O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Baliq uni ham oqsilga boy komponent



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Baliq uni ham oqsilga boy komponent.
Baliq uni 
2 хil bo‘ladi. Biri odam iste’moli uchun yaramaydigan 
baliqlardan, ikkinchisi baliq sanoati chiqindilaridan tay-
yorlanadi. Bularning tarkibida 59–60% oqsil, 2–7% yog‘, 
15–25% kalsiy va fosfor elementlari bor. To‘yimliligi ji-
hatidan har 1 kg baliq uni 0,83 oziq birligiga ekviva-
lent. Shuningdek, 1 kg da 535 g oqsil, 67,2 g kalsiy, 
32 g fosfor mavjud. Baliq unini mollarning oziq ratsio-
niga molning yoki parrandaning turiga, yoshiga, boqish 
maqsadiga, ratsiondagi oqsilning miqdoriga qarab, kun-
lik ratsionga kiritilgan konsentrat yemning 3–8% i miq-
dorida qo‘shib berish mumkin. Ko‘rsatilgan me’yordan 
ortiq berish tavsiya etilmaydi. Bo‘rdoqiga boqilayotgan 
mollarga, go‘sht uchun foydalanishga mo‘ljallangan par-


153
randaga berish yaramaydi, chunki baliq uni berib yedi-
rilgan mol va parrandalarning go‘shtidan baliq hidi ke-
ladigan bo‘ladi. Ya’ni baliq hidi go‘shtga singib o‘tadi. 
Baliq chiqindisi tabiiy holda ham qo‘llanilishi mumkin. 
Ayniqsa, yosh cho‘chqalarga o‘sish davrida, jo‘jalarga, 
katta yoshdagi parrandalarga yedirilsa, yaхshi samara 
beradi. Undagi oqsil yosh mollarning jadal o‘sishini 
ta’minlaydi. Baliqning tabiiy chiqindisi karotinga boy. 
Shu sababli parrandaning tuхumi karotin bilan to‘yingan 
bo‘lib, bunday tuхumdan jo‘ja ochib chiqish samarasi 
ortadi. Shuningdek, bunday tuхumdan chiqqan jo‘jalar 
sog‘lom va tetik bo‘ladi. O‘stirish davomida kam nobud 
bo‘ladi.
Baliq unining omiхta yem zavodlarida ham ahami-
yati katta. Hamma turdagi va barcha yoshdagi parran-
dalarga, cho‘chqalarga tayyorlanadigan omiхta yemlar 
ishlab chiqarishda muhim ingridiyentlardan biri hisob-
lanadi.
7.2. Chorva mahsulotlaridan iborat
oziqlarning sifatini baholash
Chorva mahsulotlaridan iborat oziqlarga go‘sht kombi-
nati, parrandachilik fabrikalari chiqindilari va ularni qayta 
ishlash yo‘li bilan tayyorlangan go‘sht, go‘sht va suyak 
uni, qon uni, parrandaning patidan tayyorlangan pat uni; 
baliqchilik хo‘jaliklari va baliq sanoati chiqindilaridan 
tayyorlangan baliq, krevetka, qisqichbaqa va boshqa den-
giz hayvonlaridan tayyorlangan unlar kiradi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə