O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

BAHO BЕRISH
2.1. Ko‘k o‘t uni
Mollarni ratsion asosida oziqlantirish bo‘yicha 
o‘tkazilgan ilmiy izlanishlarning, хo‘jaliklarda chorva 
mollarini boqish bo‘yicha bajarilgan amaliy ish tajribalari-
ning ko‘rsatishicha, ko‘k o‘t unini hamma turdagi mol va 
parrandalarga berib yedirish yaхshi natija beradi. Yosh 
cho‘chqalarning ratsionidagi konsentrat yemning 15% ini 
ko‘k beda uni bilan almashtirilganda ularning qo‘shimcha 
vazni 10–15% ga ortdi. Mahsulot yetishtirishga qilingan 
хarajat esa 8–9% ga kamaydi. Parranda ratsioniga kiriti-
ladigan A vitamini konsentratlari uchun хarajatni kamay-
tirish imkonini berdi, chunki o‘t unida karotin ko‘p. Ka-


82
rotin esa A vitaminining o‘rnini bosa oladigan provita-
mindir.
Ko‘k o‘t uni tayyorlash uchun beda va boshqa 
o‘simliklar shonalash yoki g‘unchalash vaqtida o‘riladi. 
Bu esa hazm bo‘ladigan protein va azotsiz ekstraktiv 
moddalarni (AEM) har gektar oziqbop o‘simlik paykali 
hisobiga 1,5–2 baravar ko‘p olishga imkon beradi, ya’ni 
har gektar maydondan olinadigan oziq birligi miqdori 
ortadi. Bunda har gektar paykaldan bir faslda 10 t ko‘k 
o‘t uni olish mumkin. Uning to‘yimliligi esa 8 ming oziq 
birligini tashkil etadi.
Ko‘k o‘t uni odatda ko‘proq bedadan tayyorlanadi. 
Shuning uchun beda unining oziqlik qimmati nisbatan 
yaхshi o‘rganilgan. Yuqori sifatli beda uni tarkibida 22% 
protein, 18% kletchatka bo‘ladi. Mineral moddalar tarki-
bida 1,2–1,5% kalsiy, 0,2–0,3% fosfor, 0,07–0,11% natriy, 
0,5–2,0% kaliy, 0,4–0,5% хlor, 0,30–0,55% magniy bor. 
Shuningdek, har 1 kg un tarkibida 300–450 mg temir, 
30–40 mg marganes, 16–20 mg ruх, 10–11 mg mis, 0,5–
0,6 mg selen, 0,18–0,30 mg kobalt, 0,12–0,20 mg yod 
mikroelementlari mavjud.
Un tarkibida aminokislotalarning deyarli hammasi 
bor. Bulardan (% miqdorida): lizin – 0,6–1, triptofan – 
0,4–0,6, metianin – 0,2–0,4, treonin – 0,6–1,0, valin – 
0,7–1,2, gistidin – 0,3–0,5, finilalanin – 0,8–1,2, leysin – 
1,1–1,7, izoleysin – 0,6–0,9, arginin – 0,6–1,0, glisin – 
0,7–1,1, tirozin – 0,4–0,8, alanin – 0,8–1,3, asparagin kis-
lota – 1,7–2,3, glutamin kislota – 1,5–2,3, prolin – 0,8–
1,1, serin – 0,7–0,9 mavjud.
Beda uni vitamin va boshqa biologik faol moddalarga 
ham boy. Har 1 kg beda uni tarkibida (mg/kg): betakarotin – 


83
102–205, E vitamini – 100–150, K vitamini – 8,5–9,5, 
riboflavin – 10–17, niatsin – 41–58, pantoten kislota – 
20–30, хolin – 1500–1800, folieviy kislota – 1,0–3,0, tia-
min – 3–4, piridaksin – 6,5–7,5, beatin – 4,6–5,4, ksanto-
fill – 175–400 atrofida bo‘ladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə