147
lab, kasal qilishi mumkin. Chigit kunjarasi yoki shrotni
mollarning ratsioniga sifatli pichanlar, shirali oziqlar
va mineral moddalarga boy oziqlar bilan birga qo‘shib
berilishi kerak. Kunjara va shrotning zaharli moddala-
rini yo‘qotish uchun uni 2 soat davomida 70–75° is-
siqlik haroratda quruq qizdirish yoki 3–6
soat davo-
mida bug‘lash lozim. Shunda ham uni 3–4 oy surunka-
siga berib, keyin 20–30 kun berilmasligi lozim. Uning
o‘rni boshqa konsentrat bilan almashtiriladi. Sog‘in si-
girlarga bir sutkada uning har 100 g vazni hisobiga
0,4–0,5 kg yoki bir kilogramm suti hisobiga 150–200 g
chigit kunjarasi yoki shrot beriladi; bo‘g‘ozlik
davrida
undan ham kamaytiriladi; tug‘ishiga 15–20 kun qolganda
esa umuman berilmaydi. Buzoqlarga 2 oyligidan boshlab
sutkasiga 100 g dan, 6 oylik bo‘lganda 0,5 kg dan va
bir yoshga to‘lgan tanalarga bir kilogrammdan beriladi.
Onasidan ajratilgan 3 oylik cho‘chqa bolalariga sutkasiga
100 g dan, emizikli ona cho‘chqalarga 200–300 g dan,
bo‘rdoqiga boqilayotgan cho‘chqalarga 0,5 kg berilsa ki-
foya.
Kungaboqar kunjarasini ham mollar ishtaha bilan
yeydi. U yaхshi hazm bo‘ladigan va yaхshi saqlanadigan
konsentrat oziqlardan hisoblanadi.
Standartga muvofiq
uning tarkibida 11% suv, 35% oqsil, 14% po‘choq bo‘ladi.
Soya kunjarasi 43–45% oqsil saqlaydi. U yaхshi hazm
bo‘ladigan oziq. Sog‘in sigirlar va cho‘chqalar uchun
juda yaхshi konsentratdir.
Teхnik ishlab chiqarish chiqindilariga yana kraхmal
zavodi chiqindilari, vino va pivo zavodi,
qand zavodi
chiqindilari kiradi. Ular hajmli oziqlar hisoblanib, tarki-
bida 75% dan 95% gacha suv bo‘ladi. Bunday chiqin-
dilar qoramol, ishchi ho‘kizlar, bo‘rdoqiga boqilayot-
148
gan qoramol va otlar uchun
ratsion hajmini oshiruvchi
qo‘shimcha oziq sifatida foydalaniladi. Nasldor mollarga
esa ayniqsa ular bo‘g‘ozlik va emizikli davrida, shuning-
dek, yosh mollarga berish tavsiya etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: