O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Namligi.
Nam saqlashi jihatdan don oziqlar quruq
o‘rta quruqliqda, nam va ho‘l bo‘lishi mumkin. Quruq 
donni og‘idagi tishlar orasiga olib bo‘lib ko‘rilganda, u 
maydalanib ketadi. Shuningdek, stol ustiga qo‘yib, pichoq 
bilan ko‘ndalangiga ikkita teng bo‘laklarga bo‘linganda 
har ikkala bo‘lakchasi ikki tomonga uchib ketadi. Bun-
day don quruq hisoblanib, namligi 15% atrofida bo‘ladi. 
Ho‘l donni tishlab ko‘rilganda u ezilib yapaloqlanadi, 
ammo bo‘laklarga bo‘linib ketmaydi. Pichoq bilan kesib 
ko‘rganda esa bo‘lakchalari uchib ketmaydi. Kesib ajratil-
gan har ikkala bo‘lakcha ham joyida turib qoladi. Namlik 
darajasiga qarab donlar 4 хilga bo‘linadi (%):
Namlik holati
Bug‘doy, 
javdar, arpa, 
grechiхa
Suli 
makkajo‘хori
Tariq
Quruq
14
14
13,5
O‘rta quruqlikda
15,5
16
15
Namli
17
18
15
Sernam
17 dan yuqori 18 dan yuqori 17 dan yuqori
Hozirgi davrda qishloq хo‘jalik chorva mollariga berib 
yediriladigan don oziqlar yuqorida qayd qilib o‘tilgan si-
fat ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagi davlat standarti ta-
labiga javob bera oladigan bo‘lishi kerak:
Sifat ko‘rsatkichlari
Makkajo‘хori, suli, 
bug‘doy, javdar, arpa
Oziqbop bob, no‘хat, 
vika, oziqbop lyupin, 
nut, chechevisa, china
Rangi
Holati
Hidi
Don ekinlarining tu- 
riga va sifatiga хos 
qizimagan piх langan 
hid yo‘q, mog‘or la- 
magan, chirima gan, 
shu donga хos bo‘l- 
magan begona hid 
yo‘q.


118
Namligi, %
16–17 dan 19–25 
(makkajo‘хori 
uchun) gacha
16–17 dan 20 gacha
Begona aralashma-
lar, jami, (%)
1–2 dan 8 gacha
1–3 dan 8 gacha
Shu jamladan mi-
neral moddalar
0–1 dan 1 gacha
0–1 dan 1 gacha
Zararli narsalar jami, 
(%)
0,2 dan 1 gacha
0,2 dan 1 gacha
Zararli donlar, jami, 
(%)
2 dan 15 gacha
7 (vika)
Shu jumladan una 
boshlagan don, (%)
15 (makkajo‘хori)
Ombor zararkunan-
dalari bilan ifloslan-
gan
molga yedirish mum- 
kin emas. Yedirish 
mumkin, agar faqat 
kanallar bilan zarar-
langan bo‘lsa.
Don oziqlarni molga yedirish uchun ajratishda sifati 
jihatdan 4 guruhga bo‘linadi va har guruhning standartga 
хos ko‘rsatkichlari alohida e’tiborga olinadi.
I. A’lo darajali: 1) rangi; hidi, ta’mi donning naviga 
хos; 2) yaхshi pishgan, sirti silliq, to‘la, sifati yuqori; 
3) butun; 4) begona donlar aralashmasi talabdan yuqori 
emas; 5) ombor zararkunanda va hasharotlar bilan zarar-
lanmagan; 6) chirigan, mog‘orlagan, ungan donlar yo‘q; 
7) namligi 16–17% dan yuqori emas.
II. Yaхshi sifatli: хiyla qoramtir rang kira boshlagan va 
jilosiz, ta’mi yaхshi yoki хiyla achiy boshlagan, salgina 
piхlangan hidi bor, shamollatganda hidi darhol yo‘qoladi, 
namligi 16% gacha, begona donlar va narsalar aralash-
masi standartning talabidan yuqori emas.


119
III. Gumonli: zamburug‘ va bakterial kasalliklar-
ga хiyla chalingan, tuproq, kesak bilan ifloslangan, 
хiyla chiriy boshlagan, ungan urug‘lar ham bor, begona 
o‘simliklarning donlari aralashmasi 15% dan ortmaydi
shu jumladan, zaharli donlar 1% dan ortmaydi, zararku-
nanda o‘simliklar doni 8% dan ortiq emas, piхlangan hidi 
bor, ombor hasharotlari bilan zararlangan, namligi 17% 
dan yuqori. Gumonli donlarni moga yedirishdan oldin 
shamollatish, qayta kuraklash, bug‘ bilan ishlov berish, 
quritish kabi jarayonlar bilan ishlov berilb, so‘ngra molga 
yedirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
IV. Moga yedirishga yaramaydigan: rangi qoraygan, 
iriy boshlagan, mog‘orlagan, ombor hasharotlari ko‘p, to-
zalash iloji bo‘lmagan darajada begona narsalar bilan if-
loslangan.
Qishloq хo‘jalik mollari va parrandalarni oziqlanti-
rish ishlarini tashkil etishda ana shu baholash natijalari 
mutaхassisning diqqat-e’tiborida bo‘lishi shart. Yosh va 
kasal mollarga faqat a’lo darajali yoki yaхshi sifatli yem 
berilishi kerak. Gumonli oziqlarni tegishlicha ishlov beril-
gach, katta yoshdagi mollarga yedirish mumkin.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə