismida  barcha  boblarda  qayd  etilgan 

natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal 

etish  bo‘yicha  xulosalar  yoritiladi.  Xulosa  qismi  4  sahifadan  oshmasligi  kerak. 

Dissertatsiya  ishining  har  bir  bobi  alohida  xulosa  va  takliflar  bilan  yakunlanadi, 

lekin uning asosiylari ishning umumiy «xulosa» bo‘limida jamlanadi. Dissertatsiya 

ishining xulosa qismida tadqiqot natijasida chiqarilgan xulosalar va aniq takliflar, 

shu jumladan, dissertatsiya ishini bajarish davrida magistrantning shaxsan erishgan 

natijalari ham mujassamlashtiriladi. Bunda dissertatsiya ishining «Olingan natijalar 

va ularning muhokamasi» bobidagi asoslangan ilmiy yangilik va yutuqlar aniq va 

ravshan yoritilishi lozim. Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish 

uchun bevosita zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallar 

ilova  qilinishi  mumkin.  Ilova  qismining  hajmi  magistrlik  dissertatsiyasi  umumiy 

hajmining  uchdan  bir  qismidan  oshmasligi  lozim.  Dissertatsiya  ishining  ilovasida 

magistrant tomonidan bajarilgan ilmiy–tadqiqot ishlarining dastlabki, boshlang‘ich 

ma’lumotlar, dissertatsiya ishining ayrim qismlari uchun zarur bo‘lgan ko‘rgazmali 

chizma,  sxema,  jadval  va  rasmlar  keltiriladi.  Magistrlik  dissertatsiyasi  ustida 

ishlayotgan  magistrant  kasb  odob-axloqi  qoidalariga  rioya  etishi  (plagiat, 

ma’lumotlarni  soxtalashtirish,  shuningdek  yolg‘on  sitatalar  keltirishga  yo‘l 

qo‘ymaslik)  lozim.  Dissertatsiya  matni  standart  varaqda  yozilgan  bo‘lib,  unda 

quyidagi  qoidalarga  rioya  etilgan  bo‘lishi  lozim:  dissertatsiyasi  matnini 

Misrosoft 

Word

 matnli redaktorida 



Times New Roman

, 14 shriftda yozilgan; qatorlar oralig‘i - 

1,5  sm;  yuqori  va  pastki  hoshiya  2  sm,  satr  boshi:  chap  tomondan  3  sm,  o‘ng 



21 

 

tomondan 2 sm; xatboshilar orasidagi oraliq - 5 yoki 6 belgili. Betning tartib raqami 



sahifaning osti o‘rtasiga qo‘yiladi. 

Magistrlik  dissertatsiyasining  hajmi  titul  varaq,  mundarija,  adabiyotlar 

ro‘yxati  va  ilovalardan  tashqari  70-80  sahifa  bo‘lishi  tavsiya  etiladi.  Magistrlik 

dissertatsiyasi  magistrant  o‘qigan  tilda  (kafedra  yoki  magistratura  bo‘limi 

tavsiyasiga  muvofiq  chet  tilda)  tayyorlanadi.  Chet  tilda  tayyorlangan  magistrlik 

dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik 

dissertatsiyalarining  dastlabki  va  rasmiy  himoyalari  tarjima  bilan  o‘tkaziladi. 

Magistratura  mutaxassisligi  xususiyati  hisobga  olingan  holda  magistrlik 

dissertatsiyasi  tarkibiy  qismlarining  mazmuni  va  hajmi  fakultet  O‘quv-uslubiy 

kengashining qarori bilan o‘zgartirilishi va ko‘paytirilishi mumkin. 

 


Yüklə 413,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə