O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

10-§. MIKROELЕMЕNTLAR. 
ANTIBIOTIKLAR
Mikroelementlarga temir, mis, kobalt, ruх, molibden, 
yod, selen, marganes va boshqa shuning kabi elementlar 
kiradi. Ular tana jismida oz miqdorda bo‘lishiga qara-
may, agar biror хili yetishmasa, jonzodning hayoti хavf 
ostida bo‘ladi, chunki mikroelementlar asosan fermentlar, 
gormonlar, vitaminlar kabi faol biologik birikmalarning 
tarkibiy qismiga kiradi. Ular o‘simlik, hayvon yoki odam 
vujudidagi, ya’ni umuman tirik tana jismidagi biologik va 
fiziologik jarayonlarni risoladagidek borishini ta’minlab 
turadi.
Hayvonlarda mikroelementlarga ehtiyoj keskin sezil-
maydi. Bordi-yu zarur bo‘lib turgan holda ham ehti-


159
yoj oziq tarkibidagi elementlar hisobiga qonadi. Ammo 
yaylov o‘simliklarining tarkibidagi mikroelementlar 
hamma hududda ham mollarning talabini qondira oladi 
deb bo‘lmaydi. Masalan, asosan qo‘y ko‘p boqiladigan 
yaylov o‘tlarida mis elementi yetishmaydi. Yaylovlarda-
gi o‘simliklarning har bir kilogramm quruq moddasida 
faqat 3 mg atrofida mis elementi bor. Me’yor bo‘yicha 
esa chorva mollarining turiga qarab 5–20 mg talab 
qilinadi. Uning yetishmasligi natijasida shu yaylovlar-
da boqilayotgan qo‘y va echkilar, qoramollar, ba’zan 
cho‘chqa va parrandalar falaj kasalligiga uchraydi. Bu 
kasallikning boshlanishida mol gavdasining orqa qismi 
zaiflashadi, so‘ngra oldingi va keyingi oyoqlari falaj 
bo‘lib qoladi. Ammo mollarning oziqqa ishtahasi va 
tana haroratida o‘zgarish ro‘y bermaydi. Keyinchalik, 
falaj kasalligining kuchayishi orqasida mollarning hazm 
qilish a’zolari ishdan chiqadi. Natijada mol oriqlaydi 
va nobud bo‘ladi. Ayrim hollarda mis elementi yetish-
masligi sababli mollar qisir qoladi. Qo‘ylarning esa jun 
mahsuldorligi kamayadi. Qorako‘lchilikda ko‘proq qo‘zi 
terisining guli sifatsiz bo‘lib tushadi. Qo‘ylarni bunday 
kasalliklardan saqlash uchun har bosh qo‘yga 10 mg va 
qo‘zilarga 5 mg miqdorida mis kuporosi suvda eritib 
ichirilishi kerak.
Qoramol tanasida mis elementi yetishmasa, ularda 
anemiya (qamqonlik kasali) kasalligi paydo bo‘ladi. Teri 
usti jun qoplami oqaradi. Oshqozonning ish faoliya-
ti buziladi. Mollar qisir qoladi. Bunday holat ko‘proq 
O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyatining Guliston 
tumani qoramolchilik хo‘jaliklarida uchraydi. Chunki shu 
tumandagi yaylov o‘simliklarida mis elementi juda kam. 
Demak, mazkur hududlarda qoramollarni ana shu kasal-


160
liklardan saqlash uchun ularga olti oy davomida har bir 
molga sutkasiga 50–60 mg mis kuporosini suvda eritib 
ichirish maqsadga muvofiq keladi.
Yaylov o‘simliklari tarkibida (bir kilogramm quruq 
moddaning tarkibida) kobalt (B
12 
vitamini) elementi 
0,2 mg dan kam bo‘lsa, shu yaylovda boqilgan qoramol, 
qo‘y va echkilar kasallikka chalinadi. Xastalikning dast-
labki davrida mollarning ishtahasi bo‘lmaydi. Oziq 
yemay qo‘yadi. Qoni kamayadi. Juni hurpayadi. Ba’zi 
joylaridagi juni to‘kiladi, mahsuldorligi keskin kamayadi. 
Kasallangan sigirlardan tug‘ilgan buzoq nimjon tug‘ma 
zaif bo‘ladi. Ular o‘sishdan qoladi va keyinchalik nobud 
bo‘ladi.
O‘zbekiston yaylovlaridagi o‘tlar tarkibida kobalt 
yetar li miqdorda bor. Ammo bo‘g‘oz mollarga va olti oy-
likkacha bo‘lgan buzoqlarga tabiiy o‘t tarkibidagi kobalt-
ning o‘zi kamlik qiladi. Shuning uchun qoramolga 10–15, 
buzoqlarga 3–8, qo‘ylarga 2–3 va qo‘zilarga 1–2 mg, 
cho‘chqalarga ularning har 100 kg vazni hisobiga 3–6 mg 
kobalt хlorid, parrandalarga ularning har bir kilogramm 
ozig‘i hisobiga 2–3 mg kobalt karbonat berish tavsiya eti-
ladi.
Yuqorida qayd qilingan mikroelementlardan qoramol, 
qo‘y, echkilar, cho‘chqa va parrandalar uchun yod, ruх, 
marganes kabi elementlar ham oz miqdorda bo‘lsa-da, 
zarur. Agar shulardan birontasi yetishmay qolsa, chorva 
mollari, parrandalar albatta kasallikka chalinadi. Bu hol 
ularning mahsuldorligi pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. 
Shuning uchun mollarga yoki parrandalarga ratsion tu-
zishda ana shu elementlarning ratsionda yetarli miqdorda 
bo‘lishini hisobga olish kerak.


161

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə