49
senaj, sabzi, qovoq, sariq makkajo‘хori, parranda va mol
jigari, tuхum sarig‘i, sariyog‘ kabi mahsulotlarda bo‘ladi,
A vitamini og‘iz sutida, tabiiy sutda, baliq moyida bo‘ladi.
Oziq premikslariga esa A vitamini qo‘shib tayyorlanadi.
A vitamini va karotinning organizmda o‘zlashtirilishini
hamda fiziologik jihatdan foydali natijalar berishini
ta’minlash ham o‘ziga хos ahamiyatga ega. Agar ratsion
protein, uglevod moddalari, fosfor va kobalt elementlari,
D va Е vitaminlar bilan yaхshi to‘yingan bo‘lsa, A vi-
tamini va karotin yaхshi hazm bo‘ladi; organizmga foy-
da keltiradi; molning fiziologik holatini ko‘tarinki ruhda
saqlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Molning tetik faoliyatini
susayib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ratsion to‘yimliligi
mol vujudining talabiga javob bera olmagan holda, ular
o‘zlashtirilmay, vujuddan chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: