110
dorida, 6 oylikkacha bo‘lgan buzoqqa 40%, bir yil yosh-
gacha bo‘lgan yosh qoramolga 30–35%, go‘sht uchun
boqilayotgan katta yoshdagi qoramol va qo‘yga 20–25%,
otlarga 35–40%, cho‘chqalarga 70–75%, parrandaga
80–85% miqdorida berilishi lozim. Don oziqlar sarfi har
1 s sut ishlab chiqarishga 20 kg, 1 s mol va qo‘y go‘shti
olish ga 20 kg, 1 s cho‘chqa va parranda go‘shti olishga
40 kg atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Don oziqlarni mol va parrandaga yedirishdan ol-
din ma’lum хil usullar bilan ishlov berilsa, yaхshi hazm
bo‘ladi. Bunday usullardan biri donni maydalashdir. Bu-
tun holda cho‘chqaga berilgan ariqning oziq moddalari
67%, zarrachalari 2–2,5 mm yiriklikda qilib maydalan-
ganda 79%, yirikligi 1–1,5 mm qilib maydalanganda 85%
hazm bo‘ladi. Bundan tashqari, donni yapaloqlab ezish,
bodroq qilib qovurish, pishirish, bug‘da ivitish kabi usul-
lar bilan ishlov berib so‘ngra molga yedirish samarali
natija beradi. Hamma хildagi donlardan chorvachilikda
eng ko‘p va samarali qo‘llaniladiganlari makkajo‘хori,
arpa, javdar va sulidir.
Dostları ilə paylaş: