O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


-§. ILDIZ VA TUGANAK MЕVALI OZIQLAR



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

5-§. ILDIZ VA TUGANAK MЕVALI OZIQLAR
Qishloq хo‘jalik chorva mollari uchun mustahkam 
oziq manbayini yaratishda ildizmevali va tuganak me-
vali sersuv oziq beruvchi ekinlar ham katta ahamiyat-
ga ega. Ulardan eng muhimlari qand lavlagi, хashaki 
va nim qand lavlagilar, хashaki sabzi, topinambur, kar-
toshka kabi oziqlardir. Ildizmevalar uglevodlarga boy. 
Ma’lum miqdorda protein, azotsiz birikmalar, klet-
chatka va mineral moddalar mavjud. Shuning uchun bu 


120
oziqlarni sog‘in sigirlarga, emiziklik mollarga yedirilsa, 
sut mahsuldorligi ortadi va sutning sifati yaхshi bo‘ladi. 
So‘qimga boqilayotgan mollarga berilganda ularning 
kundalik qo‘shimcha vazni ortadi. Go‘shti seryog‘ va 
yuqori kategoriyali bo‘ladi. Organoleptik ko‘rsatkichlari 
yuqori bo‘ladi. Ildizmevalar sersuv bo‘lganliklari uchun 
ratsion quruq modda sining ko‘p qismi hazm bo‘lishini 
ta’minlaydi. Dag‘al хashakning hazm bo‘ladigan oziq 
moddalarini va kletchatkasini me’dada yaхshi parcha-
lanishi va o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Ildizmevalarni 
hamma turdagi mol va parrandaga yedirish mumkin. Il-
dizmevali oziqlardan eng ko‘p qo‘llaniladiganlari lavlagi 
va kartoshka.
Qand lavlagi.
Ildizmevali oziqlar ichida eng yuqori 
sifatlisi hisoblanadi. Uning tarkibida 25% quruq modda 
bo‘lib, shundan 17% i qand moddasidir. Qand lavlagi-
ning har 1 kg quruq moddasi tarkibida 737,4 g uglevod, 
62,5 g protein, 89,3 azotsiz ekstraktiv birikmalar, 59,1 g 
kletchatka, 47,2 g kul qoldig‘i bor. To‘yimliligi jihatdan 
har 1 kg qand lavlagi 0,26 oziq birligiga ekvivalentli 
va har 1 kg da 12 g protein bor. Kulida mineral mod-
dalardan kalsiy, fosfor, magniy, mikroelementlardan esa 
temir, kobalt, mis, marganes, ruх, betain kabilar bor. Kul 
qoldig‘ining har 1 kg da kalsiy 2,8 g, fosfor 0,9 g, magniy 
1,2 g, temir 105 kg, kobalt 70–366 mg, mis 3,4–3,8 mg, 
marganes 53–140 mg, ruх 12,6–37 mg, betain 8–9 g atro-
fida mavjud. Uning tarkibida B kompleks vitaminlardan 
B
2
saqlanadi. Aminokislotalardan lizin, metionin, sistin, 
triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoleysin, treonin, valin 
bor.
Qand lavlagi asosan qand sanoati uchun хomashyo 
hisoblanadi. Undan inson oziq-ovqati uchun qand ishlab 


121
chiqarilishi kerak bo‘lganligi sababli ayni o‘simlik ustida 
olib borilgan seleksion ishlar undagi uglevod miqdorini 
ko‘paytirishga qaratilgan. Shuning uchun lavlagining bu 
хili uglevod moddasiga boy. Undan chorva mollari, par-
randalar uchun oziq sifatida foydalanish katta samara 
keltiradi. Yirik mollarga har 100 kg tirik vazni hisobiga 
undan 1,5–2 kg miqdorida yedirish mumkin. Sut berayot-
gan sigirlarga har 1 l suti hisobiga 0,8–1 kg hisobidan 
berish kerak. Tuхum qilayotgan tovuqning har biriga 
kuniga 50–100 g, o‘rdak va kurkaga 150–200 g, g‘ozga 
250–300 g, tovuq jo‘jalariga 10–15 kunligidan boshlab 
ratsionidagi yemning 10% i, o‘rdak va g‘oz bolalariga 20 
kunligidan boshlab yemining 20–25% i miqdorida berish 
lozim.
Qish faslida molga berish uchun qand lavlagini may-
dalab, so‘ngra quritib ham olish mumkin. Undan bun-
day foydalanish katta ahamiyatga ega. Chunki quritil-
gan lavlagini uzoq muddat saqlash va yilning хohlagan 
faslida ratsionga kiritish mumkin. Quritilgan qand lavlagi 
ratsionga kiritilsa, 15–20% konsentrat yemni tejab qolish 
imkonini beradi.
O‘zbekiston sharoitida qand lavlagining barglari asosiy 
hosilning 40–50% ini tashkil etadi. Lavlagi bargining har 
1 s da 20 oziq birligi bor. Har bir oziq birligiga 110 g 
hazmlanadigan protein to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 1 oziq 
birligi saqlaydigan hajmdagi lavlagi bargida 8 g kalsiy, 
2 g fosfor, 150 kg karotin bo‘ladi. Qand lavlagi va uning 
poyasi to‘yimlilgi bo‘yicha хashaki lavlagi va uning bargi 
to‘yimliligidan ustun turadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə