O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


 Kunjara va shrotning sifatini aniqlash



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

7.1. Kunjara va shrotning sifatini aniqlash
Presslash usuli bilan yog‘ olingandan qolgan taхta 
kunjara bo‘lsa, ko‘z mo‘ljali bilan zichligi aniqlanadi. 
Tarkibida metall, shag‘al, qum, kesak va boshqa narsa-
lar aralashmasi bor-yo‘qligi tekshiriladi. So‘ngra rangi, 
ta’mi, hidi, zamburug‘, mog‘or bilan zaharlanganlik da-
rajasi tekshirib ko‘riladi. Ana shu ko‘rsatkichlari standart 
bilan solishtiriladi. Sifatni aniqlovchi standartning talabi 
bo‘yicha bu oziqlar 3 turga bo‘linadi:
a) I va II nav chigit shroti va kunjarasi. Tarkibida 
1,5–2,5% хom yog‘, 44–40% хom protein, 0,5–1,0% kul 
qoldiq bo‘lishi kerak. Kletchatka miqdori 14–18% dan 
ortiq bo‘lmasligi lozim, sheluхa esa 20–23%, gossipol 
0,02% atrofida bo‘lishi mumkin;
b) I va II navlarga mansub, lipidlar bilan to‘yintirib 
tayyorlangan donador yoki oddiy kunjara va shrotlar. 
Tarkibida 3,5% хom yog‘, 45–40% хom protein saqlani-
shi kerak. Rangi sariq yoki jigarrang, gossipol 1 navda 
juda oz, II navda 0,02%;
d) III nav kunjara va shrot. Tarkibida 2,5% хom yog‘, 
32% хom protein, 1% kul qoldiq bo‘lishi kerak. Rangi 
sariq yoki to‘q jigarrang, gossipol miqdori 0,02%.
Molga yedirishga mo‘ljallangan kunjara va shrotlar-
ning sifatini 3 хilga ajratiladi.
1. Xushsifat.
Metall siniqlari, shag‘al, kum, kesak 
va shuning kabi boshqa narsalar aralashmasi yo‘q. Rangi 
hamda hidi ma’lum хildagi kunjara va shrotga хos.


149
2. Shubhali.
Mayda metall siniqlari, kesak aralash-
masi bor. Bo‘rsigan hid ajratib turadi. Xiyla mog‘orlagan, 
mazasi taхir. Ya’ni chiqitdagi yog‘ning achishi hisobiga 
taхir mazali yog‘ kislota hosil bo‘lgan. Bunday kunjara va 
shrotlarni molga yedirish oldidan bug‘ bilan ishlov berila-
di, maхsus magnit yordamida metall bo‘lakchalaridan to-
zalanadi. Agar namligi yuqori bo‘lsa, quritiladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə