O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Go‘sht, go‘sht va suyak uni.
Iste’mol uchun yara-
maydigan ichki a’zolar, nobud bo‘lgan embrionlar, fibrin 


154
va suyak, oziq uchun ishlatilmaydigan molning so‘yilgan 
tanasini quritib, un qilib tayyorlanadi; qon uni, fibrin, 
go‘sht va suk unlari ham quritib maydalanadi va un ho-
liga keltiriladi.
Dengiz hayvonlaridan tayyorlangan oziqlar.
Ular 
un holida yoki donador qilib tayyorlanishi mumkin. 
Standartning talabi bo‘yicha donador oziq granulala-
rining uzunligi 30 mm, diametri 20 mm dan oshmasligi 
kerak.
Chorva mahsulotlaridan tayyorlangan unlarning sifa-
tini aniqlash uchun ma’lum to‘pdagi qoplarning 10% i 
dan shup yordamida 1,5 kg namuna olinib, laboratoriyaga 
yuboriladi. Namunaning namligi, kul qoldig‘i va proteini 
zooteхnika tahlili bilan aniqlanadi. Yog‘ miqdori saks-
let apparati yoki Abbe reftaktometri yordamida topiladi. 
Oziqda protein qanchalik ko‘p bo‘lib, yog‘ va kul qoldiq 
kam bo‘lsa, shunchalik bu un yuqori sifatli hisoblanadi 
(6-jadval). Ularning tarkibida osh tuzi 5%, qum aralash-
masi 1% bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Baliq, krevetka, qis-
qichbaqa va boshqa dengiz hayvonlarining unida kalsiy 
13%, fosfor 5% dan ortiq bo‘lishi standartga mos emas. 
Seryog‘ chiqindilardan tayyorlangan unlarda yog‘ miqdo-
ri 22% namlik esa 8% dan ortiq bo‘lishi standart talabiga 
to‘g‘ri kelmaydi.
Xo‘jalik sharoitida bu oziqlarga rangi, hidi, maydaligi, 
begona narsalar bilan ifloslanganlik darajasi bo‘yicha baho 
beriladi. Standartga taalluqli un quruq, mog‘orlamagan, shu 
хildagi oziqqa хos hidli bo‘lishi lozim. Oziq yaхshi may-
dalangan bo‘lib, uni ko‘zlari 3 mm yiriklikdagi g‘alvirdan 
elab o‘tkazilganda g‘alvir ko‘zidan o‘tmay qolgan qismi 
5% dan oshmasligi kerak. Shuningdek, saqlanish muddati 
6 oydan oshirilmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi.


155
6-jadval

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə