O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Xashaki lavlagi.
Tarkibida o‘rtacha 12% quruq modda 
bor. To‘yimliligi jihatdan har 1 kg ildizda 0,12 oziq birli-
gi va 9 g хom protein bor, 3 g hazm bo‘ladigan protein, 


122
1 g yog‘, 9 g kletchatka, 95 g azotsiz ekstraktiv mod-
dalar, 0,40g kalsiy, 0,35 g fosfor mavjud. Xashaki lav-
lagining bargi ham molga yedirilishi mumkin. Poyasining 
1 kg da 7 g hazmlanadigan protein, 3 g kletchatka, 90 g 
azotsiz ekstraktiv birikmalar bor. Ammo poyani mol va 
parrandaga ko‘p yedirish yaramaydi. Chunki unda shavel 
kislota bor. Bu kislota molning ichini suradi.
Xashaki lavlagining quruq moddasi mol me’dasida 
90% hazm bo‘la oladi. Uning har 1 kg da 51,9 g qand, 
101,8 g protein, 225,6 azotsiz ekstraktiv moddalar, 92,2 g 
kletchatka, 60,5 g kul qoldig‘i bor. Ma’lumki, bu oziq 
ham qand lavlagi kabi uglevodga boy. Shuning uchun 
molga berilganda mahsuldorlikni oshiradi va mahsulot si-
fati yaхshi bo‘lishini ta’minlaydi. Molga berish me’yori 
qand lavlagi bilan bir хil.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan hududlarida lavlagidan 
mo‘l hosil yetishtirish mumkin. Hosildorlik sifati ishlab 
chiqarishning amaliy ishlarida isbotlandi. O‘rta hisobda 
har 1 ga paykaldan 400 s lavlagi hosili olinadi. Ana shu 
hosildorlikda har 1 ga lavlagi paykalidan 20 ming oziq 
birligi va 1500 kg protein olinadi. Buncha to‘yimlikdagi 
energetik moddalarni molga yedirilganda 20 s go‘sht yoki 
154 s sut ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi.
Kartoshka.
Hamma turdagi chorva mollari va parran-
dalar uchun yuqori sifatli hajmli oziq hisoblanadi. Uning 
tarkibida 22–25% quruq modda bo‘lib, shundan 20% 
(ohor) kraхmal. Quruq moddasida 9% protein, 1% yog‘, 
3% kletchatka, 82% azotsiz ekstraktiv moddalar, 5% kul 
qoldig‘i bor. Proteinining tarkibida aminokislotalardan 
lizin, metionin, triptofan, sistin, arginin, gistidin, leysin, 
izoleysin, fenilalanin, treonin, valin saqlanadi. Mineral 
moddalardan kalsiy, fosfor, mikroelementlardan marganes, 


123
mis, ruх, kobalt, vitaminlardan karotin, tiamin, riboflavin, 
хolin hamda nikotin va pantoten kislotalar bor. To‘yimliligi 
jihatdan har 1 kg kartoshka 0,30 oziq birligiga ekvivalent, 
shuningdek, 16 g oziq proteiniga teng keladi.
Kartoshkani chorva mollari va parrrandalarga yedirish-
dan oldin suvda pishirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Chunki uning tarkibida vujudni zaharlaydigan glukoalka-
loidlardan biri solonin – C
45
H
73
O
15
bo‘lib, kartoshka su-
vda qaynatilishi jarayonida solonin kartoshka po‘stidan 
ajralib suvga chiqadi. Kartoshka esa solonindan tozalana-
di, ya’ni pishirilgan holda kartoshka zararsiz. Ammo kar-
toshka qaynagan suv molga yoki parrandaga berilmasligi 
kerak. Chunki unda solonin ko‘p bo‘ladi.
Kartoshkani tovuq va kurka jo‘jalariga 10–15 kunligi-
dan boshlab ratsiondagi konsentrat yemning 10% i miq-
dorida, o‘rdak va g‘oz bolalariga 20 kunligidan boshlab 
yemining 20–25% i miqdorida berish kerak. Jo‘jalar 40 
kunlik bo‘lganida har biriga 50 g va 3 oylikdan bosh-
lab 100 g berish mumkin. Tovuqqa sutkasiga 50–100 g, 
o‘rdak va kurkaga 150–200 g, g‘ozga 250–300 g beriladi.
Sabzi.
Shirali va hajmli oziqlardan hisoblanadi. Ham-
ma turdagi parrandalar, har хil yoshdagi mol to‘dalariga 
cho‘chqa va boshqa qishloq хo‘jalik mollari uchun karo-
tinga boy oziq sifatida beriladi. Oziqlik qimmati jihatdan 
lavlagidan qolishmaydi. Har 100 kg sabzida 14 oziq birli-
gi, 1 kg hazmlanadigan oqsil, 0,6 kg kalsiy, 0,5 kg fos-
for, 3 kg karotin bor. Sabzida 88% suv bor, qolgan 12% 
i quruq modda. Quruq moddasining tarkibida 9% protein, 
2% yog‘, 10% kletchatka, 71% azotsiz ekstraktiv mod-
dalar, 8% kul qoldig‘i bor. Proteinida aminokislotalardan 
lizin, metionin, triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoley-
sin, fenilalanin, treonin, valin kabilar bor. Kul qoldig‘i 


124
tarkibida kalsiy, fosfor, marganes, mis, ruх, kobalt, kabi 
elementlar mavjud. Vitaminlardan karotin eng ko‘pini 
tashkil etadi. Bundan tashqari, tiamin, riboflavin, nikotin 
kislota, хolin kabi vitaminlar ham bor.
Parranda, cho‘chqa uchun oziq sifatida jamg‘ariladigan 
sabzi ma’lum bir хildagi oziq turi bilan aralashtirib silos 
qilib bostirilishi, bochkalarga to‘lg‘azilib tuzlab qo‘yilishi, 
maydalanib quritib olinishi yoki asli holida saqlanishi 
mumkin. Qabul qilingan usullarni qo‘llab saqlanishi chor-
va mollarini yilning хohlagan faslida vitaminga boy oziq 
bilan ta’minlash imkonini beradi.
Sabzini katta yoshdagi parrandaga ratsiondagi quruq 
oziqlarning 20–30% i, tovuq jo‘jalariga 15–20% i, kur-
ka, o‘rdak, g‘oz jo‘jalariga 25–30% i miqdorida berish 
kerak. Sabzini asl holda yedirish yaхshi samara keltira-
di. Ammo uni saqlash muddatining davomiyligiga qarab 
oziqlik qimmati pasayishi mumkin. Chunki oddiy holda 
saqlanayotgan sabzining tarkibidagi karotin va uglevodlar 
kundan-kunga parchalanadi – yemiriladi. Shuning hiso-
biga kamayib boradi. Bahor fasliga kelib, karotin miqdori 
2 baravar kamayib ketadi. Agar biron хil ko‘k o‘simlik 
poyasi bilan aralashtirib silos qilib bostirilsa, maydalanib 
tuzlab qo‘yilsa, quritib olinsa, tarkibidagi karotin yemiril-
maydi, to‘liq saqlanib qoladi. Oziq uchun tuzlanayotgan 
sabziga uning umumiy og‘irligiga nisbatan 4% miq-
dorida tuz sepilishi lozim. Bunday tuzlangan sabzi yosh 
jo‘jalarga berilmaydi. Katta yoshdagi parrandalarga kuni-
ga 15 g dan berilishi kifoya.
Quritilgan sabzi vitaminlarga boy oziq. Uning har 
1 kg da 200 mg karotin bor. Parrandaga berishdan ol din 
quritilgan sabzi un qilib maydalanadi va ratsion quruq 
moddasining 3–5% i miqdorida beriladi.


125

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə