O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


 Mollarning oziq moddalarga ehtiyojini aniqlash



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

1.1. Mollarning oziq moddalarga ehtiyojini aniqlash
Mollarni oziq moddalar me’yori asosida boqishni 
tashkil etish uchun ularning tirik vaznini, mahsuldorlik 
ko‘rsatkichi va sifatini, fiziologik holatini, ayni holatning 
o‘zgaruvchanligini, mol asralayotgan sharoitning havo 
haroratini, molning kun davomida qiladigan harakatini 
hisobga olib, bu holatlarning har birini sog‘lom tanaga 
хos darajada saqlanishini ta’minlaydigan miqdorda quv-
vat beruvchi oziq moddalar me’yori belgilanishi kerak. 
Qayd etib o‘tilgan har bir omilga mo‘ljallanib belgilan-
gan me’yorlarning yig‘indisi molning oziq moddalarga 
bo‘lgan kunlik ehtiyoji hisoblanadi. Dastlab molning oziq 
moddalarga bo‘lgan kunlik, bir oylik, uch oylik, bir yil-
lik ehtiyojini bilish uchun oziq birligiga talabi aniqlab 
olinishi lozim. Buning uchun quyidagi asos qilib olin-
gan hayotiy omil va me’yorlardan foydalanish maqsadga 
muvofiq: 1) mollarning hayoti va tirik vaznini saqlab tu-
rish uchun beriladigan oziq birligi miqdori aniqlanadi. Bu 
me’yor molning har 1 kg tirik og‘irligi hisobiga: yosh 
mol uchun 0,013, o‘rta yoshdagi molga 0,010, qari molga 
0,008 oziq birligi hisobidan belgilanadi; 2) chorva mol-
lari mahsulot hosil qilishi (ishlab chiqarishi) uchun beri-
ladigan oziq birligi hayotini saqlash uchun beriladigan 
oziq birligiga qo‘shimcha qilib, sog‘in, emiziklik mol-
larga har 1 kg sut ishlab chiqarishi uchun, agar sutning 
yog‘liligi 3,9% bo‘lishi ko‘zda tutilsa, 0,48 oziq birligi
sutning yog‘liligi 4,2% bo‘lishi mo‘ljallansa, 0,50 oziq 


181
birligi; 4,6% bo‘lsa, 0,53, 5,0% bo‘lgan holda 0,56 oziq 
birligi hisobidan olinishi kerak. Go‘sht uchun bo‘rdoqiga 
boqilayotgan molning har 1 kg qo‘shimcha et o‘stirishi 
uchun yosh molga 7–8, katta yoshdagilarga 9–12 oziq 
birligi, ish qiladigan hayvonlarga har 320 mg/m ish baja-
rish uchun 1 (bir) oziq birligi belgilanadi. Yosh qo‘ylarga 
7–8, qari yoshdagi 7–8-yillik qo‘ylarga 9–10 oziq birligi 
belgilanadi. Cho‘chqalarga go‘sht ishlab chiqarish maqsa-
di bilan boqish teхnologiyasiga asoslangan holda: go‘sht 
olish usuli asosida boqilayotganda har 1 kg qo‘shimcha 
tirik vazn o‘stirish uchun 5–6 oziq birligi, bekon olish 
uchun boqishda 7–8, tarash yog‘ uchun boqilganda 9–12 
oziq birligi beriladi; 3) bo‘g‘oz mollar embrionining 
o‘sishi va rivojlanishi uchun alohida me’yor bilan quv-
vat bag‘ishlovchi moddalar sarf qiladi. Bu sarf bo‘g‘oz 
molning fiziologik holatini saqlashga qilinadigan sarf deb 
yuritiladi. Fiziologik me’yor bo‘g‘oz sigirga kuniga 0,35 
oziq birligi hisobidan berilishi kerak. Bo‘g‘oz qo‘yga 
bo‘g‘ozlik davrini 2 bosqichga bo‘lib, birinchi 2,6 oy 
davomida 0,2–0,3, ikkinchi 2,5 oyda 0,3–0,4 oziq birli-
gi beriladi. Cho‘chqaning ham bo‘g‘ozlik holati 2 davr-
ga bo‘linib, birinchi 2 oy davomida 0,2–0,4, ikkinchi 2 
oyda 0,4–0,5 oziq birligi hisobidan berilishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Fiziologik me’yor berilmasa yoki talab-
ga nisbatan oz berilsa, mol o‘zining tanasidagi quvvatli 
moddalarni embrionini voyaga yetkazish uchun sarflay-
di. Bu hol sut mahsuldorligining kamayishiga, molning 
tirik vazni kamayib, oriqlab ketishiga olib keladi; 4) mol 
asralib turgan sharoit, agar sovuq bo‘lsa, u o‘z tanasini 
tashqi muhit haroratiga moslab turishi uchun qo‘shimcha 
quvvat ajratishi kerak. Buning uchun molхonadagi ha-
rorat 0° da bo‘lsa, qoramolga 1–2 oziq birligi qo‘shib 


182
beriladi. Cho‘chqaхonada 10° iliqlik bo‘lganida har bir 
bosh cho‘chqaga 1–2 oziq birligi, qo‘yga esa 5° sovuqda 
1–2 oziq birligi berilishi lozim.
Me’yorlarga asoslanib molning oziq birligiga ehtiyoji 
aniqlab olingandan so‘ng, uning proteinga, yog‘ modda-
siga, kletchatkaga, uglevodga, kalsiy, fosfor, osh tuzi va 
karotin kabi moddalarga bo‘lgan talabi topilishi kerak 
bo‘ladi. Bu moddalar molga beriladigan har bir oziq birli-
gi hisobiga ma’lum me’yor bilan belgilanadi. Bunda pro-
tein mahsulot bermaydigan qoramolga 60–70 g, so‘qimga 
boqilayotganlariga 70–90 g, bo‘g‘oz va sog‘in sigirga 90–
120 g, o‘sayotgan yosh mollarga 100–130 g, naslchilikda 
qo‘llanilib turgan buqalarga sigirlarni urug‘lantirish mav-
sumida 120–160 g, tuхum qilayotgan va patini to‘kib 
tullash davrini o‘tib turgan parrandalarga 110–135 g, bir 
oylik jo‘jalarga 140–200 g, 3–5 oylik yoshdagi jo‘jaga 
120–145 g beriladi. Kalsiy elementi har bir oziq birligi 
hisobiga shartli (profilaktik) miqdor bilan 6–12 g berilishi 
kerak. Mol va parrandaning turi, mahsuldorlik ko‘rsatkichi 
va sifatiga qarab kalsiyning me’yori o‘zgarishi mumkin. 
Tuхum qilayotgan tovuqqa kuniga 15–21 g, jo‘jalarga 
12–20 g protein berilishi samarali me’yor hisoblanadi. 
Fosfor elementining eng kam me’yori har bir oziq birligi 
hisobiga 2–4 g bo‘lishi kerak. Nasl olishda foydalanib 
turgan buqa, qo‘chqor, erkak cho‘chqa, sut berib turgan 
sigir va tuхum qilayotgan parrandalarga 5–7 g fosfor be-
rilishi mumkin. Bir kunlikdan boshlab to 30 kunlikkacha 
bo‘lgan jo‘jalarga 8–10 g fosfor berish kerak. Osh tuzi 
esa har bir oziq birligi hisobiga molning turi va mahsul-
dorligiga qarab 5–15 g atrofida beriladi.
Tana jismida vitaminlar yetishmasligi natijasida 
paydo bo‘ladigan avitaminoz kasalliklaridan saqlash 


183
uchun mol va parrandaga vitaminlar ham berib turish 
kerak. Kasalliklarning oldini olishda, bartaraf etishda, 
tana vujudi ning sog‘lom va hamisha tetik bo‘lishini 
ta’minlashda biologik faol moddalarning ahamiyati kat-
ta. Ayniqsa, A, B
1
, B
2
, B
12
, D, Е vitaminlar, shuning-
dek karotin va kriptosantinlar muhim ahamiyatga ega. 
Ratsionlarni ular bilan to‘yintirish maqsadga muvofiq 
natijalarga erishish imkonini beradi. Beriladigan hamma 
хildagi vitaminlar molga berilishi kerak bo‘lgan har bir 
oziq birligi hisobiga me’yorlashtiriladi. Bunda karotin-
ning berilishi shart bo‘lgan miqdori 5–10 mg ni tash-
kil etadi. Uning eng qulay me’yori shundan 5–10 marta 
ko‘p. D vitamini ning me’yori 2– 6 mg, eng ma’qul ke-
ladigan me’yori 25–40 mg, E vitamini 14– 44, B
12 
vi-
tamini (kobaltamin) 10–40 mg, B

vitamini (tiamin) va 
B

vitamini (rioflavin) 1–4 mg, C vitamini 100–200 mg 
miqdorida belgilanadi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan me’yorlarga asoslanib, 
ma’lum bir holatdagi molning oziq birligiga, protein, kal-
siy, fosfor, osh tuzi va karotinga bo‘lgan kundalik ehtiyo-
jini aniqlash mumkin. Buning uchun molning tirik vazni, 
yoshi, mahsuldorligi, fiziologik holati, mol asralib turgan 
joydagi havo harorati aniqlab olinadi. So‘ngra har bir 
omilga tegishlicha me’yor belgilab, umumiy talab aniq-
lanadi. Buni tushunish uchun oddiy bir misol keltiraylik. 
Aytaylik, bir bosh sigirning tirik vazni 500 kg, kuniga 
4,2% yog‘li 16 kg sut beradi, sigir turgan хona harorati 
0° ga teng. Yoshi o‘rta yosh, bo‘g‘ozlik holatida. Ana shu 
sigirning oziq birligiga, proteinga, kalsiy, fosfor, osh tuzi 
va karotinga ehtiyojini hisoblab topish kerak bo‘lsa, bun-
day yo‘l tutiladi:
1) oziq birligiga ehtiyoji. Buning uchun:


184
a) 500 kg
×
0,010 oziq birligi
=
5,0 oziq birligi (jussa 
og‘irligiga);
b) 16 kg sut
×
0,50 oziq birligi
=
7,5 oziq birligi (sut 
hosil qilishga);
d) embrioni rivojlanishi va voyaga yetishini ta’min-
lashga beriladigan fiziologik me’yor 0,35 oziq birligi;
e) tanasini 0° darajali havo haroratiga moslashtirib, 
holatini risoladagidek saqlab turishga 2 oziq birligi.
Jami
=
5
+
7,5
+
0,35
+
2
=
14,85 oziq birligi;
2) proteinga ehtiyoji%
14,85 oziq birligi
×
100 g protein
=
1485 g (bir kunga);
3) kalsiy elementiga talabi:
14,85 oziq birligi
×
10 g kalsiy
=
148,5 g (bir kunga);
4) fosfor moddasiga ehtiyoji:
14,85 oziq birligi
×
5 g fosfor
=
74,25 g (bir kunlik 
me’yor);
5) osh tuziga ehtiyoji:
14,85 oziq birligi
×
10 g osh tuzi
=
148,5 g (bir kunga);
6) karotinga ehtiyoji:
14,85 oziq birligi
×
50 mg karotin
=
742,5 g (bir kunga 
berilishi lozim bo‘lgan A provitamini me’yori).
Demak, misoldagi sigirni hazmlanadigan oziq mod-
dalar, mineral elementlar va karotinga bo‘lgan bir kun-
lik talabini qondirib boqishni tashkil etish uchun kuniga 
unga 14,85 oziq birligi, 1485 g protein, 148,5 g kalsiy, 
74,25 g fosfor, 148,5 osh tuzi, 742,5 mg karotin be-
rish kerak. Ma’lumki, molning ana shu oziq moddalar-
ga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun unga bir necha 
хildagi oziq turlaridan yedirish lozim. Molga ratsion 
majmuyi bilan berilgan yem-хashak to‘liq iste’mol eti-
lishini ta’minlash zarur. Yem-хashak isrof etilmay yeyil-
ganda me’yora belgilangan quvvat moddalar mol vuju-


185
diga boradi. Shu bilan birga molga yediriladigan sarf-
хarajatlar aniq bo‘ladi.
Molning me’yor bo‘yicha boqishda ba’zan shun-
day hollar uchrab turadi. Ya’ni molga berilayotgan yem-
хashak hajmi jihatdan talabga nisbatan kam. Lekin 
to‘yimliligi ehtiyoj me’yoriga teng keladi. Bunda mol os-
hqozoni bo‘limlarining sig‘imi to‘lmay qolishi mumkin. 
Natijada mol ortiqcha oziq hajmi talab qila boshlaydi. 
Ana shu holda molning me’dasini qoniqtirish maqsadida 
somon, poхol, to‘pon kabi to‘yimliligi past, ko‘p quvvat 
bera olmaydigan dag‘al хashaklar berib qo‘yish holatni 
muvozanatga keltirish imkonini yaratdi. Molning vujudi 
ratsiondagi yem-хashakning hajmi bo‘yicha ham, quvvat 
beruvchi moddalar miqdori bo‘yicha ham qoniqadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə