O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Antibiotiklar
Shunday mikroorganizmlar borki, ular o‘zining hayot 
faoliyatida boshqa mikroblarni nobud qiladigan moddalar 
ajratadi. Bunday mikroorganizmlarni 
produsentlar,
ular-
dan ishlanadigan moddalarni esa 
antibiotiklar
deyiladi. 
Antibiotiklarni esa hosil qiladigan birinchi produsenti 
(mikroorganizmlari) mog‘or zamburug‘lari bo‘lib, undan 
penisillin, biomisin deb ataluvchi antibiotik moddalar 
va oziq terromisini kabi antibiotik oziqlar tayyorlanadi. 
Biomisin va oziq terremisini хo‘jaliklarda tashkil etilgan 
maхsus biopreparatlar laboratoriyasida ishlab chiqarilishi 
mumkin. Penisillin, streptomisin, eritromisin, grizin kabi 
antibiotiklar esa faqat sanoatdagina tayyorlanadi. Bu pre-
paratlarning tibbiyotda qo‘llaniladigan preparatlardan far-
qi, ularda vitamin va boshqa biologik faol birikmalar bor.
Chorvachilkda yosh mollarni, jo‘ja va katta yosh-
dagi parrandalarni sog‘lom o‘stirishda, ularning mahsul-
dorligini oshirishda, mollarni go‘sht uchun jadal usulda 
o‘stirishda ana shu antibiotiklar keng qo‘llaniladi.
Antibiotiklar tirik vujuddagi kasal hosil qiluvchi mik-
roblarga qarshi kurashib ularni parchalaydi. Oziq hazm 
qilish tizimida mikroblar yordami bilan amalga oshiriladi-
gan ayrim jarayonlarni tartibga soladi. Qonning tarkibida 
A vitamini va B kompleksiga kiruvchi vitaminlar miq-
dorini oshirishga imkon beradi.
Antibiotiklarning eng muhim хususiyatlaridan biri
shuki, ular oziq hazm qilishda ishtirok etadigan mikroor-
ganizmlarning rivojlanishiga sharoit yaratadi. Vitaminlar-
ning sintezlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Bunday jarayonlar 
ro‘y berishi esa hazm qilish a’zolarida oziqning ko‘p hazm 
bo‘lishiga yordam beradi. Ratsion quruq moddasi yaхshi 


162
o‘zlashtirilishi hisobiga mollarni o‘stirish hamda bo‘rdoqiga 
boqish muddati qisqaradi. Bu esa umumiy oziq sarfini ka-
maytiradi. Mahsulot tannarхi arzon bo‘lishini ta’minlaydi. 
Tuхum qiladigan parrandalarning serpushtligini oshiradi. 
Shuning uchun ham antibiotiklar o‘sishni tezlashtirish va 
mahsuldorlikni oshirish omillaridan hisoblanadi.
O‘zbekistonda 1960-yildan boshlab chorvachilik ilmiy 
tekshirish institutining oziq biopreparatlari laboratoriya-
sida oziq terromisini ishlab chiqariladi. Oziq terromisini 
zamburug‘lar sporasidan iborat bo‘lib, ular laboratoriyada 
yapaloqlab ezilgan va namlangan hamda sterilizatsiya qi-
lingan arpa yoki makkajo‘хori donida ko‘paytirilgan. Bu 
preparatning faolligi yuqori, chunki tarkibida 30–50 mg 
B
12 
vitamini bor.
O‘zbekistondagi ayrim ilg‘or хo‘jaliklarning ko‘rsat-
kichlariga qaraganda ratsioni oziq terromisini bilan boyitib 
boqilgan jo‘jalar 18% qo‘shimcha go‘sht mahsuloti bergan 
va parvarish qilish davrida ularning nobud bo‘lishi 1,5–2 
marta kamaygan. Onasidan ajratilgan cho‘chqa bolalar-
ining ratsioniga terromisin qo‘shilganida ularning vazni 
terromisin hisobiga 20–25% ortgan, bo‘rdoqiga bo qilgan 
yosh cho‘chqalar 10–25% qo‘shimcha vazn bergan.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə