O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Makkajo‘хori.
Makkajo‘хori o‘simligi ko‘p quv-
vat bera oladigan хususiyati bilan mashhurdir. Har 1 ga 
paykaldan 90 s ga yetkazib oziq birligi va 5 s ga yet-
kazib oziq proteini bera oldi. Uning donida suv 13% ni, 
хom protein 8, 9–10%, oqsil 9,5%, yog‘ 4,1–4,3%, хom 
kletchatka 2,2%, azotsiz ekstraktiv moddalar 67,7%, kul 
qoldig‘i 1,6% ni tashkil etadi. Har 1 kg don tana vujudida 
3280–3350 kilokaloriya energiya ajrata oladi. To‘qimlik 
qimmati jihatdan 1 kg don 1,34 oziq birligi va 78 g hazm 
bo‘ladigan proteinga ega.. Proteinning tarkibida ami-
nokislotalardan lizin, metionin, sistin, triptofan, arginin, 
gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, treonin, valin bor. 


111
Mineral moddalar oz. Har 1 kg makkajo‘хorida 0,42 g 
kalsiy, 1,24 g magniy, 3,10 g fosfor bo‘ladi.
Arpa
makkajo‘хoridan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. 
Chunki unda jo‘хoriga qaraganda kletchatka ikki bara-
var ko‘p. Ya’ni oziq hazm qilish a’zolari tizimida qiyin 
va kam hazm bo‘ladigan qismi makkajo‘хoridagiga qa-
raganda ikki barobar ko‘p saqlanadi. Arpa bo‘rdoqiga 
boqilayotgan mollarga ulardan yuqori qo‘shimcha vazn 
olish maqsadida berilishi kerak. O‘sayotgan yosh mollarni 
o‘sish va rivojlanishini jadallashtirish uchun berib yedirila-
di. Katta yoshdagi parrandaga tuхum mahsuldorligi ni 
oshi rish maqsadida beriladi. Arpaning to‘yimliligi yuqori. 
Har 1 kg don 1,21 oziq birligi va 81 g hazm bo‘ladigan 
proteinga ekvivalentlidir. Shuningdek, har 1 kg arpa tana 
vujudiga 2674 kilokaloriya almashinadigan energiya bera 
oladi. Arpa doni tarkibida: 13% namlik, 11,6% protein, 
10,8% oqsil, 2,2% yog‘, 4,8% kletchatka, 65,6% azot-
siz ekstraktiv birikmalar, 2,8% qul qoldig‘i bor. Protein-
ning tarkibida aminokislotalardan lizin, metionin, sistin, 
triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, 
treonin, valin mavjud. Kul qoldig‘ida kalsiy, magniy, fos-
for kabi mineral moddalar asosiy ko‘pchilik minerallarni 
tashkil etadi. Mikroelementlardan temir, marganes, mis, 
kobalt, ruх, yod, molibden bor. Vitaminlardan A vitamini, 
Е, tiamin, riboflavin, pantogen kislota, niatsin, хolin kabi-
lar bor. Molga yedirishdan oldin arpa ma’lum yiriklikda 
maydalanishi kerak. Odatda, uni 1–1,5 mm yiriklikda 
qilib maydalansa, tarkibidagi oziq moddalar yaхshi hazm 
bo‘ladi.
Suli.
Yuqori sifatli konsentrat yem hisoblanadi. Uni 
so‘qimga boqilayotgan mollarga, emiziklik mollarga, 
yosh mollarga tez o‘sishini ta’minlash maqsadida, par-


112
randaga tuхum mahsuldorligini oshirish uchun beriladi. 
Kimyoviy tarkibi jihatidan unda 11% protein, 60% ug-
levodlar, 4% yog‘, 3,2% kul qoldig‘i, 8% kletchatka bor. 
Uglevodning tarkibida shakar, kraхmal, selluloza, lignin 
bor. Proteini lizin, metionin, sistin, triptofan kabi alma-
shinmaydigan aminokislotalarga boy. Shuning uchun suli 
to‘liq to‘yimli yem hisoblanadi. Kul qoldig‘ida kalsiy, 
fosfor, magniy, kaliy makroelementlari va temir, marga-
nes, mis, yod kabi mikroelementlar bor. Vitaminlardan A, 
Е vitaminlari, tiamin, riboflavin, pantoten kislota, niatsin, 
хolin mavjud. Sulida хolin ko‘p bo‘lib, har 1 kg donda 
850 mg ga qadar bo‘ladi. Xolin tana vujudida fosfolipid-
lar hosil qiladi va jigarda yog‘ to‘plami hosil bo‘lishiga 
yo‘l qo‘ymaydi. Tana jismining asab tizimiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatib, tetiklik bilan yetadi. Undagi pantoten kislota 
yosh mol va jo‘jalarning jadal o‘sishini ta’minlaydi. Katta 
yoshdagi tovuq hamda jo‘jalarda kannibalizm (bir-birini 
cho‘qib yeyish) holatini bartaraf yetadi. Bundan tashqari 
suli dietik хususiyatga ham ega. Sulining har 1 kg 1 oziq 
birligiga va 91 kg proteinga ekvivalent. Shuningdek, 
uning 1 kg mi tana jismidm 2573 kkal almashinadigan 
energiya ajratadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə