O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi



Yüklə 413,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/39
tarix24.02.2022
ölçüsü413,02 Kb.
#84100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ITI va IPI - 2021-2022

 

 

1.2

 

Ilmiy-pedagogik faoliyat davomida magistrant tomonidan 

bajariladigan vazifalar 

 

Ilmiy-pedagogik  ishni  bajarish  davomida  magistrant  o‘zining  bakalavriat 

ta’lim  yo‘nalishi  bo‘yicha  ilmiy-pedagogik  mahoratga  ega  bo‘lishi  uchun  ilmiy 

rahbar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi zarur. Magistrant o‘z mutaxassisligi 

to‘g‘risida  dastlabki  tasavvurga  va  tushunchalarga  ega  bo‘lishi,  tanlagan 

mutaxassislikka  qo‘yiladigan  yangi  talablar  asosida  kasbiy  ko‘nikmalarga,  ta’lim 

tizimi  va  jarayonini  tashkil  etilishi  va  olib  borilishi  haqida  tushunchalarga  ega 

bo‘lishi  ham  shart.  Magistrantning  zamonaviy  ilmiy-pedagogik  talablar  bilan 

tanishishdan  maqsad  uni  kelgusida  mutaxassis  sifatida  talabalarga  kafedra  fanlari 

bo‘yicha  amaliy  bilimlar  berishga  tayyorlashdan  iborat.  Ilmiy-pedagogik  ishning 

maqsadidan kelib chiqqan holda magistrantdan quyidagi vazifalarni bajarish talab 

etiladi: 

kafedraning  yetakchi  professor-o‘qituvchilarining  o‘quv  mashg‘ulotlariga 

qatnashishi va kuzatishi (kafedra va ilmiy rahbar qarori bilan);  

ilmiy  rahbar  yoki  yetakchi  professor-o‘qituvchilar  ishtirokida  akademik 

guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish;  

belgilangan  o‘quv  fani  bo‘yicha  pedagogik  texnologiyalarni  ishlab  chiqish, 

o‘quv uslubiy majmualarni tayyorlashda ishtirok etish;  

bakalavriat  talabalari  bilan  o‘quv,  mustaqil  ishlar  va  tarbiyaviy  ishlarni 

o‘tkazish;  

pedagogik mahoratni oshirish maqsadida nazariy bilimlarga ega bo‘lish;  

pedagoglik kasbiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, pedagoglik kasbiga xos ilmiy 

tushunchalarni  o‘rganish  va  pedagogik  izlanish  g‘oyalarini  shakllantirish 

ko‘nikmalariga ega bo‘lish;  

ixtisoslik  fanlari  bo‘yicha  turli  mashg‘ulotlarni  o‘tkazish  bo‘yicha  malaka 

orttirish;  

yangi  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  o‘rganish  va  qo‘llash,  ular 

asosida ma’ruza matnlari va mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini tuzish;  

talabalar mustaqil ta’limning tashkiliy va o‘quv uslubiy ta’minotini o‘rganish, 

mustaqil bilim olish uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish;  

tarbiyaviy ishlarni olib borishni o‘rganish, va tashkil etish;  

ma’ruza  matnlari  va  amaliy  mashg‘ulotlar  bo‘yicha  uslubiy  qo‘llanmalar 

tayyorlash  usullarini  o‘rganish,  ishchi  dastur  va  taqvim  rejalarini  tuzishni  va  shu 

kabi ishlarni o‘rganishi zarur. 




Yüklə 413,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə