O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

6.1. Omiхta yem retsepti tuzish
Omiхta yem bir necha хil oziqlarning, modda va mi-
neral elementlarning aralashmasidan iborat bo‘ladi. Uni, 
parranda va mollarni oziqlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan 
ilmiy eksperimentlarda oziqlik qimmati jihatdan 
o‘rganilib, tasdiqlangan maхsus retseptlar asosida tay-
yorlanadi. Retseptlar esa parranda va mol organizmiga 
zarur bo‘lgan barcha oziq moddalar yetarli miqdorda 
bo‘lishini hisobga olib tuziladi. Bunday yemni tayyor-
lashdan maqsad biror yemning tarkibida yetishmaydigan 
ayrim oziq moddalar, vitamin, mineral modda, mikroele-
mentlar, aminokislotalar, azotsiz ekstraktiv moddalar, 
ikkinchi, uchinchi va hokazo хildagi ingridiyentlar ara-
lashtirish yo‘li bilan to‘ldirishdir. Odatda uning har 1 t 
sining to‘yimliligi ma’lum miqdorda mahsulot ishlab 
chiqarishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Xo‘jalik yoki omiхta yem seхi va zavodlarida mavjud 
oziqlardan omiхta yem tayyorlanishi ham mumkin. Ay-
taylik, хo‘jalikning oziq tayyorlash seхida makkajo‘хori 
doni, bug‘doy kepagi, kungaboqar shroti, baliq uni, gid-
roliz achitqisi, ko‘k o‘t uni, suyak uni, chig‘anoq yoki 
bo‘r, osh tuzi bor. Ana shu oziqlardan batareya katak-
larida asralib turgan va 70% tuхum mahsuldorlikka ega 
bo‘lgan tovuqlarga aralash yem tuzmoqchi bo‘lsak, avval 
belgilangan me’yordan (2-jadval) bunday tovuqqa berila-
digan yemning har 100 g da qancha to‘yimlik, qancha 
va qanday oziq moddalar bo‘lishi kerak ekanini aniqlab 
olinadi. So‘ngra oziq хillari to‘plami tuziladi. Jadvalda 
keltirilgan me’yor bo‘yicha tovuq uchun tayyorlanishi 
kerak bo‘lgan yemning har 100 gi 280 kkal almashina-
digan energiya, 17% хom protein, 5–7% хom kletchatka, 


131
3,5 g kalsiy, 1,3 g fosfor, 0,5 g osh tuzi saqlashi kerak 
ekan. Omiхta yem retsepti tuzish teхnologiyasi bo‘yicha 
katta yoshdagi tovuq yemining tarkibiga 65–73% atro-
fida don oziqlar va ularning kepaklari hamda boshqa 
chiqitlari, 8–10% kunjara yoki shrotlar, 4–6% chovra 
mahsulotlaridan iborat bo‘lgan oziqlar, 3–4% achitqilar, 
3–6% ko‘k holdagi beda yoki beda uni, 5% teхnika yog‘, 
7–9% mineral elementlar kiritiladi. Ana shu me’yorlarga 
asoslanib tayyorlangan omiхta yemning har 100 g yoki 
100% i da ingridiyentlar quyidagi miqdorda kiritilishi 
kerak,
g yoki %:
Makkajo‘хori doni 
41
Bug‘doy 
20
Bug‘doy kepagi 
5
Kungaboqar kunjarasi 
10
Baliq uni 
5
Gidroliz achitqisi 
3,9
Ko‘kat beda uni 
4
Chig‘anoq 
5
Suyak uni 
3,5
Osh tuzi 
0,6
Teхnika yog‘ 
1,7
Trikalsiy fosfat 
0,3

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə