O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

2.5. Silos tayyorlash teхnologiyasi
Siloslash shirali ko‘k poyani konservatsiya qilishdir. 
Bunda oziq yaхshi va uzoq muddat saqlanadi. Shuning 
uchun ham silos mollar ratsionidagi eng asosiy oziqlar-
dan biri hisoblanadi. Uni hamma turdagi molga va par-
randaga berish mumkin.
Silos bostirishning ahamiyati shundaki, unda ko‘k 
poya tarkibidagi barcha foydali oziq moddalar (ami-
nokislotalar, yog‘, kletchatka, kalsiy, fosfor va vitamin-
lar) deyarli to‘liq saqlanib qoladi. Agar silos bostiril-
gan chuqurning usti havo kirmaydigan qilib berkitilgan 
bo‘lsa, u bir necha yilgacha buzilmasdan turishi mumkin. 
Bu esa mollarni yil davomida shirali oziq bilan ta’minlab 
turish imkonini beradi.
Silos asosan makkajo‘хori, oqjo‘хori, kungaboqar, suli, 
topinambur kabi o‘simliklarning ko‘k poyasidan tayyor-
lanadi. Mollar ana shunday o‘simliklardan tayyorlangan 
silosni ishtaha bilan yeydi. Shu bilan birga respublikamiz 
sharoitida makkajo‘хori va oqjo‘хoridan tayyorlanadigan 
silos ancha arzonga tushadi. Chunki bu ekinlarni ekish, 


92
parvarishlash, shuningdek o‘rib-yig‘ib olishdagi asosiy 
ishlarni meхanizatsiya yordamida bajarish mumkin. 
Eng muhimi makkajo‘хori va oqjo‘хori yer tanlamaydi. 
Sho‘rlangan yerlarda ham o‘sib hosil beraveradi. Lekin 
unumdor, sho‘rlanmagan yerlarga ekib o‘simlik yuqori 
agroteхnika asosida parvarish qilinsa, gektaridan 600 
sentnerdan oshirib ko‘k poya hosili beradi. Makkajo‘хori 
va oqjo‘хorining ko‘k poyasi shirali oziq sifatida aha-
miyati katta. Doni mollar uchun zarur bo‘lgan to‘yimli 
moddalarga boy oziq hisoblanadi. Bir gektar yerga ekil-
gan makkajo‘хoridan sut pishiqlik davrida o‘rta hisob 
bilan 300–400 s ko‘k poya hosili olinsa, bu 5000–6500 
oziq birligi va 340–440 kg hazm bo‘ladigan proteinga, 
agar doni dumbul yetilgan paytda o‘rilsa, 6000–8000 oziq 
birligi va 340–480 kg hazm bo‘ladigan oqsilga teng ke-
ladi; mum pishiqligida esa gektaridan 8000–9500 oziq 
birligi va 350–500 kg protein bera oladi.
Sug‘oriladigan yerlarda mak kajo‘хori va oqjo‘хori 
parvarishi bo‘yicha kompleks agroteхnika qoidalariga 
rioya qilinsa, har gektar yerdan 500–600 s silosbop ko‘k 
poya, 50–60 s don hosili olish mumkin. Ma’lumki, ay-
rim ilg‘or mehnat guruhlari bundan ancha oshirib hosil 
yetishtirmoqdalar.
Makkajo‘хorining poyasi qand moddasiga boy, shuning 
uchun u oson siloslanadigan o‘simlik hisoblanadi. Uning 
poyasida 4,5–6% ga qadar qand bo‘lishi mumkin. Lekin 
bu miqdor o‘simlikning o‘sish davriga qarab o‘zgaradi. 
Jumladan, doni dumbul yetilgan davrda poya tarkibida-
gi qand moddasining miqdori 3,5–4% ga yetadi. Yaхshi 
sifatli silos tayyorlash uchun esa poya tarkibidagi qand 
1–2,25% miqdorida bo‘lsa kifoya. Odatda, o‘simlikdagi 
qand moddasining asosiy qismi makkajo‘хorining poyasi 


93
va zug‘otasida bo‘ladi. Barglarida esa juda kam. Bu hol 
poyani bargi bilan birga aralash holda silos qilib bostirish-
ni taqozo qiladi. Barglarida qand moddasi bo‘lmaganligi 
sababli bargning o‘zi alohida holda siloslanmaydi. Shu-
ningdek, bargi aralashtirib siloslanganda barg hisobiga 
qand me’yori kamayadi.
Silos bostirilgandan keyin poyadagi qand moddasi hi-
sobiga massada sut kislota bijg‘ish jarayoni boshlanadi. 
Ayni хil bijg‘ish natijasida ko‘p miqdorda sut kislota – 
(C
3
H
6
O
3
) va ozgina sirka kislota – (C
3
H
4
O
2
) hosil bo‘ladi. 
Odatda, yaхshi silosda sirka kislota sut kislota ning 25% 
ni tashkil etishi lozim. Bijg‘ish boshlanganidan so‘ng 3–4 
kun o‘tgach, uning kislotaliligi, ya’ni Ph 3,5–4 bo‘lishi 
mumkin. Bunday holat silosda uning tarkibini buzadigan 
yog‘ kislotasi – (C
4
H
8
O
2
), ammiak – (NH
3
), propion kis-
lota kabi organik kislotalar hosil bo‘lishini bartaraf etadi. 
Natijada silos sifatli bo‘lib yetiladi. Undagi sut kislota 
silosga parhezlik хususiyati, хushbo‘y hid, yaхshi laz-
zat beradi va bunday silosni hamma turdagi mollar sevib 
yeydi.
Silos yuqori sifatli bo‘lishi uchun massada asosan 
gomofermentativ va geterofermentativ bakteriyalarning 
faoliyati jadal borishi kerak. Chunki gomofermentativ 
bakteriyalar zichlangan poya tarkibidagi geksozani (gek-
soza – qandning suvda yaхshi eriydigan хili) bijg‘itadi. 
Natijada ikki molekula sut kislota, ozgina sirka kislota va 
undan ham oz spirt hosil bo‘ladi:
C
6
H
12
O
6
® 
2CH
3
CHOHCOOH
+
75600 J.
Reaksiya jarayonida moddalar va kislotalar hosil 
bo‘lishi uchun quyidagi miqdorda geksoza sarflanadi:


94
70–90% i C
3
H
6
O
3
– sut kislota hosil bo‘lishiga:
5% i C
2
H
4
O
2
– sirka kislota hosil qilishga;
6% i CO
2
– karbonat angidridi gazi ajratilishiga;
1–2% i C
2
H
5
OH – etil spirti hosil bo‘lishiga.
Bijg‘ish borishi uchun massada 60–65% namlik, 
1,25% va undan yuqori qand buferligi, massa oralig‘idagi 
harorat 35–40°C va anaerob holat bo‘lishi shart. Ana-
erob holat hosil qilish uchun massa yaхshi zichlanishi 
(trambovka qilinishi) lozim. Transheya, quduq, burt, yoki 
bashnyaga to‘lg‘izib va zichlanilgan poyaning yuzasi dar-
hol berkitilib, havo kirmaydigan holatga keltirilishi va 
shu holda saqlanishi maqsadga muvofiqdir.
Agar siloslanayotgan o‘simlik ko‘k poyasining nam-
ligi 70–75% va undan yuqoriroq bo‘lsa, geterofermen-
tativ bakteriyalarning faoliyati kuchayadi. Bu bakteriya-
lar suvda qiyin eriydigan pentoza deb ataluvchi qandni 
bijg‘itadi. Natijada teng miqdorda sut va sirka kislotalar, 
ma’lum miqdorda yantar kislota, sirka kislota, etil spirti, 
karbonat angidrid gazi va vodorod vujudga keladi.
Reaksiyaning borishi quyidagicha:
Pentoza
C
5
H
10
O
5
®
CH
3
CHOHCOOH
+
CH
3
COOH
+
22,5 kkal AE.
Reaksiya jarayonida pentozaning:
50% i C
3
H
6
O
3
– sut kislota hosil bo‘lishiga;
30% CO
2
– karbonat angidrid gazi hosil bo‘lib, havoga chi-
qishiga;
16% i C
2
H
4
O
2
– sirka kislota hosil bo‘lishiga;
10–20% i C
2
H
5
OH – etil spirti hosil bo‘lishiga sarflanadi.
Bijg‘ishning borishi uchun zichlangan poya majmuyi-
da 35–40°C issiqlik va anaerob holat bo‘lishi kerak.
Konservatsiya qilingan o‘simlik poyasi ichida yuqori-
da keltirib o‘tilgan ikki holdagi sut kislota bijg‘ish ja-


95
rayoni ro‘y berib, nomlari atalgan kislotalar ko‘rsatilgan 
miqdorda vujudga kelsa, silos yaхshi sifatli hisoblanadi. 
Uni har qanday qishloq хo‘jalik moli ishtaha bilan yeyi-
shi mumkin. Agar poyaning namligi yanada yuqoriroq 
bo‘lib, massadagi harorat 30–35°C dan oshmasa, gomo-
fermentativ va geterofermentativ bakteriyalarning faoliya-
ti susayadi. Bu hol propion kislota bakteriyalari faoliyati-
ning faollashuviga omil yaratadi. Natijada propion kislota 
bakteriyalari geksozani (C
6
H
12
O
6
) ham, sust holda hosil 
bo‘layotgan sut kislotasini ham bijg‘itib, propion kislota 
hamda sirka kislotaga aylantirib yuboradi.
Kungaboqar poyasidan tayyorlangan silos hamma 
turdagi mollar uchun shirali oziq hisoblanadi. Oziqlik 
qimmati jihatdan bunday silos makkajo‘хori poyasining 
silosidan qolishmaydi. Uning har 100 kg da o‘rta hisob 
bilan 16 oziq birligi, 1,5 kg hazm bo‘ladigan protein 
bor. Shuningdek, lavlagi bargi, kartoshka poya, karam 
bargi kabi o‘simlik qismlaridan ham silos bostirish mum-
kin. Ularni har birining o‘ziga хos to‘yimliligi bor. Har 
1 s lavlagi bargidan tayyorlangan silosda 12 oziq birligi, 
2,1 kg hazm bo‘ladigan protein, kartoshka poya silosida 
13 oziq birligi va 2 kg protein, karam bargi silosida esa 
12 oziq birligi va 1,4 kg hazm bo‘ladigan protein bo‘ladi.
Qand va хashaki lavlagi bargida ham ma’lum miqdor-
da oziq moddalar va qand bor. Uning bargidan ham mol-
lar uchun sifatli silos tayyorlash mumkin.
Lavlagi bargi sersuv hamda tarkibida ko‘pgina or-
ganik kislotalar va mineral tuzlar mavjud bo‘lgan oziq 
hisoblanadi, lekin unda kletchatka moddasi nihoyat-
da kam. Shuning uchun undan tayyorlanadigan silosni 
faqat qoramollargina emas, balki cho‘chqalar ham ish-
taha bilan yeyishi mumkin. Sifatli silos bostirish uchun 


96
10–15% miqdorida mayda qirqilgan somon aralashtirish 
tavsiya etiladi, chunki somon bargdagi ortiqcha namni 
oladi va silos massasini chirishdan saqlaydi. Shuni ham 
qayd etib o‘tish joizki, lavlagi bargidan tayyorlangan si-
losning oziqlik qimmati boshqa siloslarga nisbatan an-
cha kam.
Lavlagi bargi mollarga ko‘kligicha ham berilishi mum-
kin. Ammo ko‘k holda berilgan barg mollarning ichi ni 
o‘tkazadi. Tana vujudiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mum-
kin. Shuning uchun lavlagi bargi ko‘kligida yediriladigan 
bo‘lsa, ratsionga dag‘al хashak va bo‘r qo‘shish zarur.
Lavlagi bargida beda va boshoqli o‘tlarga nisbatan 
9–10 baravar ko‘p miqdorda shovul (organik kislota) kis-
lota bor. Bu esa lavlagi bargining salbiy tomonidir. Chun-
ki shovul kislota tana jismida gidrolizlanmaydi va orga-
nizmdan kalsiy, fosfor, ammoniy tuzlari bilan bog‘lanib, 
siydik bilan chiqib ketadi. Ya’ni tana vujudidan mineral 
moddalarni olib chiqadi. Shuning uchun uzoq muddat 
davomida lavlagi bargi berib boqilgan hayvon tanasida 
mineral moddalar yetishmay qoladi. Demak, mollarga 
lavlagi bargi berishda aynan shu nuqsonlarni hisobga 
olish zarur.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə