53
Yosh cho‘chqa bolalarida anemiya boshlanadi. Xolin-
ning me’yori ratsion ning har 1 kg quruq moddasi hiso-
biga 800–850 mg, onasidan ajratilmagan cho‘chqa bolala-
riga 1000–1200 mg. B
4
vitamini ko‘kat o‘t unida, yashil
holdagi bedada, suli, arpa, bug‘doy, no‘хat kabi donlarda,
bug‘doy kepagi, kunjara, chorva mahsulotlaridan iborat
oziqlarda (suyak uni, go‘sht va suyak uni, go‘sht uni,
baliq uni) ko‘p. Ana shu oziqlardan berilganda molning
хolinga bo‘lgan talabini qondirishga erishish mumkin.
B
5
vitamini (nikotin kislota, PP vitamini).
Bu vitamin
yetishmaganda cho‘chqa bolalarining ishtahasi yo‘qoladi.
O‘sishi mo‘tadillashadi. Terisi qorayadi. Ichi o‘tadi. Tili-
ning ustida qora dog‘lar paydo bo‘ladi va yallig‘lanadi,
shilliq parda bilan qoplanadi, oshqozon shirasi – ferment-
lar kam ishlab chiqariladi, juni dag‘allashadi.
Nikotin kislotaning me’yori har 1 kg ratsion quruq
moddasi hisobiga bo‘g‘oz cho‘chqalarga 13–18 mg,
yosh cho‘chqalarga 20–25 mg. B
5
vitamini achitqilar-
da, bug‘doy kepagi, kungaboqar kunjarasi va ko‘kat
o‘simliklarda ko‘p. Mollarga ana shu oziqlar berilganda
B
5
vitaminga talabi qonishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: