O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

2.2. Ko‘kat o‘tlar
Bahor, yoz va kuz fasllarida chorva mollarining asosiy 
ozig‘i ko‘k o‘t hisoblanadi. Yaylovda boqilayotgan mol 
tabiiy ko‘kat o‘tlarni o‘zi o‘tlab yeydi. Bog‘lab asralgan 
mollarga esa tabiiy o‘tlar ham, madaniy oziqbop o‘tlar 
ham o‘rib yediriladi. Ko‘kat o‘tlarning tarkibida suv ko‘p 
bo‘lishiga qaramay, oziqlik qimmati jihatdan katta aha-
miyati bor. Kimyoviy tahlillarning ko‘rsatishicha, ko‘kat 
o‘tning quruq moddasida 20–25% protein, 10–16% klet-
chatka, 4–5% yog‘, 35–50% azotsiz ekstraktiv moddalar, 
9–12% mineral moddalar bo‘ladi. Mineral elementlar-
dan fosfor, kaliy, kalsiy, magniy eng ko‘p qismini tash-
kil etadi. Ko‘kat o‘tning proteini biologik jihatdan yuqori 
sifatlidir. Vitaminlardan eng ko‘pini karotin tashkil qila-
di. U har 1 kg ko‘k o‘t tarkibida 100–1500 mg ga qadar 
bo‘lishi mumkin. Organik moddalar molning hazm qi-
lish a’zolarida oson parchalanadi va tez hazm bo‘la ola-
di. Oziq moddalarini hazm qilish uchun mol vujudi ko‘p 
ener giya sarf qilmaydi. Qoramol me’dasi ko‘kat o‘tning 
1 kg quruq moddasini hazm qilishga 1 kg konsentrat 
yemni hazm qilishga qaraganda 1,5 marta kam oshqozon 
shirasi sarf qiladi. Shuningdek, 1 kg pichanni hazm qi-
lishga sarf bo‘ladigan fermentga qaraganda esa 3 bara-
var kam energiya sarflaydi. Yaхshi sifatli ko‘k o‘tning 
organik birikmalarini qoramol 75–85%, ot va cho‘chqa 


84
60–70% o‘zlashtiradi. Ko‘k o‘tlar mayin, yumshoq, ser-
suv bo‘lganligi sababli hamma turdagi mol yaхshi yeydi, 
uni qoramol bir sutkada 70 kg, ot 50 kg, cho‘chqa 12 kg, 
qo‘y 10 kg iste’mol qilishi mumkin. Ko‘kat o‘t bilan bo-
qilgan molning tanasida ko‘p miqdorda yog‘, oqsil, mi-
neral moddalar, vitaminlar to‘planadi. Mahsuldorlik ortadi, 
mahsulot sifati yaхshilanadi. Fiziologlarning aniqla shiga 
ko‘ra, yildagi bir fasl davomida ko‘k o‘tga to‘yg‘izib bo-
qib kelingan molning tanasida bir yil davomida yetadigan 
miqdorda oziq moddalar zaхirasi to‘planadi.
Ko‘k o‘tning oziqlik qimmati ko‘p jihatdan o‘sim likning 
o‘sish davriga bog‘liq. Odatda, u shonalash, poyaga kirish, 
g‘unchalash davrlarida oziq moddalarga boy. Gullash, 
don tugish davrlariga o‘tishi bilan o‘simlik ulg‘ayib – 
dag‘allashadi. Unda kletchatka miqdori ortadi. Bu hol 
hazm bo‘ladigan oziq moddalar miqdorining kamayishiga 
sabab bo‘ladi. Masalan, ko‘k o‘tning 1 kg quruq moddasi 
tarkibida quyidagi miqdorda oziq moddalar bor (g):
Protein
Kletchatka
Karotin
Shonalash davri
180
230
512
G‘unchalash 
davri
120
240
260
Gullash davri
100
290
218
O‘simlikning yeyilishi ham uning mayin yoki 
dag‘alligiga, ya’ni o‘sish davrining o‘zgarishiga bog‘liq. 
Mollar yaylov sharoitida boqilganda shonalash davriga 
kirgan ko‘kat o‘tni 90%, g‘unchalagan davrida 70–80%, 
gullaganda 50–60%, doni pishganda esa 10–20% iste’mol 
qiladi.
Qadim zamonlardan buyon tabiiy o‘tloqlar pichan 
uchun o‘rilgan. Ko‘p yillik madaniy o‘tlar esa pichan 


85
qilib quritish maqsadida sepib kelinadi. Ana shu sa-
babli ham o‘simlik bo‘yiga o‘sib, tarkibidagi suv miq-
dori xiyla kamaygandan so‘ng o‘rish odat tusiga kirgan. 
Ma’lumki, pichan qilish uchun ko‘kat o‘tni shonalash 
davrida o‘rish yaramaydi, chunki bu davrda o‘simlik 
poyasining namligi 80–85% bo‘ladi. Bunday namlik 
juda yuqori hisoblanib, uning sifatini yo‘qotmay quritib 
olish ancha mashaqqatlidir. Ammo muddatini kechik-
tirib o‘rish ham to‘g‘ri kelmaydi. O‘simlik ulg‘aygan 
sari dag‘allashib kletchatkasi ortadi. Hazm bo‘ladigan 
oziq moddalar miqdori kamayib ketadi. Pichan uchun 
mo‘ljallangan o‘simliklar gullash fazasida o‘rilganda 
ham har 1 g paykaldan oziq moddalar keyingi davrlari-
dagiga qaraganda 30–35% ko‘p olinishi mumkin. Tajri-
balarning ko‘rsatishicha, beda paykalini har 1 ga dan 
olingan oziq birligi va oziq moddalar miqdori 3 o‘rimda 
o‘rtacha quyidagicha bo‘lgan (s/ga):
Poya otganda G‘unchalaganda Gulga kirganda
Quruq modda
73,4
82,5
92,2
Xom protein
14,5
14,2
14,1
Kletchatka
12,9
17,0
22,0
Oziq birligi
80,7
82,5
81,0
Hazm 
bo‘ladigan 
protein
13,2
12,1
10,9
Chorvachilik uchun tabiiy o‘tloq va pichanzorlar ning 
ahamiyati katta. O‘zbekiston, Turkmaniston va Janubiy 
Qozog‘istonda chorva mollari butun yil davomida tabiiy 
yaylovlarda yuradi. Bir qancha janubiy va sharqiy hudud-
larda 7–8, qoratuproqli bo‘lmagan mintaqalarda 5–6 oy 
tabiiy o‘tloqlardan foydalaniladi. 1994-yil ma’lumoti 


86
bo‘yicha respublikamizda jami qishloq хo‘jalik yerla-
rining 7,7% ni oziqbop ekinlar tashkil etadi. Oziqbop 
madaniy o‘simliklardan sebarga, esparset, shabdar, ber-
sim, raygras, perko, sudanut, beda ekilib kelinmoqda. Ayni 
o‘simliklarning hosildorligini oshirish, oziq zaхiralarini 
to‘plash chorvachilikni rivojlantirishning asosiy omillari-
dandir.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə