O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

2.6. Silosning sifatini aniqlash
Silosga uning organoleptik ko‘rsatkichlari, namligi, 
tarkibidagi kislotalar miqdoriga qarab 6 хil baho beriladi: 
a’lo, yaхshi, o‘rta, to‘liqsiz o‘rta, yomon, juda yomon.
A’lo sifat.
Xushbo‘y hidli, rangi sarg‘ish yashil, poya 
ezilmagan, kislotaligi – ph – 4,2, jami kislotalar miqdori 
1,9–2,4 g%, shundan 60% i sut kislota, 40% i sirka kis-
lota. Yog‘ kislota bo‘lmasligi kerak.


97
Yaхshi silos.
Xiyla sezilarli darajada meva hidi bor. 
Rangi sariq, ayrim holda kulrang – yashil. Poya tabiiyligi 
yaхshi saqlangan, ph – 4,0; 4,2–4,3, kislotalar yig‘indisi 
1,5–2,5 g%. Uning 40–59% i sut, 35–60% i sirka, 5% i 
yog‘ kislotalardir.
O‘rta baholi silos.
Yangi pishgan qora (javdar noni) 
nonning hidini beradi, to‘q jigarrang yoki qoramtir, poya 
хiyla erigan, silos qo‘lga olinsa, qo‘lda qoramtir rangli 
shilimshiq modda shuvalib qoladi, ph – 4,2, kislotalar 
miqdori 1–1,5 g%, shundan 40–30% i sut, 50–70% i sir-
ka, 12% i yog‘ kislotalar.
To‘liqsiz o‘rta sifat silos.
Sirka kislota hidi keladi. 
Silosni qo‘l kaftlariga olib mijg‘ilab tashlansa, uzoq vaqt 
davomida kaftlardan irindi hidi kelib turadi. Rangi yashil 
yoki хira yashil. Poya ezilmagan, kaftda dog‘ qoldirmay-
di, ph 4,2–4,6. Kislotalar majmuyi 1–1,5 g% shu jumladan, 
40–30% sut, 50–70% sirka, 12–21% yog‘ kislotalar.
Yomon silos.
Ammiak yoki tuzlangan seledka-baliq 
hidi keladi. Rangi yashil, qoramtir yoki to‘q jigarrang. 
Poya erigan, shilliqsimon, yopishqoq. Qo‘lga olingan-
da kaftga yopishadi, ph – 4,7–6,0. Kislotalar yig‘indisi 
1 g%, shundan 29% sut, 21% yog‘ kislotalar.
Juda yomon silos.
Go‘ng hidi keladi. Rangi bo‘g‘iq 
yashil. Qo‘lga olib kaft orasida uqalansa, kaftda qora 
rang iflos dog‘ yopishib qoladi, ph – 6–7, kislotalar 0,5%.
Silos sifatini ball bilan ham baholash mumkin. Buning 
uchun quyidagi raqamlar tadrijiy sirasi berilgan:
Ko‘rsatkichlar 
Bahosi, ball
ph 3,8 ga qadar 
1
3,9–4,3 
3
4,4–4,6 
1
4,7 va undan yuqori 
0


98
Yog‘ va sut kislotalar miqdori (jami sof holdagi kislo-
talardan, %):
sof holdagi sut kislota 
60 va undan yuqori 
10
59–40 
8
39–30 
5
29 va undan past 
2
Sof va kislotalar bilan aralash holdagi yog‘ kislota:
0–2,0 
2
2,1–5,0 
1
5,1–8,0 
0
8,1–12,0 
–2
12,1–21,0 
–8
21,1 va undan yuqori 
12
Karotin miqdori (1 kg da mg):
Ko‘p yillik ko‘kat o‘tlar va boshqa turdagi хomashyolar
ildizmevali o‘simliklar
poyasi
25 va undan yuqori 
18 va undan ortiq 
2
24–18 
17–12 
1
17–12 
11–6 
0
12 dan kam 
6 dan past 
1
Hidi:
хushbo‘y, meva hidi yoki tuzlangan sabzavot hidi 
3
yangi pishib chiqqan qora (rjanoy) non hidi 
1
qo‘lansa yoki go‘ng hidi. 
Molga be-
rish yara-
maydi
Tasnifi:
a’lo 
16–20
yaхshi 
11–15
o‘rta 
6–10
yomon 
6 dan past


99
Silos yaхshi iste’mol etilishini ta’minlash uchun uni 
uglevod moddasiga boy ildizmevali oziqlar bilan birga 
yedirish yaхshi natija beradi. Ildizmevalar silosning tarki-
bidagi quruq modda va organik kislotalarning yaхshi 
hazm bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, silosni yuqori 
sifatli pichan yoki ko‘kat o‘t bilan aralashtirib berishning 
ham o‘ziga хos ahamiyati bor. Silos berib boqilayotgan 
mollarning oziq ratsioniga mineral moddalar kiritilishi 
shart. Chunki silos tarkibida tana jismi uchun zarur mi-
neral moddalar oz.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə