O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


 Dag‘al oziqlarga kimyoviy moddalar



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

3.1. Dag‘al oziqlarga kimyoviy moddalar
bilan ishlov berish
Keyingi yillarda dag‘al oziqlarning oziqlik qimmatini 
oshirish sohasida ko‘pgina yangi usullar joriy etil moqda. 
Hozir qo‘llanilayotgan eng ilg‘or usullardan biri dag‘al 
oziqlarni sintetik yo‘l bilan olingan mochevina CO(NH
2
), 
ya’ni karbomid bilan ishlov berishdir. Oziq tarkibiga 
karbomid aralashtirilganda undagi azot birikmalari bak-
terial oqsillarga aylanadi. Karbomid ko‘proq somon-
ning to‘yimliligini oshiradi. Bunda somonning fizik va 
kimyoviy tuzilishi o‘zgaradi. Natijada uning tarkibidagi 
oziq moddalar yengil hazm bo‘ladi. Somonga karbomid 
bilan ishlov berish uchun maхsus eritma tayyorlanishi 
ke rak. Buning uchun 100–120 l suvda 1,5–2 kg kaustik 
soda, 1,5–2 kg ohak yoki 5–6 kg so‘ndirilgan ohak va 
1–1,5 kg karbomid eritiladi. So‘ngra eritmani 7–8 sm 
uzunlikda qilib qirqilgan har sentner somonning ustiga 
maхsus purkagichlar yordamida bir tekisda purkaladi. 
Shu tarzda ustma-ust 3–4 qatlam somon bostirilib, har 
qatlamiga eritma purkaladi va usti berkitib tashlanadi.
Eritma bilan ishlov berilgan somonning umumiy nam-
ligi 55–65% ga yetkazilishi lozim. Bu esa somon qo‘rida 
bijg‘ish jarayoni boshlanishiga imkon beradi. Natijada 
zichlangan uyumda sut va sirka kislota hosil bo‘lib, so-
monni uzoq muddat davomida buzilmay saqlanishini 
ta’minlaydi. Bundan tashqari, somon tarkibida protein 


106
5,1% dan 10,1% gacha, oqsil miqdori esa 4,1% dan 7,8% 
gacha ortadi.
Qoramollarga karbomidni mayda qilib qirqilgan so-
monning ustiga sepib berish usullari amalga oshirildi. 
Karbomidni bu хilda qo‘llash uchun sutkasiga belgilan-
gan me’yor: sog‘in sigirlarga 100–120 g, bo‘rdoqiga bo-
qilayotgan katta yoshdagi qoramolga 120–150 g, bir yosh-
dan katta mollarga 60–80 g, bir yoshgacha bo‘lgan molga 
40–80 g, qo‘yga 10–15 g miqdorida boshqa oziqlarga 
yaхshi aralashtirib beriladi.
Har turli dag‘al oziqlarning yoki ko‘pincha somon-
ning oziqlik qimmatini oshirish hamda uning yaхshi hazm 
bo‘lishini ta’minlash uchun ularni eritma qilib tayyorlan-
gan ammiak suvlari bilan ishlov berish usullari amalda 
qo‘llanilmoqda. Ammiak suvi asosan ammiakning suvda-
gi eritmasidir. Bunday eritmani mayda, 7–8 sm uzunlikda 
qilib qirqilgan somon ustiga maхsus purkagichlar yor-
damida purkalganda massa tarkibida sirka kislotaning am-
moniy tuzi – NH
4
CO
3
hosil bo‘ladi. Bu kislota mochevina 
(karbomid) singari oziq tarkibidagi proteinni oshirishga 
imkon beradi. Kimyoviy tahlillar ning ko‘rsatishicha, har 
kilogramm ammiak suvi purkalib ishlov berilgan somon-
da oddiy quruq somondagiga qaraganda 0,08–0,16 oziq 
birligiga ortiq, ya’ni to‘yimliligi 36,4–72,7% ga ortadi. 
Hazm bo‘ladigan protein esa ikki baravar ko‘payib, 14 g 
o‘rniga 24 g ga yetadi.
Somonga ammiak suvi bilan ishlov berish uchun uni 
7–8 sm uzunlikda qirqib, chuqurlarga to‘lg‘aziladi va har 
sentner somon ustiga 12 l miqdorida 25% ammiakli suv 
purkaladi. So‘ngra uning usti darhol berkitib tashlanadi. 
Aks holda ammiak gazga aylanib, havoga uchib ketishi 
mumkin. Berkitilgan somonni 5–6 kundan keyin ochish 


107
mumkin. Ochilgan chuqurdagi somon sirtga chiqarilib, 
bir necha soat davomida ochiq havoda qoldirilishi kerak. 
Bunda somon tarkibidagi ammiak gazga aylanib havoga 
uchib ketadi, so‘ng mollarga berish mumkin.
Ammiak bilan ishlov berilgan somonni katta yoshdagi 
qoramolga 5–6 kg, yosh mollarga esa 3–4 kg miqdorida 
beriladi. Odatda, bunday somonni silos yoki ildizmevali, 
shirali oziqlar hamda konsentrat oziqlar bilan birgalikda 
berish tavsiya etiladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə