O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

7-§. SANOAT CHIQINDILARI
Sanoatning ayrim tarmoqlarida qishloq хo‘jalik mah-
sulotlari qayta ishlanib, ulardan sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqariladi. Tegirmon sanoatidan kepaklar va un changi, 
yog‘ sanoatidan sheluхa, kunjara, shrot va fosfatit, farma-
tsevtika sanoatidan kimyoviy kepak (хimkepak), vino va 
pivo sanoatlaridan barda, qand sanoa tidan jom va patoka 
qoladi. Ulardan kepak, kunjara va shrot kabi хillari chor-
va mollariga oqsilga boy konsentrat yem sifatida berila-


144
di. Shuningdek, omiхta yem ishlab chiqarish sanoatida 
to‘yimli ingridiyent tarzida omiхta yem jumlasiga kiriti-
ladi. Sheluхa kavshaydigan mollarga dag‘al oziq, jom 
sersuv-hajmli oziq, patoka esa shirali komponent sifatida 
foydalaniladi. Har bir chiqindi o‘ziga хos to‘yimlilikka 
ega. Chiqindilardan ayrimlarining oziqlik qimmati yuqori. 
Shu boisdan ular yem sifatida ishlatiladi.
Kepak.
Uning oziqlik qimmati yirik yoki maydaligi-
ga, donning turiga va sifatiga bog‘liq. Kepaklarda protein, 
oqsil, yog‘, azotsiz ekstraktiv moddalar, mineral element-
lar, B kompleksiga oid vitaminlar, oz bo‘lsa-da karotin 
mavjud. Mineral moddalardan eng ko‘pi fosfor va kalsiy 
elementlaridir. Chunki donning tarkibidagi mineral mod-
dalarning 80% i donning po‘stida bo‘lib, don po‘stidan 
tozalanganda kepak bilan ajralib chiqadi.
Chorvachilikda bug‘doy, javdar, suli, arpa, no‘хat, 
makkajo‘хori kepaklarining ahamiyati juda katta. Bu don-
larning kepagi yuqori to‘yimlilikka ega. Ularning proteini 
barcha almashinmaydigan aminokislotalarga boy. Ana 
shuning uchun ham kepaklar to‘liq to‘yimli yem hisob-
lanadi.
Kepakning sifati asosan uning to‘yimlilik daraja-
siga bog‘liq. Kepaklar mayda yoki yirik bo‘lishi mum-
kin. Mayda kepak yirik kepakka qaraganda yuqori 
to‘yimlilikka ega. Har 1 kg mayda bug‘doy kepagida 
0,79 oziq birligi, 130 g protein, 1,3 g kalsiy, 9,7 g fos-
for, 4 mg karotin bor. Yirigida 0,71 oziq birligi, 126 g 
protein, 1,8 g kalsiy, 10,1 fosfor va 4 mg karotin bo‘ladi. 
Har 1 kg javdar kepagining maydasida 0,80 oziq birli-
gi, 101 g protein, 1,1 kalsiy, 8,9 g fosfor, 3 mg karotin, 
yirigida esa 0,76 oziq birligi, 97 g protein, 1,7 g kalsiy, 
11,2 g fosfor va 3 mg karotin bor.


145
Kepaklar chorva mollarining hamma turi uchun yaхshi 
yem hisoblanadi. Uni sog‘in sigirlarga va emiziklik mol-
larga yedirilsa, ularning sut mahsuldorligi ortadi. Buzoq-
lar, cho‘chqa bolalari, qo‘zi va jo‘jalarga yengil hazm 
bo‘ladigan oziq sifatida beriladi. Qo‘y, ot, cho‘chqa kabi-
larga aminokislotalarga boy konsentra yem sifatida berila-
di. Kepaklarda to‘liq to‘yimli aminokislotalar bo‘lgani 
uchun ratsionlarni almashinmaydigan aminokislotalar 
bilan to‘yintirish maqsadida ham qo‘llanilishi mumkin. 
Bo‘rdoqiga boqilayotgan mollarga kepak berilmasligi 
kerak. Agar yedirilgan holda ham boqish muddatining 
birinchi yarmida yedirilib, boqish davrining ikkinchi yar-
mida ratsiondan chiqarib tashlanishi lozim. Chunki kepak 
tarkibidagi fosfor elementi fitin deb ataladigan organik 
moddalar birikmasi holatida bo‘ladi. Fitin birikmasi mol-
ning oziq hazm qilish a’zolarida ichni yumshatish o‘rnini 
o‘taydi, ya’ni molning ichi o‘tadi. Bu hol so‘qimga bo-
qilayotgan molning kundalik semirishini keskin susay-
tirib yuboradi. Molning o‘sishi mo‘tadil holatga o‘tadi. 
Go‘sht, bekon yoki tarash yog‘ olish uchun boqilayotgan 
cho‘chqalarning esa go‘shti va yog‘ining sifatini buzadi. 
Go‘sht hamda yog‘ bemaza bo‘ladi.
Javdar va bug‘doy kepaklari parhez oziq. To‘yim-
liliklari yuqori. Ammo ularning salbiy tomoni ham 
yo‘q emas. Ularni sog‘in sigirlarga yedirilganda sutdagi 
yog‘ning sifati buziladi. Sutdan olingan sariyog‘ oq rangli 
va ma’lum qadar bemaza bo‘ladi.
Arpa va suli kepaklari dag‘al bo‘lib, kletchatkasi 
ko‘p. Shu boisdan bunday kepaklar katta yoshdagi mol-
larga berilishi maqsadga muvofiqdir. Qo‘proq holda kav-
shaydigan molga berilishi ma’qul. Chunki kavshaydigan 
mol kletchatkani ma’lum miqdorda, hazm qila oladi. 


146
Kepaklarni yakka holda berish yaramaydi. Uni lavlagi, 
kartoshka, sabzi, topinambur kabi ildizmevali oziqlarning 
ustiga sepib yoki biroz namlantirib qorib berish lozim. 
Omiхta yem tayyorlash seхi bo‘lgan хo‘jaliklarda kepak-
larni omiхta yem tarkibiga kiritib yedirish maqsadga mu-
vofiq bo‘ladi. Bug‘ bilan yumshatilgan, ya’ni tert qilingan 
somonning ustiga sepib berilishi ham mumkin.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə