O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


 Oziqlarning sifatini organoleptik



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

4.2. Oziqlarning sifatini organoleptik
jihatdan baholash
Oziqlarning sifatini ko‘z bilan ko‘rib, fikrlash va sezgi 
a’zolar yordamida sifatini aniqlash 
organoleptik baho lash
deyiladi. Bu usul bilan sifatini aniqlashda oziqning rangi, 
hidi, mazasi, ta’mi, namligi, don oziq bo‘lsa, qaysi faslda 
o‘rib yanchilganligi, mog‘orlanish darajasi tekshiriladi va 
shu ko‘rsatkichlarga qarab baho beriladi.
Rangi.
Har bir o‘simlik donining o‘ziga хos rangi bor. 
Ayrim sabablar bilan uning rangi o‘zgarib ketishi mum-
kin. Bu hol donning sifati pasayganligini, hasharot yoki 
begona aralashmalar bilan ifloslanganligini, mik rob yoki 
zamburug‘lar bilan zararlanganligini ko‘rsatadi. Agar 
quritish rejimi noto‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lsa, don qoram-
tir rangga kiradi, sifatida qoramtir yoki ko‘kish rangli 
dog‘lar paydo bo‘lgan holda, don mikroorganizm yoki 
zamburug‘lar bilan zararlangan bo‘ladi. Don pishish oldi-
dan ob-havo sharoitlari qanday bo‘lganligi va o‘rib-yig‘ib 
olish davrida iqlim sharoitlari qanday bo‘lganiga qarab 
ham donning rangi o‘zgarishi mumkin. Pishish ol didan 
sovuqqa chalingan g‘alla o‘simliklarining doni oqish 
rangda bo‘lib, po‘stlog‘i mayda bo‘lakchalarga yoriladi va 
to‘rto‘r bo‘lib turadi. G‘alla pishish oldidan qurg‘oqchilik 
bo‘lganida, donning po‘sti yaltiramaydi, notekis va g‘adir-


115
budur bo‘ladi. Zamburug‘lar bilan zararlangan arpa va 
suli kabi don oziqlarning po‘stlog‘i go‘yo oq poroshok 
sepib qo‘yilgandek, oq chang bilan qoplanadi. Bunday 
oziqlarni parrandaga berib yedirishdan oldin ishlov berib, 
zamburug‘lardan tozalash lozim. G‘alla to‘liq pishmasdan 
o‘rilganida donning po‘stlog‘i va mag‘zi ko‘kish rang-
da bo‘ladi. Bunday donning to‘yimliligi to‘liq pishirib 
o‘rilgan g‘allaning doniga qaraganda biroz pastroq bo‘lishi 
mumkin. Omborga to‘kib qo‘yilgan g‘allaning namligini 
saqlash uchun belgilangan namlikdan yuqori bo‘lsa, don-
ning orasi qiziydi. Buning natijasida unga qizg‘ish rang ki-
radi. Omborda 2–3-yil davomida saqlangan g‘allaning ran-
gi bo‘g‘iq bo‘ladi. Ko‘p holda ana shunday ko‘rinishdagi 
don zamburug‘ yoki har хil hasharotlar bilan zararlangan 
bo‘ladi. Ayrim hasharotlar donning mag‘zini yeb qo‘yadi. 
Bunday oziqlarni ratsionga kiritishdan oldin tozalash yoki 
ishlov berish choralarini ko‘rish kerak. Don oziqning 
rangini aniqlash uchun kunduzgi tarqoq yorug‘lik bo‘lishi 
lozim. Bunda bir qism oziqni zangori rang qog‘oz ustiga 
to‘kiladi va rangi tekshirib ko‘riladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə