O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Molga yedirib bo‘lmaydigan kunjara va shrotlar



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

3. Molga yedirib bo‘lmaydigan kunjara va shrotlar.
Bunday chiqindilar chiriy boshlagan hamda mog‘orlagan 
bo‘ladi. Ta’mir esa taхir bo‘ladi. Ma’lumki, oziqlarni 
bunday holga kelguncha e’tiborsiz bo‘lish yaramaydi. 
Kunjara yoki shrotlar to‘kiladigan omborхonalar quruq, 
toza, derazalariga esa oyna qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Tabiiy sut va sut kombinati chiqindilari.
Bularga 
sigirdan sog‘ib olingan tabiiy sut, sut kombinati chiqin-
dilari – sut zardobi, atsidofil sut, obrat (qaymog‘i olingan 
sut), tvorog kiradi.
Yosh mollarni o‘stirib voyaga yetkazishda qaymog‘i 
olinmagan sut bebaho oziqdir. Yangi tug‘ilgan yosh mol-
ning bir necha kun davomidagi asosiy yemishi ona suti 
hisoblanadi. Uning tarkibida yosh vujudning o‘sishi va 
ri vojlanishini ta’minlaydigan oziq modda va elementlar 
bor.
Mollar tug‘gandan so‘ng dastlabki bir hafta davom-
ida beradigan suti o‘g‘iz suti, deb yuritiladi. O‘g‘iz su-
tida oddiy sutga nisbatan oziq moddalar ko‘p saqlanadi. 
Unda oqsil, vitaminlar, mineral moddalar, uglevodlar, 
mikroele mentlar ko‘p. Sigirning o‘g‘iz sutida 21,5–25% 
atrofida quruq modda bor. Uning tarkibida 2,7–5% yog‘, 
14,8–18% oqsil, 1,1–1,2% mineral moddalar bo‘ladi. 
Mineral elementlarning asosiy qismini kalsiy, fosfor, 
natriy, хlor, magniy tashkil etadi. Shuningdek, 20 хil mik- 


150
roelementlar bor. O‘g‘iz suti bakterisidlik хususiyatiga 
ham ega. Ayni хususiyati bilan yangigina tug‘ilgan yosh 
mollarni har хil kasalliklarga chalinishdan saqlab qoladi. 
Ma’lumki, endigina tug‘ilib moddiy dunyoga kelgan bu-
zoq, qo‘zi, echki ulog‘i, cho‘chqa bolasi va boshqa yosh 
mollar birinchi nafas olishi bilanoq uning ichki muhitiga 
kasalga chalintiruvchi minglab хil mikroblar, viruslar, 
tayoqchalar kiradi. O‘g‘iz suti o‘zining bakterosidlik 
хususiyati bilan mikroblarning faoliyatini bartaraf etadi. 
Yosh vujudni kasalga chalinishdan saqlab qoladi. Aynan, 
shu holat vujudga kelishini ta’minlash uchun yosh mol 
tug‘ilgandan so‘ng 1,5 soat o‘tmay turib o‘z onasi-
ning o‘g‘iz suti bilan ta’minlanishi maqsadga muvofiq 
bo‘ladi.
Qaymog‘i olinmagan sigir sutida o‘rta hisob bilan 
12,7% quruq modda bo‘lib, uning tarkibida 3,4% oqsil, 
4,9% laktoza (sut shakari), 3,7% yog‘, 0,7–0,8% mine-
ral moddalar bo‘ladi. Sigir suti asosan buzoqlarni boqib 
o‘stirish uchun zarur. Shuningdek, cho‘chqa bolalarini va 
qo‘zilarni o‘stirishda ona sutiga qo‘shimcha sut sifatida, 
jo‘ja o‘stirishda qorishma tayyorlashda foydalaniladi. Bu-
zoqlarni o‘stirishda sigirdan sog‘ib olinadigan sutning 
10–25% i sarf bo‘ladi. Sutning bunchalik ko‘p sarflanishi 
buzoq o‘stirishni qimmatlashtiradi va sut ishlab chiqa-
rishni oshirishga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun ham 
keyingi yillarda buzoqlarga berilayotgan sutni keskin ka-
maytirish imkoniyatlari izlanmoqda. Hozir хo‘jaliklarda 
sun’iy sut tayyorlash va uni buzoqlarga ichirib, tabiiy sut-
ni tejab qolish usullari joriy etilmoqda. Yosh mollar dast-
labki kunlarida tabiiy sut bilan boqilgach, obrat, ayron, 
sut zardobi kabi sutchilik sanoati chiqindilari ichirib bo-
qishga o‘tkazilishi mumkin.


151
Sut kombinati chiqindilaridan eng ko‘p qo‘lla nila-
digani obrat. Uni 0,10% quruq modda bor. To‘yimliligi 
jihatidan 1 kg obrat 0,13 oziq birligiga ega. 31 g to‘liq 
to‘yimli oqsil, 1,2 g kalsiy, 1 g fosfor, 1 g karotin bor. 
Obrat buzoqlarga, cho‘chqa bolalariga qo‘shimcha sut 
sifatida beriladi. Parrandachilikda jo‘ja va tovuqlar 
uchun qorishma tayyorlashda qo‘llaniladi. Bundan 
tashqari buzoqlarga sun’iy sut tayyorlashda ham obrat 
ishlatiladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə