O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi


 Magistrlik dissertatsiyasini baholash



Yüklə 413,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/39
tarix24.02.2022
ölçüsü413,02 Kb.
#84100
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
ITI va IPI - 2021-2022

3.4. Magistrlik dissertatsiyasini baholash 

 

Davlat  yakuniy  attestatsiya  komissiyasi  a’zolari  dissertatsiya  ishini 



o‘rnatilgan  tartibda  ko‘rib  chiqadi  va  ovoz  berish  yo‘li  bilan  baholaydi.  Ovoz 

berishda  universitet  rektori  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  davlat  attestatsiyasi 

a’zolarigina  qatnashadi.  Ovoz  berish  natijalari  tasdiqlangan  shakl  asosida 

rasmiylashtiriladi. 

Magistrlik  dissertatsiyasini  baholashda  magistrlik  dissertatsiyasi  uchun 

tanlangan  mavzu  dolzarbligini  asoslab  berilganligi;  qo‘yilgan  masalaning  yechish 

uslublarini  ko‘rib  chiqilishi  va  ulardan  eng  samaralisini  aniqlanganligi; 

magistrantning  ilmiy  (yoki  ilmiy-texnik,  ilmiy-ijodiy)  izlanishlar  olib  borish 

darajasi, mavzuga xos muammolarni tanlay olganligi va ularni aniq dalillar asosida 

tahlil eta olganligi; tadqiqotda olingan ma’lumotlar va natijalarni tasvirlar (chizma, 

rasm,  taqdimot)  shaklida  mujassamlantira  olganligi;  samarali  muqobil  yechimni 

ilmiy,  konstruktorlik,  texnologik  va  texnik-iqtisodiy  jihatdan  asoslab  berganligi; 

ilmiy-texnik  masala  yechimining  natijalari  bo‘yicha  xulosalar  va  takliflarni 

shakllantirganligi  hamda  fan  va  iqtisodiyotning  tegishli  tarmoqlarida  qo‘llash 

imkoniyatlarini  aniqlaganligi  va  boshqa  masalalar  e’tiborga  olinadi.  Magistrlik 

dissertatsiyasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2015  yil  2 

martdagi  "Magistratura”  to‘g‘risidagi  Nizomga  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  2018  yil  9  avgustdagi  19-2018-son  buyrug‘i 

bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va 

baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizom asosida baholanadi. Ushbu me’yoriy hujjatlar 

asosida  ilmiy  rahbar,  taqrizchilar  va  Davlat  attestatsiya  komissiyasi  a’zolari 

tomonidan  magistrlik  dissertatsiyasi  qismlarini  quyidagicha  baholash  namuna 

sifatida tavsiya etiladi. Magistrlik dissertatsiyasi va uni himoyasi 100 ballik tizimda 

baholanadi  va  to‘plagan  ballni  bahoga  aylantirish  Koreya  ta’lim  tizimi  asosida 

amalga oshiriladi. 

 

 




22 

 


Yüklə 413,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə