tomonidan rejalashtirilgan ishlarni Nizom talablari asosida bajarilishini nazorat
19
Magistrlik dissertatsiyasiga yoziladigan taqrizga qo‘yiladigan talablar.
Dissertatsiya to‘g‘risidagi taqrizchi tomonidan yozilgan taqrizda ishning dolzarbligi,
ilmiy yangiligi, ilmiy va amaliy, ijobiy, bahsli- munozarali tomonlari xolisona, aniq
dalillar asosida atroflicha tahlil etilib, dissertatsiyaning tugallanganligi ko‘rsatilib,
hamda baholab borilishi lozim. Taqriz dastlabki himoyadan kamida
3 kun
oldin
taqdim etilishi lozim. Magistrant tomonidan kasb odob-axloqi qoidalarining
buzilishi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on iqtiboslar keltirish
va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda ko‘rsatishi lozim. Magistrlik
dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, Magistrant
tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish,
yolg‘on iqtibos keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek
ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda taqrizchi
magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qo‘yish maqsadga muvofiq emasligi
to‘g‘risida xulosa beradi. Dissertatsiya to‘g‘risidagi taqriz taqrizchi tomonidan
imzolanadi va u ishlayotgan OTM, tarmoq institutlari yoki buyurtmachi
tashkilotlarning muhri bilan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: