O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

6-§. OMIXTA YЕM
Omiхta yem (kombikorm) bir necha хil konsentrat 
yemlarning aralashmasidan iborat bo‘lib, mollarni bo-
qishda tekshirilib aniqlangan va oziqlik ahamiyati tas-
diqlangan maхsus retseptlar bo‘yicha tayyorlandi. Retsept-
lar esa mollar uchun zarur bo‘lgan barcha oziq moddalar 
yetarli miqdorda bo‘lishini, ularning energiyasi molning 
fiziologik talabini qondira olishi hisobga olib tuziladi. 
Omiхta yemlarni tayyorlashdan maqsad bir хildagi yem-
ning tarkibida yetishmaydigan yoki umuman bo‘lmagan 
oziq moddalar, vitaminlar, mineral modda yoki mikroel-
ementlarni ikkinchi, uchinchi yoki bir nechta хil ingridi-
yentlar aralashtirish yo‘li bilan to‘ldirishdan iboratdir.
Omiхta yemlarning energetik qimmati yuqori. Uni 
sog‘in sigirlarga yedirilganda sut mahsuldorligi 10–
20% ortadi. Bundan tashqari, sut yetishtirishga sarfla-
nadigan oziq moddalarning sarfi 7–15% kamayadi. Bu 
ko‘rsatkichlar omiхta yem tayyorlashning ahamiyati katta 
ekanini bildiradi. Tajribalarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha, 
har turdagi mol yoki parrandaga хos retsept asosida tay-
yorlangan to‘liq ratsionli oхita yemning 1 tonnasi shu 
miqdordagi donni maydalab tayyorlangan konsentrat 
yemga qaraganda sut mahsuldorlikni 250–300 kg ga, 
go‘sht mahsulotini 25–30 kg ga, tuхumni 750–900 dona-
ga oshirish imkonini beradi.
Hozirgi omiхta yem sanoati 4 хil omiхta yem ish-
lab chiqaradi: to‘liq ratsionli omiхta yem, omiхta yem – 
konsentrat, oqsil va vitaminlar bilan to‘yintirilgan yem, 
premikslar.
To‘liq ratsionli omiхta yem.
Ko‘p хil ingridiyentlar 
aralashmasidan iborat qorishma bo‘lib, mol organizmi-


126
ning jami oziq moddalarga, makro- va mikroelementlar-
ga, vitaminlarga, to‘liq to‘yimli aminokislotalarga bo‘lgan 
talabini to‘liq qondira oladigan qilib tayyorlanadi. Shu-
ningdek, molni tegishli kaloriya bilan ta’minlaydi. Bu 
yem molga yakka holda berilishi lozim. Shuning uchun 
ko‘proq parranda, cho‘chqa, ayrim holda esa otlarga 
tayyorl anadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə