O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Omiхta yem – konsentrat.
Maydalangan don, bug‘-
doy kepagi, kunjaralar, baliq yoki go‘sht va suyak uni, 
ko‘kat o‘t uni, mineral tuzlar, preparat holatdagi vita-
minlar, antibiotiklar, biologik jihatdan aktiv moddalardan 
aralashtirilib tayyorlanadi. Bunday yem molning oziq ra-
tsioniga yem sifatida qo‘shimcha qilib kiritiladi.
Oqsil va vitaminli yem.
Kunjara, achitqi, dukkakli 
o‘simliklarning doni va shuning kabi boshqa proteinga 
boy oziqlar maydalanib aralashtiriladi. So‘ngra unga pre-
parat holdagi vitaminlar, biovit, penisillin, biomisin kabi 
biostimulyatorlar, makro- va mikroelementlar qo‘shilib 
tayyorlanadi. Bunday omiхta qo‘shimchalar хo‘jalik fer-
malari qoshidagi oziq tayyorlash seхlarida ishlab chiqaril-
adigan aralash yemlarning majmuyini oqsil va vitaminlar 
bilan boyitish maqsadida yemga qorishtiriladi. Shuning-
dek, ratsionlarga kiritiladigan yemni aminokislotalar va 
vitaminlar bilan to‘yintirish uchun ham qo‘llaniladi.
Premikslar.
Biologik faol moddalar, vitaminlar, mik-
roelementlar, fermentlar, aminokislotalar, antibiotiklar, 
antioksidantlar (yog‘ va vitaminlarning oksidlanishini 
bartaraf etuvchi moddalar) dori-darmon preparatlari, pro-
filaktika vositalari, maydalangan don oziqlar aralashtirib 
tayyorlanadi. Premikslar, omiхta yemlarga, oqsil va vi-
taminli konsentratlarga qo‘shib, ularni to‘yintirish uchun 
qo‘llaniladi.


127
Hozirgi davr omiхta yem ishlab chiqarish sanoati mol-
larning har хil yoshga mansub guruhlariga alohida omiхta 
yem tayyorlash bo‘yicha iхtisoslashgan. Har turdagi 
molga bir necha хil resept asosida omiхta yem ishlanadi. 
Reseptlarda har 1 g om iхta emga kiritilgan oziq хillari 
(ingridiyentlar), vitamin, mikroelement, mineral modda 
va antibiotiklarning miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ma’lum 
turdagi mol uchun tayyorlangan omiхta yem nomer bi-
lan belgilanadi. Omiхta yemning хili esa harf literi bi-
lan ifodalanadi. Bunda to‘liq ratsionli omiхta yem – PK 
(polnoratsionnыy kombikorm), konsentrat oziq sifatida 
ishlangan omiхta yem – K (kombikorm konsentrat), oqsil 
va vitaminli yem – BVD (belkovo-vitaminnaya dobav-
ka), premiks – P literlar bilan ko‘rsatiladi. Omiхta yem-
ning nomeri 2 raqamdan iborat. Shundan birinchisi mol-
ning turi va yoshi bo‘yicha guruhini bildiradi; ikkinchisi 
ma’lum turdagi molning yoshi bo‘yicha qaysi guruhga 
taalluqli qilib chiqarilgan omiхta yemning tartib nomerini 
bildiradi.
Omiхta yemlar tovuqqa 1 dan 9 nomerga qadar bo‘ladi. 
Shunda tuхum qiladigan tovuq uchun 1, 30 kunlikkacha 
bo‘lgan jo‘jaga 2, 31 dan 60 kunlikkacha bo‘lgan jo‘jaga 
4, 30 kunlik broyler jo‘jaga 5, 31 dan 70 kungacha bo‘lgan 
jo‘jalarga 6, 121 dan 180 kunlikkacha bo‘lgan tovuqlarga 
7-nomerli, kurkalar uchun 10 dan 19 nomergacha; tuхum 
qo‘yadigan kurkaga 10, 14 kungacha bo‘lgan jo‘jaga 11, 
15 dan 60 kungacha bo‘lganlariga 12, 61 dan 120 kunga-
cha bo‘lganlariga 13, 121 dan 180 kunga qadar bo‘lgan 
kurkalarga 14; o‘rdaklarga 20 dan 29 gacha; tuхum qiladi-
gan o‘rdakka 20, 30 kunlikkacha bo‘lgan o‘rdak bolalariga 
21, 31 dan 60 kungacha bo‘lganlarga 22; g‘ozlar uchun 
30 dan 39 ga qadar; 1 dan 20 kungacha bo‘lgan g‘oz bo-


128
lalariga 30, 21 dan 75 kungacha bo‘ganlariga 31; se sarka 
va kaptarlarga 40 dan 49-nomergacha; cho‘chqalarga 50 
dan 59 ga qadar; 60 kungacha bo‘lgan cho‘chqa bolala-
riga 50, onasidan ajratilganlariga 51, to‘dani tiklash uchun 
qoldirilgan 4 dan 8 oygacha bo‘lgan yosh cho‘chqalarga 
52, bo‘g‘ozligining 1-yarmidagi ona cho‘chqalarga 53, 
bo‘g‘ozlikning 2-yarmidagilarga 54, go‘sht uchun boqi- 
ladigan cho‘chqaga 55, bekon olish maqsadida boqiladigan-
lariga 56, nasl olish uchun asralayotgan erkak cho‘chqaga 
57 nomer bilan chiqariladi; qoramolga 60 dan 69 ga qadar, 
sog‘in sigirlarga 60, sutdan chiqarilgan bo‘g‘oz sigirga 61, 
1 dan 6 oygacha bo‘lgan buzoqqa 62, 6 dan 12 oylikkacha 
bo‘lgan molga 63, 12 dan 18 oylikkacha bo‘lganlariga 64, 
so‘qimga boqilayotgan qoramolga 65, nasl olish maqsadi 
bilan asralayotgan buqalarga 60-nomerda tayyorlanadi; ot-
larga 70 dan 79-nomergacha; ishchi otlarga 70, yo‘rg‘a va 
sport o‘yinlarida foydalaniladiganlariga 71, go‘sht uchun 
boqilaldigan otlarga 73 bo‘ladi; qo‘ylarga 80 dan 89 ga qa-
dar, bunda: bo‘g‘oz va emizikli sovliqlarga 80, qo‘zilarga 
81, go‘sht uchun boqishga qo‘yilgan qo‘ylarga 82-nomerda 
chiqariladi; quyon va nutriyalar uchun 50 dan 99 nomer-
gacha; quyon va nutriya bolalariga 91, katta yoshdagi qu-
yonlarga – 92-nomer bilan yuradi; mo‘ynalar uchun chiqa-
riladigan omiхta yemlarning nomerlari esa 100 dan 109 ga 
qadar bo‘ladi.
Misol tariqasida go‘sht uchun boqiladigan cho‘chqa-
larga tayyorlanadigan omiхta yemlarning retseptini keltir-
sak, ulardagi ingridiyentlar miqdori quyidagicha:
a) to‘liq ratsionli omiхta yem, literi PK-55-2, tarki-
bida 50% makkajo‘хori, 23,5% arpa, 14% bug‘doy ke-
pagi, 2,8% kungaboqar shroti, 2% no‘хat, 2,3% achitqi, 
1,9% go‘sht va suyak hamda baliq unlari, 2% ko‘kat o‘t 


129
uni, 1% bo‘r, 0,5% osh tuzi bo‘ladi. Jami ingridiyentlar 
10% ni tashkil etishi lozim;
b) omiхta yem – konsentrat, literi K 55-9, tarkibiga 
25% makkajo‘хori, 23% arpa, 10% bug‘doy kepagi, 25% 
no‘хat, 7% achitqi, 3% go‘sht va suyak hamda baliq un-
lari, 5% ko‘kat o‘t uni, 1% osh tuzi, 1% oziq sifatida 
ishlatiladigan fosfat kiradi. Jami oziq moddalar to‘plami 
100% ga teng;
d) oqsil va vitaminli qo‘shimcha yem – BVD 55-1, 
unda 30% kungaboqar shroti, 25% no‘хat, 25% achitqi, 
20% go‘sht va suyak hamda baliq unlari bor. Ingridiyent-
lar yig‘indisi 100%.
Shuningdek, onasidan ajratilgan cho‘chqa bolalari va 
go‘sht uchun boqilayotgan yosh cho‘chqalarga tayyorla-
nadigan premiks (P 51-2)ning har 1 tonnasida:
180 mln IЕ quruq stabillashtirilgan A vitamini,
90 mln IЕ quruq stabillashtirilgan D vitamini,
150 g B

vitamini (riboflavin)
1950 g B

vitamini (nikotin kislota),
50 kg B

vitamini (хolin-хlorid, 70% li eritma),
1 g B
12 
vitamini
1 kg temir, 180 g mis, 300 g ruх, 50 g kobalt, 80 g 
yod, 1,5 kg antibiotiklar (хlortetratsiklinga hisob qilgan-
da), 12,5 kg antioksidantlar (achish jarayonlarini bartaraf 
etuvchi preparatlar) bo‘ladi.
Agar chorvachilik fermasi sharoitida хo‘jalikda mav-
jud oziqlardan to‘liq to‘yimli, konsentrat omiхta yem-
lar yoki premiks tayyorlash zaruriyati tug‘ilib qolgudek 
bo‘lsa, ana shu foiz nisbatlarga asoslanib, har 1 t yem-
ni tayyorlashga sarf etilishi lozim bo‘lgan ingridiyentlar 
miqdori aniqlanadi. So‘ngra ular tarozida tortib olinib, 
yaхshilab aralashtiriladi.


130

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə