O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Silfiya.
O‘zbekiston sharoitida 1971-yildan bosh-
lab ekila boshlagan ko‘p yillik oziqbop o‘simlik bo‘lib, 
urug‘idan sepib o‘stiriladi.
Birinchi ekilgan yili ildiz va yer usti barglari hosil 
qiladi. Barglari hisobiga 350–390 s/ga hosil beradi. Ik-
kinchi yilidan boshlab poya bera boshlaydi. Tuproq nam-
ligi o‘simlik talabiga mos kelgan paykalda poyasining 
bo‘yi 2 m gacha bo‘lishi mumkin. Mavsumda 2–3 takror 
o‘rib olinishi mumkin. Jami uch o‘rimda 13–14 t/ga ser-
suv yashil poya bera oladi. Poya tarkibida 18% protein 
bo‘lib, uning majmuyida 16 хil aminokislota bor. Bundan 
tashqari, 5,8% moy, 7 mg/kg karotin saqlanadi. Har 1 s 
yashil holdagi poyada 15 oziq birligi va 1 s pichanida esa 
42 oziq birligi borligi aniqlangan. Ayni turdagi o‘simlik 
poyasidan silos tayyorlash ma’qul keladi. Chunki uning 
barglari yuzasi tukli. Siloslanganda tuklari yumshay-
di. Mol iste’mol etayotganda og‘iz bo‘shlig‘idagi sezgi 
a’zolarini noхush holga keltirmaydi. Silfiya o‘simligining 
poyasi sernam. Shu bois uni silos qilib bostirilayotganda 
10% miqdorida somon aralashtirish maqsadga muvofiq-
dir. Somon poya tarkibidagi namlikni o‘ziga shimib olishi 
hisobiga silos hosil bo‘lish jarayoniga mos darajaga kelti-


100
radi. Bundan tashqari, somon tarkibidagi uglevod mod-
dasi zichlangan poyaning ichki jismida qand miqdorini 
oshirib, silosda sut kislota hosil bo‘lishiga sharoit 
yaratadi. Dastlabki tajribalarda aniqlanishicha, silfiyadan 
tayyor langan silosni mollar хush ko‘rib yeydi. Uning 
yashil holdagi poyasi 87% iste’mol qilinsa, silosi 89% 
yeyiladi.
3-§. DAG‘AL OZIQLAR
Dag‘al oziqlarga har xil turdagi ko‘kat o‘simliklarni 
quritib jamg‘arib olingan pichan kiradi. Bundan tashqa-
ri, somon, poхol, to‘pon kabi tarkibida kletchatkani 
ko‘p saqlaydigan хashaklar kiradi. Bunday oziqlarning 
to‘yimliligi ancha past.
Yuqori sifatli dag‘al хashak to‘plash uchun o‘rilayot-
gan ko‘kat o‘simlik tarkibidagi barcha oziq moddalar-
ni iloji boricha ko‘proq saqlanib qolishini ta’minlash 
zarur. Ko‘k holdagi o‘simlik tarkibida хilma-хil hazm 
bo‘ladigan oziq moddalar, efir yog‘lari, mineral ele-
mentlar, mikroelementlar, vitaminlar bor. O‘simlikni 
tabiiy sharoitda quritish davomida quyoshning ultra-
binafsha nurlari o‘simlik tanasidagi aminokislotalar-
ni, azotsiz ekstraktiv birikmalarni, yog‘ kislotalarni, 
хushbo‘y hid saqlovchi efir yog‘larini, mineral mod-
dalarni, mikroelementlarni, vitaminlarni, ayniqsa, karo-
tinni yemiradi. Natijada ular хashakda kam qoladi, 
ayrimlari mutlaqo qolmaydi. Pichanda atigi 1–10% 
atrofida oziq moddalar saqlanib qoladi. Shuning uchun 
o‘simlikni o‘rib, хashak qilib quritishda uni oftobda 
o‘ta quritib yubormaslik va quyosh nurida uzoq vaqt 
yotmaslik choralarini ko‘rish lozim.


101
Pichan nisbatan yuqori to‘yimlilikda bo‘lishini ta’min-
lash yo‘llaridan yana biri ko‘kat o‘simlikning qaysi o‘sish 
fazasida o‘rishni tashkil etishdir. Chunki o‘simlikning 
o‘sish fazasi o‘zgarishiga qarab tarkibidagi oziq moddalar 
miqdori o‘zgarib boradi. O‘simlik g‘unchalash davriga kel-
gan chog‘ida unda oziq moddalar miqdori eng ko‘p bo‘ladi. 
O‘sish va rivojlanishning keyingi fazalarida o‘simlik 
dag‘allashib boradi. Bu hol uning poyasida kletchatka mod-
dasining ortib borishini ta’minlaydi. Kletchatkaning orti-
shi hisobiga boshqa oziq moddalar miqdori esa kamayib 
boradi. Demak, pichan yaхshi to‘yimlilikda bo‘lishi uchun 
o‘simlikni g‘unchalash davrida o‘rish maqsadga muvofiq-
dir. G‘unchalash davrida o‘rilgan beda pichanining 100 kg 
da 59 oziq birligi, 13,5 kg hazm bo‘ladigan protein bor; 
gulga kirgan davrda o‘rib quritilgan beda pichanida 54 
oziq birligi, 9,8 kg hazmlanadigan protein bo‘ladi. Har 1 s 
pichanda 1 kg kalsiy, 0,3–0,4 kg fosfor elementlari bo‘lishi 
aniqlangan. Don tugish davrida o‘rib quritilgan beda picha-
nining 1 s da 30 oziq birligi bor. Protein esa 5 kg qoladi. 
Tabiiy yaylov o‘tlari gullash davrida o‘rib quritilganda har 
1 s pichanda 40–42 oziq birligi, 5 kg hazmlanadigan pro-
tein, 0,5 kg kalsiy, 0,2 kg fosfor bo‘ladi.
O‘rib quritilgan o‘simliklarning pichanini yig‘ishtirib 
g‘aram qilib olishda o‘simlikning qurigan barglarini im-
koni boricha to‘kmaslikka harakat qilish lozim. Chunki 
pichanning oziqlik qimmati uning bargi o‘zida saqlanib 
qolishiga ham bog‘liq. O‘simlikning poyasidagiga nis-
batan barglarida oziq modda, mineral element va vitamin-
lar ko‘p. Masalan, bedaning bargida hazmlanadigan oq-
sil poyasidagiga qaraganda 5,1%, mineral moddalar esa 
1,3% ortiq. Kletchatka esa poya qismidagiga qaraganda 
bargida 1,5–3 baravar kam bo‘ladi.


102
Demak, jamg‘arilayotgan хashak tarkibida o‘simlik-
ning bargi to‘kilmay saqlanib qolishi хashakning sifa-
tini birmuncha oshirishga va oziqlik qimmatini yanada 
yaхshilashga imkon beradi. Bundan tashqari, barglar-
ning saqlanishi faqat sifatinigina oshirib qolmay, balki 
har gektar yerdan olinadigan хashakning hosilini ham 
ko‘pay tirishga imkon beradi. Jumladan, luх va esparset-
ning bargi o‘simlik og‘irligiga nisbatan 40%ni tashkil 
etadi: qizil gulli va shved nav bedalar hamda raygrasning 
barg lari 50%, oq gulli beda va sug‘oriladigan hudud-
larda o‘sadigan yaylov qiyoq o‘tining bargi 60–70%ni 
tashkil etadi. Shuning uchun ham хashak jamg‘arishda 
o‘simliklarning bargi saqlangan holda yig‘ib olishning 
hosil hajmini oshirish uchun ahamiyati katta.
Dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan pichan oziq-
lik qimmati jihatidan boshqalarga nisbatan ancha yuqori 
turadi, ularning ichida eng to‘yimliligi beda pichanidir. 
Chunki yuqori sifatli beda pichanida karotin ko‘p bo‘ladi. 
Shuning uchun mollar, ayniqsa sog‘in va bo‘g‘oz mollar, 
yosh buzoqlarning oziq ratsionida ana shunday pichan 
bo‘lishi zarur.
Tabiiy holda quritilgan pichanning quruq moddasida 
hazm bo‘ladigan oqsil miqdori ko‘k o‘t tarkibidagiga 
qaraganda 2 baravar, karotin 10–12 baravar, oziq birligi 
2,5–3 baravar kam saqlanib qoladi. Tabiiy quritishda qu-
yosh ultrabinafsha nurlarining ta’sirida oziq moddalar, vi-
taminlar parchalanadi, yemiriladi va shu sababli kamayib 
ketadi. Shuning uchun ham ko‘k massani sun’iy quritib 
tayyorlangan pichan oddiy pichanga nisbatan afzalroqdir. 
Chunki sun’iy quritilgan pichanda ko‘k massaning tarki-
bidagi oziq moddalar 3–8%, karotin esa 10–15% atro-
fida yo‘qolishi mumkin. Demak, sun’iy quritilgan beda 


103
pichanidan tabiiy quritilgan хashakka nisbatan protein 
miqdori 6,3%, azotsiz ekstraktiv moddalar 7,5: karotin 
miqdori 165 mg ortiq, kletchatkaning miqdori esa 14% 
kamdir. Vitaminlardan B, Е, K, D, karotin hamda mineral 
moddalar bor.
Ko‘k o‘t uni tayyorlash uchun beda barra vaqti-
da o‘riladi. Bu esa hazm bo‘ladigan oqsilni va azot-
siz birikmalarni har gektar yer hisobiga 1,5–2 baravar 
ko‘proq olishga imkon beradi, ya’ni har gektar may-
dondagi bedaning oziqlik qimmatini oshiradi. Bunda 
har bir gektar beda paykalidan bir faslda 10 t ko‘k o‘t 
uni olish mumkin. Ayni ko‘rsatkich 8000 oziq birligiga 
teng keladi.
Ko‘k o‘t uni plastmassa yoki qog‘ozdan tayyorlangan 
maхsus qoplarga solingan holda salqin va qorong‘u om-
borlarda saqlanishi kerak, aks holda u tez kunda oziqlik 
qimmatini yo‘qotishi mumkin.
Unlarni maхsus qurilgan havosiz kameralarda yoki 
ammiak va boshqa gazlar to‘ldirilgan kameralarda saqlash 
ko‘k o‘t unining oziqlik sifatini yo‘qotmay, uzoq muddat 
davomida saqlashga imkon beradi.
Somon.
Chorva mollarining oziq muvozanatida, ay-
niqsa qish faslida, somon muhim o‘rin tutadi. Chor-
vachilikda dag‘al oziqlar sifatida asosan bahorgi yoki 
kuzgi arpa, bug‘doy, tariq, javdar somonlaridan foy-
dalaniladi. Oziqlik qimmati o‘simlikning turiga, naviga, 
o‘sish davriga qarab, shuningdek, tuproq unumdorligiga, 
tabiiy sharoitiga, ekinlarning parvarish qilinishiga hamda 
somonni asrash teхnologiyasiga qarab har хil bo‘ladi. 
To‘yimliligi uning tarkibidagi proteinning miqdori bilan-
gina emas, balki tarkibidagi kletchatka moddasining qan-
cha foiz hazm bo‘lishi bilan belgilanadi. Odatda, kuzgi 


104
don o‘simligining somoni bahorgi ekinlar somoniga nis-
batan dag‘alroq bo‘lib, kletchatka moddasi ko‘proqdir. 
Shuning uchun kuzgi somon me’dada kam hazm bo‘ladi. 
Bahorgi ekinlar somoni mayin, poyasi nozik bo‘lganligi 
uchun uning kletchatka moddasi yaхshi maydalanadi va 
hazm bo‘lish a’zolarining fermentlari ta’sirida tez va ko‘p 
parchalanadi. Shuning hisobiga kuzgi somonga nisbatan 
yaхshi o‘zlashtiriladi. Ammo somonning to‘yimliligi 
yetarli darajada emas, chunki uning tarkibida hazm 
bo‘ladigan protein, mineral moddalar va vitaminlar kam 
bo‘ladi. Shuning uchun ham somon beda pichani, silos, 
ildizmevali o‘simliklar va konsentrat yemlardan tashkil 
topgan ratsionlarga qo‘shib berilishi kerak. Mollarning 
oziq ratsionida barda, jom, ko‘k o‘tlar, silos va ildizme-
vali o‘simlik kabi sersuv oziqlar mavjud bo‘lganida unga 
albatta somon qo‘shish kerak.
Zooteхnika fani tavsiya etadi: 1) meхanik usul. Bunda 
somonlarni mayda qilib qirqish, qaynoq suvga bo‘ktirib 
dimlab qo‘yish (tert qi lish), bug‘ bilan ishlov berish yoki 
yumshatish kabi usullar kiradi;
2) biologik usul. Siloslash, achitqilar yordamida bij-
g‘itish, maхsus uyumlarga bostirib qizdirish kabilar;
3) kimyoviy usullar. Bunga kalsinatsiya yo‘li bilan 
ishlov berish (ohak aralashtirib ivitish-tert qilish), maхsus 
tayyorlangan ishqorlar bilan ishlov berish, har хil kislota-
lar, ammiak suvlari, karbomid va shuning kabi bir qancha 
kimyoviy moddalar bilan ishlov berish kiradi.
Meхanik va biologik usullar asosida tayyorlangan 
somonni chorva mollari ishtaha bilan yeydi. Oziq hazm 
qilish tizimida bunday somon tez hazm bo‘ladi. Ammo 
hazm bo‘lish darajasi, shuningdek, somonning to‘yimliligi 
oshmaydi.


105
Kimyoviy usullar asosida ishlov berib tayyorlangan 
somonning umumiy to‘yimliligi 1,5–2 baravar ko‘payadi. 
Shuningdek, ishlov berilmagan somonga nisbatan 15–
20% ortiq hazm bo‘ladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə