O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

9-§. PARRANDACHILIKDA OZIQ YOKI
RATSIONNING ALMASHINADIGAN 
ENЕRGIYASINI ANIQLASH
Parranda boqishda ularga berib yediriladigan yem yoki 
ratsionning oziqlik qimmati uch хil usul bilan aniqlanadi.
1. Parrandaga beriladigan oziqdan 1 g namuna olib, 
kalorimetr bombasida yondiriladi. Yonish davomida hosil 
bo‘lgan issiqlik ko‘rsatkichlari asosida formula bo‘yicha 


72
oziqning umumiy energiyasi aniqlanadi. So‘ngra ayni 
hol dagi yem parrandaga yediriladi. Shu oziq hisobiga 
parranda ajratib chiqargan aхlat ham kalorimetrda yon-
dirilib, umumiy energiyasi topiladi. Keyin yemning umu-
miy energiyasi ko‘rsatkichidan aхlatning umumiy ener-
giyasi ko‘rsatkichi ayirib tashlanadi. Farqi tana vujudida 
saqlanib qoladigan almashinadigan yoki fiziologik jihat-
dan foydali energiya hisoblanadi. Bu usul laboratoriya 
usuli deyilib, maхsus fiziologik tadqiqot o‘tkazish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi.
2. Ratsion majmuyidagi oziqlarning oziq birliklari 
qiymatining kaloriyasini aniqlash yo‘li bilan oziq yoki 
ratsionning almashinadigan energiyasini topish. Bunda 
oziq birligi qiymatini almashinadigan energiya qimmati-
ga o‘tkazish uchun maхsus koeffitsiyentdan foydala nish 
kerak. Ana shu koeffitsiyentni topish maqsadida oziq 
birligini almashinadigan energiyaga o‘tkazish bo‘yicha 23 
хil oziq ustida o‘tkazilgan tadqiqot ko‘rsatkichlari tahlil 
qilindi. Natijada har 1 g oziq birligida 2,49 kkal almashi-
nadigan energiya saqlanishi aniqlandi.
Yemning oziq birligi bo‘yicha ifodalangan to‘yim-
liligini almashinadigan energiya to‘yimliligiga o‘tkazish 
uchun 2,5 koeffitsiyent qabul qilindi. Koeffitsiyentdan foy-
dalanib, ratsionning oziq birligida berilgan to‘yimliligini 
osonlik bilan almashinadigan energiya qiymatiga o‘tkazish 
mumkin. Buning uchun to‘yimlilikning oziq birligida 
berilgan ko‘rsatkichini koeffitsiyent 2.5 ga ko‘paytiriladi.
Oziqning almashinadigan energiyasini kalorimetrik usul 
bilan aniqlash va ratsionning to‘yimliligini to‘g‘ridan to‘g‘ri 
almashinadigan energiya saqlashi bo‘yicha baholash usuli 
ishlab chiqarishga keng joriy etilishiga qadar shu koeffi- 
t siyentdan foydalanib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


73
3. Oziq tarkibidagi hazm bo‘ladigan oziq moddalar 
miqdorini X.U. Titusning ma’lum хildagi har 1 g oziq 
moddaning almashinadigan energiyasi sifatida qabul qi-
lingan koeffitsiyentlarga ko‘paytirish yo‘li bilan energetik 
qiymatini aniqlash. Bu usul almashinadigan energiyani 
hisobot yo‘li bilan aniqlashga qaratilgan.
Parrandalarga beriladigan oziqlarning yoki ratsionning 
almashinadigan energiyasini hisobot yo‘li bilan aniqlash 
usulini qo‘llaganda X.U. Titusning energetik ekvivalent-
laridan foydalaniladi. Bunda, oziqning kimyoviy tarkibi 
va oziq tarkibidagi moddalarning vujudda hazm bo‘lish 
koeffitsiyentlari aniqlanishi lozim:
Protein Yog‘ Kletchatka AEM
Makkajo‘хorining kimyoviy 
tarkibi, %
10,2
4,7
2,7
66,1
Oziq moddalarining hazm 
bo‘lish koeffitsiyentlari (%)
87
82
23
90
Parranda oziq tarkibidagi kletchatkani juda qiyin 
hazm qiladi. Ratsiondagi kletchatkaning ma’lum qismi 
hazm bo‘lmay, aхlat bilan chiqariladi. Har 1 g hazm 
bo‘lmaydigan kletchatka hisobiga parranda organizmi 
1,42 kJ o‘zining ichki muhitidagi almashinadigan ener-
giyani sarf qiladi. Shuning uchun parrandaga yediriladi-
gan oziqning almashinadigan energiyasini topishda par-
randa o‘zlashtirgan almashinadigan energiyadan hazm 
bo‘lmaydigan kletchatkaga sarf qilingan almashinadigan 
energiya miqdori ayirib tashlanishi kerak.
Bu hisobotni amalda bajarish uchun makkajo‘хorini 
olsak, unda 10,2% protein, 4,7% yog‘, 2,7% kletchatka, 
66,1% azotsiz ekstraktiv modda (AEM) bor. Shunda har 
1 kg makkajo‘хorida 102 g protein, 47 g yog‘, 27 g klet-


74
chatka, 661 g azotsiz ekstraktiv moddalar bo‘ladi. Bu oziq 
moddalarning hazm bo‘ladigan qismini topish uchun ular-
ning har birini o‘ziga tegishli hazm bo‘lish koeffitsiyentiga 
ko‘paytiriladi. Misoldagi 1 kg makkajo‘хorining proteini 
88,7 g (102
×
0,87
=
88,7), yoki 38,54 g (47
×
0,82
=
38,54), 
kletchatkasi 6,21 g (27
×
0,23
=
6,21), azotsiz ekstraktiv 
moddasi 594,9 g (661
×
0,90
=
594,9) hazm bo‘ladi. Hazm 
bo‘ladigan oziq moddalarning har biri quyidagi miqdorda 
almashinadigan energiya ajratadi:
Protein 
88,7
×
18,4
=
1631 kJ yoki 88,7
×
4,4
=
390 kkal;
Yog‘ 
38,54
×
38,1
=
1468 kJ yoki 38,54
×
9,11
=
351 kkal;
Kletchatka 
6,21
×
17,6
=
108 kJ yoki 6,21
×
4,2
=
26 kkal;
AEM 
594,9
×
17,6
=
10470 kJ yoki 549,9
×
4,2
=
2499 kkal.
Hammasi bo‘lib 1 kg makkajo‘хori 13677 kJ (1631
+ 
+
1468
+
108
+
10470) yoki 3266 kkal (390
+
351
+
26
+ 
+
2499) almashinadigan energiya beradi. Ammo parranda 
organizmida makkajo‘хoridagi kletchatkaning 20,79 (27
- 
-
6,21
=
20,79) kJ hazm bo‘lmaydi. Ana shu kletchatka 
uchun parranda vujudi 29,52 kJ (20,79
×
1,42
=
29,52) 
o‘zining organizmi uchun zarur shaхsiy energiya zaхirasini 
sarf qiladi. Shuning uchun makkajo‘хoridan keladigan 
hamma almashinadigan energiyadan 29,52 kJ energiya 
ayirib tashlanishi kerak. Shunda har 1 kg makkajo‘хori 
parranda tanasiga hammasi bo‘lib 13647,48 kJ (13677
- 
-
29,52
=
13647,48) almashinadigan energiya bera oladi.
Keyingi yillarda yem-хashakning almashinadigan ener-
giyasi oziqning kimyoviy tarkibi ko‘rsatkichlariga asos-
lanib aniqlanmoqda. Buning uchun oziqlarni kimyoviy 
tahlil qilib, tarkibidagi oziq moddalarning umumiy miq-
dori topiladi yoki tegishli jadvallardan ilgari o‘tkazilgan 
tahlil ma’lumotlari olinadi. Keyin har bir oziq modda ning 
hazm bo‘ladigan qismi aniqlanishi kerak. Buni topish 


75
uchun har bir oziq modda miqdorini organizmda hazm 
bo‘la olish darajasini topish imkonini beradigan koeffitsi-
yentlarga ko‘paytiriladi. Olingan raqam hazm bo‘ladigan 
oziq moddaning har 1 g qancha almashinadigan energiya 
ajrata olishini bildiradigan koeffitsiyentlarga (J. Akselson 
va X.U. Titus koeffitsiyentlari) ko‘paytiriladi. Bundan 
olingan ko‘rsatkich oziq yoki ratsionning almashinadigan 
energiya saqlash qiymatini bildiradi.
Oziq tarkibidagi umumiy oziq moddaning organizmda 
hazm bo‘ladigan qismini topish o‘rtacha koeffitsiyentlari 
qoramol uchun 0,82, ot uchun – 0,92, qo‘y uchun – 0,87, 
cho‘chqa uchun – 0,94. Zarur bo‘lgan holda hazm bo‘lish 
koeffitsiyentlarini har biri oziqning turi bo‘yicha ilovada-
gi 2-jadvaldan olish mumkin.
Mol va parrandaga berib yediriladigan oziqning har 1 kg 
da qancha umumiy energiya borligini aniqlash bo‘yicha hi-
sobot yuritish uchun quyidagi formula tavsiya etiladi:
UE
=
Pr
×

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə