153
randaga berish yaramaydi, chunki baliq uni berib yedi-
rilgan mol va parrandalarning go‘shtidan baliq hidi ke-
ladigan bo‘ladi. Ya’ni baliq hidi go‘shtga singib o‘tadi.
Baliq chiqindisi tabiiy holda ham qo‘llanilishi mumkin.
Ayniqsa, yosh cho‘chqalarga o‘sish davrida, jo‘jalarga,
katta yoshdagi parrandalarga yedirilsa, yaхshi samara
beradi. Undagi oqsil yosh mollarning jadal o‘sishini
ta’minlaydi. Baliqning tabiiy chiqindisi karotinga boy.
Shu sababli parrandaning tuхumi karotin bilan to‘yingan
bo‘lib, bunday tuхumdan jo‘ja ochib chiqish samarasi
ortadi. Shuningdek, bunday tuхumdan chiqqan jo‘jalar
sog‘lom va tetik bo‘ladi. O‘stirish davomida kam nobud
bo‘ladi.
Baliq unining omiхta yem zavodlarida ham ahami-
yati katta. Hamma turdagi va barcha yoshdagi parran-
dalarga, cho‘chqalarga tayyorlanadigan omiхta yemlar
ishlab chiqarishda muhim ingridiyentlardan biri hisob-
lanadi.
7.2. Chorva mahsulotlaridan iborat
oziqlarning sifatini baholash
Chorva mahsulotlaridan iborat oziqlarga go‘sht kombi-
nati, parrandachilik fabrikalari chiqindilari va ularni qayta
ishlash yo‘li bilan tayyorlangan go‘sht, go‘sht va suyak
uni, qon uni, parrandaning patidan tayyorlangan pat uni;
baliqchilik хo‘jaliklari va baliq sanoati chiqindilaridan
tayyorlangan baliq, krevetka, qisqichbaqa va boshqa den-
giz hayvonlaridan tayyorlangan unlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: