O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 O‘t oldirish va dvigatelni havoning har xil



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/86
tarix24.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#159112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
True

2.4. O‘t oldirish va dvigatelni havoning har xil
temperaturasida qizdirish
Haydovchi avtomobilga qulay o‘rnashib olganidan keyin 
bajaradigan ishi – dvigatelni o‘t oldirishdir. Buning uchun ilash-
ma tepkisini oxirigacha bosiladi. Dvigatelni o‘t oldirish paytida 
uzatmalar qutisidan ajratish starterning ishini yengillashtiradi. 
Kalitni o‘rnatib, uni soat strelkasi (mili) bo‘yicha aylantiriladi. 
Dvigatel o‘t olishi bilan kalit qo‘yib yuboriladi. Ilashmani ulash 
vaqti 6 sekunddan ortmasligi kerak. Agar bu vaqt ichida o‘t olmasa, 
ma’lum vaqtdan keyin o‘t oldirish yana qaytariladi. 


13
Ilashmaning tepkisi asta-sekin orqaga qaytariladi. Agar dvigatel 
sovuq paytlarda o‘t oldiriladigan bo‘lsa, u bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi 
bir ishlar amalga oshiriladi. 
Karburatordagi havoni yopish tugmasi oxirigacha tortiladi. 
Bunda havo karburatorining to‘sqichi berkiladi. Bu esa, o‘z 
navbatida, benzinning yonuvchi qorishmadagi miqdorining ortishi-
ga olib keladi. 
Dvigatel o‘t olganidan keyin dvigatelning qizishiga qarab, asta-
sekin tugma orqaga qaytariladi. 
Dvigatel yetarlicha qizigan paytda tugma o‘zining eng oxirgi 
holatida turgan bo‘lishi, dvigatel 1500 ayl/min tezlikda aylanayotgan 
bo‘lishi kerak. Aks holda, harakat davomida yonilg‘ining sarfi 
ortadi, svechalar ham ishdan chiqishi mumkin.
2.5. Avtomobilning boshqarish jihozlaridan
foydalanish texnikasi
Har bir haydovchi o‘zi boshqaradigan avtomobilning boshqarish 
jihozlaridan to‘g‘ri foydalanishni bilishi kerak. 
Uzatmalar qutisining dastagi bilan ishlash
«VAZ – 2109» va «Neksiya» avtomobilining uzatmalarini 
qo‘shish sxemasi 9-rasmda ko‘rsatilgan.
1
1
N
2
2
4
4
3
3
5
5
R
R
G A 
B V


B V
«VAZ–2109»
N
N e y t r a l 
9-rasm. «VAZ – 2109» avtomobilining uzatmalarini qo‘shish sxemasi:
R – orqaga yurish uzatmasi
H
– neytral (betaraf) holat.
Uzatmalar qutisining dastagi har doim betaraf holatda bo‘ ladi. 
Biron-bir uzatmani qo‘shish uchun o‘ng qo‘lning kafti dastakning 
qopqog‘ini qismasdan ushlaydi. Uzatmalar qo‘shilayotganida 
faqat qo‘l harakat qiladi. Haydovchining yelkalari va tanasi 
qimirlamay turadi. Uzatmalarni qo‘shish sxemalari 10-rasmda 
ko‘rsatilgan. 


14
1
A
B
a)
1
A
B
b)
2
3
A
B
d)
2
3
A
e)
B
4
3
f)
B
4
V
g)
G A B
R
10-rasm. Uzatmalarni qo‘shish sxemasi: 
a) birinchi uzatmani qo‘shish; b) 1-uzatmadan 2-uzatmaga o‘tish; d) 2-uzatmadan
3 - uzatmaga o‘tish; e) 3 - uzatmadan 4 - uzatmaga o‘tish; f) 4 - uzatmadan 5 - uzatmaga o‘tish;
g) orqaga yurish uzatmasini qo‘shish.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə