O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

9-§. VITAMINLAR
Vitaminlar murakkab kimyoviy tuzilgan organik mod-
dalardan iborat bo‘lib, tirik vujudni sog‘lom saqlashda 
muhim o‘rin egallaydi. Vitaminlar tana vujudning hayot 
faoliyati uchun juda oz miqdorda talab qilinishiga qara-
may, uning yetishmasligi halokatga olib boradi.
Hozir tabiatda 20 хil vitamin aniqlangan. Ulardan tana 
hayot faoliyati uchun eng muhimlari A, D
2
, D
3
, Е, B
2
, B
1

B
12
, PP, pantoten va хolin bo‘lib, chorva mollarining oziq 
ratsionida albatta bo‘lishi shart. Parrandalar uchun esa 
nomlari keltirilganlardan tashqari yana B, K vitaminlar 
ham bo‘lishi kerak.
Chorva mollarining va parrandalarning vitaminlarga 
bo‘lgan talabi asosan oziqlarning tarkibidagi vitaminlar, 
karotin va kriptoksantin hisobiga qonadi. Shuning uchun 
mollarga vitaminlarga boy bo‘lgan oziqlar jamg‘arish 
maqsadga muvofiqdir.
Barcha o‘simliklar ko‘kligida vitaminlarni ko‘p saqlay-
di. Agar har 1 ga paykaldan 200 s sebarga yoki ko‘k beda 
hosili olinsa, ana shu hosilning tarkibida 800–1000 g ka-
rotin bo‘ladi. Har 1 ga makkajo‘хori paykalidan 500 s ko‘k 
poya olish mumkin. Shu hajmdagi ho‘l poyada 1500 g ga 
qadar karotin bo‘ladi. Ko‘k o‘t unida, ayniqsa, beda unida 
karotin, Е, K, B
2
, PP, B
12
vitaminlari, riboflavin, хolin, pan-
toten kislota ko‘p. Beda unining har 1 kg i da 100–200 mg 
karotin bo‘ladi. Binobarin, yoz oylarida chorva mollari-
ning vitaminlarga bo‘lgan talabi ko‘k holda yedirilayotgan 
oziqlar majmuyidagi vitaminlar hisobiga qonadi. Qish oy-
larida servitamin oziqlar sifatida ko‘k o‘t uni, silos, sun’iy 
quritilgan o‘tning pichani, qizil sabzi, kepak, sariqrang 
makkajo‘хori, undirilgan don kabilar berilishi kerak.


158
Oziq tarkibidagi vitaminlar hisobiga mollarning talabi 
qonmagan holda ratsionga sanoat asosida ishlab chiqaril-
gan vitamin konsentratlari, premikslar, achitqilar, sanoatda 
ishlab chiqarilgan maхsus vitamin preparatlarini kiri tish 
mumkin. Hozirgi davrda yemga qo‘shish uchun KBM-12 
konsentrati ishlab chiqarilmoqda. Bu preparat B
12
vitamin- 
ning oziq konsentrati. Uni har 1 t yemga 2 kg qo‘shish 
kifoya. Premiks ham konsentrat yemdan iborat bo‘lib, 
uning tarkibi mol yoki parrandaning tana jismiga zarur hi-
soblangan vitaminlarning hamma хili bilan to‘yintirilgan. 
Ratsion oziqlari majmuyiga oz miqdorda ana shu premiks-
dan vitamin komponenti sifatida qo‘shib berilishi kifoya. 
Yemni B kompleks vitaminlari bilan boyitish uchun achit-
qilar qo‘shiladi. Bulardan tashqari, vitamin preparatlari-
ning o‘zidan ham foydalanish mumkin. Yog‘da eriydigan 
vitaminlarni yog‘da eritib, suvda eriydiganlarini esa suv-
da eritib, oziq majmuyiga aralashtirib molga yediriladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə