78
I I b o b
OZIQLAR VA YЕM-XASHAK TURLARI
1-§. OZIQLAR TASNIfI VA YЕM-XASHAKNING
SIfATI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Chorva mollarining mahsuldorligini yanada oshirish,
ularning irsiy хususiyatlarini
yaхshilash va sifatini ta-
komillashtirish uchun tabiiy sharoitlar qulay bo‘lishi
kerak. Ulardan eng muhimi mollarni oziqlantirishdir.
Bu tadbir esa naslchilik ishlarining qay yo‘nalishda
qo‘yilganligiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Mollarning oziqqa bo‘lgan talabini qondirish uchun
ko‘plab yem-хashak jamg‘arish bilan bir qatorda ularning
хilma-хil bo‘lishiga ahamiyat berish zarur.
Oziq tarkibida
aminokislotalar, azot saqlovchi moddalar, mineral element-
lar, vitaminlar, karotin, mikroelementlar ko‘p bo‘lishini
ta’minlash kerak. Oziqlarning хili ham ko‘p bo‘lishiga
e’tibor berish shart. Chunki oziqlar kimyoviy tarkibi,
mikroelement, vitamin hamda
kletchatka moddasining
miqdoriga qarab bir-birlaridan farq qiladi. Ayrim oziqning
tarkibida oqsil, uglevod moddalar ko‘p bo‘lsa, mineral
moddalar va vitaminlar bo‘lmasligi,
ayrimlarida esa ug-
levod va mineral moddalar ko‘p bo‘lsa, oqsil yoki yog‘
bo‘lmasligi mumkin. Ayrim oziq moddalar organizmda oziq
hazm bo‘lishi jarayonini kuchaytirib borish хususiyatiga
ega. Modomiki shunday ekan, yem-хashak jamg‘arishda
ularning turiga va sifatiga jiddiy e’tibor berish kerak.
Mollarga yediriladigan oziqlar 4 guruhga bo‘linadi:
deh qonchilik mahsulotlaridan iborat oziqlar; chorva mah-
sulotlaridan
iborat oziqlar; mineral modda va vitaminlar;
mikroelement va antibiotiklar (10-chizma).