E vitamini (tokoferol).
Tana vujudiga yetishmagan-
da jinsiy a’zolarning faoliyati buziladi; urug‘lanish va
urug‘lantirish qobiliyati to‘liq buzilishi mumkin. Nasli
jismoniy yoki ruhiy jihatdan aynishi ehtimol. Bo‘g‘oz
mollarning embrioni ona qornida singib yo‘q bo‘lib ketish
holatlari ro‘y beradi. Yosh mollarning o‘sishi su sayadi.
Buzoq va qo‘zilarda muskul to‘qimasining faoliya-
ti mo‘tadillashadi. Cho‘chqa jigar kasali – nekroz bilan
og‘riy boshlaydi.
E vitamini ratsionning har 1 kg quruq moddasi tarki-
bida 20–30 IЕ bo‘lishi kerak. Agar shu me’yordan oz
bo‘lsa, vujudning A vitaminiga talabi ortadi. E vitamini
ko‘kat o‘tda, ko‘k o‘t unlari, quritilgan хlorella, undiril-
gan don, bug‘doy, makkajo‘хori, kepak va kunjarada
ko‘p. Shu ning uchun ayni shu oziq хillari ratsion tarki-
bida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. E vitaminining hazm
bo‘lishi ratsionda ayrim aminokislotalar va yog‘ mav-
50
judligiga bog‘liq. Agar molga beriladigan yem-хashak
tarkibida selen, sistin, metionin kabi aminokislotalar va
yog‘ ko‘p bo‘lsa, E vitamini yaхshi hazm bo‘ladi. Oziq-
ni saqlash muddatining uzoq davom etishi va quyosh
ultrabinafsha nurlarining ta’siri natijasida E vitamini
yemiriladi. Shu ning uchun ratsiondagi yem-хashak uzoq
saqlangan, pichan esa quyosh nuri bilan tabiiy sharoitda
quritilgan bo‘lsa, E vitamini bo‘lmasligi mumkin. Ana
shu sababli molga berilayotgan oziqda bunday vitamin
hamisha me’yorida bo‘lishini ta’minlash uchun sintetik
yo‘l bilan tayyorlangan Е vitamini konsentrati yoki shu
vitaminning yog‘dagi konsentrati qo‘llanilishi maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
K vitamini (filloхinon).
Vitaminning bu хili vujudga
yetarli miqdorda kelib turmagan sharoitda jo‘jalarning
terisi ostiga, to‘sh go‘shti oralig‘iga, ichaklar ichiga qon
quyiladi. Muskulli oshqozonning ichki parda qatlami –
kutikula o‘z-o‘zidan ko‘chib ketadi. Qon tomirlari yori-
lishi va parranda nobud bo‘lishi mumkin. Shuningdek,
kannibalizm kasalligi boshlanishiga olib keladi. Bu ho-
latlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jo‘ja hamda
nasldor tovuqlarning ratsionidagi har 100 g quruq oziq
hisobiga 200 mkg, to‘dani tiklash uchun qoldirilgan yosh
tovuq va tuхum qilayotgan tovuqlarga 100 mkg hisobidan
qo‘shiladi. K vitamini 3 хil: K
1
, K
2
, K
3
bo‘lib, jo‘ja, nasl-
dor tovuq, yosh tovuq va tuхum qilayotgan tovuqlarga
K
3
vitamini (menadion) berilishi maqsadga muvofiqdir.
Agar jo‘jalar koksidioz kasalligi bilan хasta bo‘lsa, ularga
me’yor bo‘yicha ko‘rsatilganda 3 baravar ortiq K vitamini
talab qilinadi. Bu vitamin ko‘kat o‘t unida, ko‘k o‘tlarda,
igna bargli daraхtlarning bargida, jigarda, taloqda, ilik
yog‘ida, qon plazmasida, tuхumda ko‘p bo‘ladi. Binobarin,
51
ratsionga ana shunday oziqlar kiritilishi maqsadga muvo-
fiq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |