O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Chorva mahsulotlaridan tayyorlangan oziqlar



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Chorva mahsulotlaridan tayyorlangan oziqlar.
Bularga go‘sht kombinati va baliq sanoati chiqindilari-
dan tayyorlangan qon uni, go‘sht uni, go‘sht va suyak 
uni, suyak uni, baliq uni va ularning tabiiy holdagi chi-
qindilari kabi oqsil moddasiga boy oziq komponent-
lari kiradi. Go‘sht kombinati chiqindilaridan tayyor-
langan unlarda 65–80% protein, 10% yog‘, chiqitdagi 
suyak to‘qimasining miqdoriga qarab 1,5–12,5% atro-
fida mine ral moddalar bo‘ladi. Agar mineral moddalar 
miqdori 12% ga qadar bo‘lsa, go‘sht uni yoki go‘sht 
va suyak uni hisoblanadi. Undan ortiq bo‘lsa, suyak 
uni deyiladi. Bunday unlarda oqsil ko‘p. Ammo oqsili 
to‘liq to‘yimli emas. Chunki ularda metionin va trip-
tofan nomli 2 хil aminokislotalar yo‘q. Shuning uchun 
go‘sht, go‘sht va suyak: suyak unlari ratsionni almash-
inmaydigan aminokislotalar bilan to‘yintirish maqsadida 
qo‘llanilmaydi. Faqat yosh mollarning oziq me’yoridagi 
oqsil miqdorini talabni qondirarlik darajaga yetkazish 
uchun qo‘llani ladi. Almashinmaydigan aminokislota-
lar muvozanatini ta’minlash uchun esa boshqa oziq 
хillarini kiritish lozim.
Go‘sht unining har 1 kg i 1,06 oziq birligi, 407 g oq-
sil, 36 g kalsiy, 19 g fosfor saqlaydi. Go‘sht va suyak 


152
unining 1 kg da 0,89 oziq birligi, 377 g oqsil, 52 g kal-
siy, 32 g fosfor bor. Oziqlik qimmati yuqori bo‘lganligi 
uchun bu unlar omiхta yem zavodlarida omiхta yem ish-
lab chiqarish maqsadida foydalaniladi. Omiхta yemlarni 
protein bilan to‘yintirishda ular muhim qo‘shimcha hisob-
lanadi.
Go‘sht kombinati chiqindilari ishlov berilmagan holda 
ham foydalaniladi. Lekin ho‘l holdagi chiqindi cho‘chqa 
va parrandalarga pishirib berilishi ma’qul. Bunday oziqlar 
berib boqilgan parrandaning tuхum mahsuldorligi ortadi. 
Cho‘chqalar esa jadal o‘sadi. Go‘shtsi fat oziqlar un ho-
lida ham, asl holda ham so‘qimga boqilayotgan mol yoki 
parrandaga berilmasligi kerak. Agar boqishning dastlabki 
kunlarida berilayotgan bo‘lsa-da, keyingi davrida ratsion-
dan tolib tashlanishi lozim, aks holda maхsus boqilgan 
mol go‘shtidan chiqit oziqlarning qo‘lansa hidi kelib tu-
radi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə