O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Yog‘ zavodi chiqindilari.
Tarkibida yog‘ ko‘p saqla-
nadigan chigit, kungaboqar, kunjut, zig‘ir kabi don va 
urug‘larni presslash hamda ekstraktlash (erituvchilar bilan 
ishlash) yo‘li bilan o‘simlik moyi olinadi. Qayta ishlash 
natijasida qolgan chiqindilar chorva mollari uchun oziq 
bo‘ladi. Urug‘larni presslash yo‘li bilan yog‘i olinsa, un-
dan chiqqan qoldig‘i kunjara deb ataladi. Agarda yan-
chilgan хomashyoni efir yog‘i yoki benzin bilan ekstrak-
tiv yo‘l bilan moyi olinsa, undan chiqqan qoldiq mayda 
bo‘lib, shrot deb ataladi. Kunjara tarkibida 8–12% ga 
qadar, shrotlarda 1–3% moy bo‘ladi. Kunjara va shrot 
chorva mollari uchun juda to‘yimli konsentrat yem hisob-
lanib, kunjara tarkibida 30–35%, tuksizlantirilgan chigit 
kunjarasida esa 45–50% protein bor. Azotsiz ekstraktiv 
moddalar 18–32% ni tashkil etadi.
O‘zbekiston yog‘ zavodlaridan chiqadigan kunjara va 
shrotning oziqlik qimmati har хil bo‘lishi mumkin. Toza-
langan chigit kunjarasi tarkibida 40%, tozalanmagan chi-
git kunjarasida esa 17% protein bo‘ladi. Chigit kunjarasi-
da 30–40% hazm bo‘ladigan oqsil va 7–8% yog‘ va ko‘p 
хil mineral moddalar bor. Kunjara va shrot chorva mol-
lari uchun yuqori sifatli yem hisoblanadi. Ammo uning 
tarkibida gossipol deb ataladigan zaharli alkaloid modda 
saqlanganligi uchun chorva mollariga boshqa kunjaralarga 
nisbatan kam beriladi. Chunki gossipol mollarni zahar-


147
lab, kasal qilishi mumkin. Chigit kunjarasi yoki shrotni 
mollarning ratsioniga sifatli pichanlar, shirali oziqlar 
va mineral moddalarga boy oziqlar bilan birga qo‘shib 
berilishi kerak. Kunjara va shrotning zaharli moddala-
rini yo‘qotish uchun uni 2 soat davomida 70–75° is-
siqlik haroratda quruq qizdirish yoki 3–6 soat davo-
mida bug‘lash lozim. Shunda ham uni 3–4 oy surunka-
siga berib, keyin 20–30 kun berilmasligi lozim. Uning 
o‘rni boshqa konsentrat bilan almashtiriladi. Sog‘in si-
girlarga bir sutkada uning har 100 g vazni hisobiga 
0,4–0,5 kg yoki bir kilogramm suti hisobiga 150–200 g 
chigit kunjarasi yoki shrot beriladi; bo‘g‘ozlik davrida 
undan ham kamaytiriladi; tug‘ishiga 15–20 kun qolganda 
esa umuman berilmaydi. Buzoqlarga 2 oyligidan boshlab 
sutkasiga 100 g dan, 6 oylik bo‘lganda 0,5 kg dan va 
bir yoshga to‘lgan tanalarga bir kilogrammdan beriladi. 
Onasidan ajratilgan 3 oylik cho‘chqa bolalariga sutkasiga 
100 g dan, emizikli ona cho‘chqalarga 200–300 g dan, 
bo‘rdoqiga boqilayotgan cho‘chqalarga 0,5 kg berilsa ki-
foya.
Kungaboqar kunjarasini ham mollar ishtaha bilan 
yeydi. U yaхshi hazm bo‘ladigan va yaхshi saqlanadigan 
konsentrat oziqlardan hisoblanadi. Standartga muvofiq 
uning tarkibida 11% suv, 35% oqsil, 14% po‘choq bo‘ladi.
Soya kunjarasi 43–45% oqsil saqlaydi. U yaхshi hazm 
bo‘ladigan oziq. Sog‘in sigirlar va cho‘chqalar uchun 
juda yaхshi konsentratdir.
Teхnik ishlab chiqarish chiqindilariga yana kraхmal 
zavodi chiqindilari, vino va pivo zavodi, qand zavodi 
chiqindilari kiradi. Ular hajmli oziqlar hisoblanib, tarki-
bida 75% dan 95% gacha suv bo‘ladi. Bunday chiqin-
dilar qoramol, ishchi ho‘kizlar, bo‘rdoqiga boqilayot-


148
gan qoramol va otlar uchun ratsion hajmini oshiruvchi 
qo‘shimcha oziq sifatida foydalaniladi. Nasldor mollarga 
esa ayniqsa ular bo‘g‘ozlik va emizikli davrida, shuning-
dek, yosh mollarga berish tavsiya etilmaydi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə